Nazorat savollari?
Transport xizmatlar qanday xizmatlardan tashkil topadi?
Asosiy atamalar?
Transport xizmat ko‘rsatish tarkibi qanday?
Transport xizmatlar tasnifi?
2-mavzu. Transportda har xil turlaridagi yuklarni tashishda hujjatlarni rasmiylashtirish (2-soat)
Tayanchiboralar: eksport, import, ombor,yukni ortish, harajatlar, bojhona to‘lovlari, yuklarni saqlash, agentlik shartnomasi, hisob kartochkalari, agentlik firmasi, fitosanitar sertifikat, schet-faktura, yuk manifesti, bordero.
Transport-ekspeditorlik shartnomasi
Transport ekspeditsiyasining shartnomasi – bu ikki tomonlama shartnoma tuzuvchilarning, ya’ni bir tomon ekspeditor – haq to‘lovchi, ikkinchi tomon mijoz (yuk jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchi) yuklarni tashish bilan bog‘liq xizmatlarni bajaruvchi yoki tashkil etuvchi majburiyatini oladi.
Avtomobil transportida yuk tashish qoidalariga binoan transport ekspeditsiyasining shartnoma predmetiga ko‘ra ekspeditor quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi:
Ekspeditor yoki mijoz tomonidan tanlab olingan transport va marshrutda yuklarni tashishni tashkil etish;
O‘z nomidan yoki mijoz nomidan yuk tashish shartnomasini tuzish;
YUkni tashishga oldindan tayyorgarlik ishlarini bajarish;
Transportda yukning ustini yopish vositalarini berish;
Ombor ichida yuklarga qayta ishlov berish;
YUkni jo‘natishni va qabul qilib olishni ta’minlash;
Eksport va import hujjatlarini olish;
Bojhona va boshqa rasmiy ishlarni bajarish;
YUkning miqdori va holatini tekshirish;
YUkni ortish va tushirish;
Mijozga yuklatilgan bojhona to‘lovlari va boshqa harajatlarni to‘lash;
YUklarni saqlash;
Belgilangan punktda yuklarni olish;
Tashish davomida yuklarni kuzatish va qo‘riqlab borish;
YUk jo‘natuvchining tashish rejasini bajarishi uchun hisob kartochkalarini yuritish va boshqalar.
Transport ekspeditsiyasining shartnomasi yozma ravishda olib boriladi. Agar ekspeditorga uning majburiyatini bajarishga ishonchnoma zarur bo‘lsa, unda mijoz ma’lum bir shaklda yoki ihtiyoriy shaklda ishonchnoma berishga majbur.
SHuningdek, mijoz yuklarning hususiyati va tashish sharoitlari, ekspeditorning majburiyatlari haqidagi boshqa ahborotlarni ham berish zarur. O‘z navