Informatsionxizmatlaramalda barcha mijozlarga taqdim qilinadi, barqaror va ommaviy talabga ega. YUkning egasida yukning qaerda ekanligini aniq bilish va belgilangan manzilga qachon etib borishini bilish istagi va zarurati mazkur xizmat turiga bo‘lgan talabning asosiy sababi bo‘lib hisoblanadi.
Boshqa transport turlarida ham tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talab xuddi shunday sxema bo‘yicha tasvirlanadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, tashkilotning raqobatbardoshlilik darajasini baholashda optimal qiymat sifatida rezerv qiymatini, ya’ni xizmat turidan qat’iy nazar, taklifning talabga nisbatan 20% ga oshiq bo‘lishini qabul qilish mumkin. Agar bu ko‘rsatkich, masalan, transport xizmatlari bo‘yicha katta bo‘lsa, tashish imkoniyatlarining ma’lum bir qismi talab qilinmay qoladi, bu ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni keltirib chiqaradi, agar bu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa – mijozga rad javobi beriladigan holatlarga, ya’ni mijozning boshqa transport korxonasiga ketishiga va tashkilotning daromadni yo‘qotishiga olib keladi.
Raqobatbardoshlilik omillari
Tashkilotning raqobatbardoshliligini belgilaydigan va uning faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan omillar guruhlari – tashkilotning ishiga bog‘liq bo‘lgan omillar amalda mavjud bo‘ladi. Quyidagi omillar tashkilotning holatini xarakterlaydi:
Tashishlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni bilish darajasi. Zaruriy va dolzarb informatsiyaga, ob’ektiv prognozga ega bo‘lish o‘z-o‘zidan raqobatbardoshlilik omili bo‘lib hisoblanadi. Bozor segmentining tashkilot o‘zining rivojlanishi uchun informatsion yoki strukturaviy resurslarga ega bo‘lmaydigan bu qismida transport konsaltingidan foydalaniladi;
Taqdim qilinadigan xizmatlar hajmi va nomenklaturasi. Mazkur kategoriyaga ishlov beriladigan yuklarning nomenklaturasi, mazkur yuk uchun xizmat turlarining nomenklaturasi va tashish yo‘nalishlarining nomenklaturasi kiradi;
Ilmiy-texnik ishlanmalarning natijalaridan foydalanishni xarakterlaydigan ilmiy-texnik potensial. Transport-ekspeditsiya korxonasi uchun bu birinchi navbatda menejment va marketing, telematikaning zamonaviy yutuqlaridan, gobal kompyuter tarmoqlari va informatsion tizimlardan foydalanishdan iborat bo‘ladi;
Progressiv texnologiyalarning, birinchi navbatda logistik texnologiyalarning qo‘llanilishi;
Xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, yangi transportxizmat ko‘rsatish turlarining qo‘llanilishi;
Texnologik vazifalarni hal qilish uchun ishlab chiqarish bazasini tashkil qilishning ta’minlanganligi;
Transport-ekspeditsion tizim infratuzilmasining holati – omborxonalar, terminallar, filiallarning borligi, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, informatsiyaga ishlov berish va uzatish vositalari va hokazolar bilan jihozlanganlik;
Mehnat resurslarining holati va malakasi;
Boshqarish darajasi (yangiliklarni joriy qilish, foyda ko‘rish va javobgarlik pozitsiyalaridan);
Transportxizmatlar ko‘rsatishning xalqaro tizimida ishtirok etish darajasi;
Boshqa omillar, jumladan, tashkilotning kreditorlik va debitorlik qarzlari miqdori, zahiralar darajasi, oxirgi 3-5 yilda yalpi daromadlarning dinamikasi;
Marketing ishining darajasi.
Quyidagi omillarning ta’siri tashkilot ishining samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi:
Transport vositalarining unumdorligi, moddiy-texnik bazaning, asbob-uskunalar va mexanizmlarning quvvati, maydonlarning etarliligi;
Mehnat unumdorligi;
Tashkilotni rivojlantirish uchun har yili qo‘yiladigan kapital qo‘yilmalar miqdori;
Faoliyatning asosiy turi bo‘yicha sheriklarning ish qobiliyatlari (muloqotga kirishib keta olishlik, masalalarni tezkorlik bilan hal qilish va boshqalar).
Quyidagi omillar mijozlarning talablarini qanoatlantirish darajasini oshirishga yo‘naltiriladi:
Tovarlarning (yuklarning) o‘z vaqtida etkazib berilishi;
Transport-ekspeditsion operatsiyalarni bajarishda yukning saqlanishini ta’minlash;
Etkazib berishning tejamkorligi;
Transport va ekspeditsion tashkilotlarning xizmatlarning keng spektri bo‘yicha funksiyalarni o‘ziga olishga tayyor ekanligi.
Bozorda muvaffaqiyatli ishlash uchun transport-ekspeditsiya tashkilotlari har bir mijoz uchun bu omillarning ahamiyatini bilishlari va baholay olishlari zarur bo‘ladi. 3-jadvalda raqobatbardoshlilikning xorijdagi va mamlakatimizdagi transport-ekspeditsion korxona va tashkilotlarning ish tajribasini tahlil qilish asosida ajratilgan omillari keltirilgan.
Xizmatning (yoki korxona faoliyatining) raqobatbardoshliligini baholash salbiy omillarni o‘z vaqtida aniqlash va raqobatbardoshlilikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshiriladi.
Transportxizmatlar bozorida raqobatbardoshlilik omillari
3-jadval.
Omil
|
Xarakteristika
|
Iz ekspeditorning transport tashkilotlari va yuk
egalari doirasidagi
mavqei
|
uzoq muddatli amaliy ish staji,
transport imkoniyatlari konyukturasi va
yuklarni etkazib berish bo‘yicha xalqaro
xizmatlar bozorini yaxshi bilish
|
faoliyatning mazkur
sohasida yuqori malakali xodimlarning bo‘lishi
|
Svyaz faoliyatning tashish jarayonini ta’minlaydigan hamkor turlari bilan (bojxona xizmati, fitokarantin xizmatlari, turli xil inspeksiyalar, huquqni muhofaza qilish organlari va boshqalar) munosabatlar
|
rivojlangan
kontragentlar tarmog‘i
|
xorijiy mamlakatlarda, Rossiyaning
regionlarida, MDH mamlakatlarida
|
zamonaviy aloqa
vositalari bilan texnik qurollanganlik
|
kommunikatsiyalar, dasturlar,
ma’lumotlar bazalari
|
tashkilotning qulay joylashganligi
|
asosiy savdo marshrutlarida
|
o‘zining va ijaragaolingan
omborxonalarning
borligi
|
Uroveyuklarning ma’lum bir turlari uchun yaroqlilik va jihozlanganlik darajasi (sovutiladigan, isitiladigan, mexanizatsiyalashtirilgan, qo‘riqlanadigan va boshqalar),kelish yo‘llari
|
Bojxonaomborxonalarining
borligi
|
erishishning osonligi
|
moddiy-texnik bazaning
borligi va tarkibi
|
Podvharakatlanuvchi sostav, o‘zining yokiijaraga olingan konteynerlar parki,
yuklash-tushirish texnikasi va
yordamchi asbob-uskunalar, jumladan,
yuklarni qayta ishlash uchun
mo‘ljallangan vositalar
|
yuklarga ishlov berish
bo‘yicha taqdim
qilinadigan xizmatlar
hajmi va spektri
|
Nomeishlov beriladigan yuklarning berilgan yuk va berilgan tashish yo‘nalishi uchun taqdim qilinadigan xizmatlarning har bir pozitsiyasidan kelib chiqadigan
nomenklaturasi
|
hujjatlarni tayyorlash
tizimi
|
kompyuter dasturlari bazasida va rasmiylashtirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolarni istisno qiladigan ma’lumotlar bazasi asosida
|
ekspeditorning
ishonchlilik darajasi
|
yukning saqlanishini ta’minlash, taqdim
qilingan va qanoatlantirilgan
da’volarning borligi va chastotasi,
yuklarni etkazib berish muddatlari
bo‘yicha shartnoma majburiyatlari
bajarilishining ishonchliligini
ham o‘z ichiga olgan holda
(«aniq – o‘z vaqtida»)
|
Har bir omil uchun ko‘rsatkich tanlanadi yoki ishlab chiqiladi. Masalan, tashishlarning muntazamligi va o‘z vaqtidaligi tashishlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish darajasi bilan, tashiladigan yuklarning miqdori va iste’mol sifatini saqlash – har 100 tonna yukni tashishga to‘langan reklamatsiya summalarining miqdori bilan xarakterlanadi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |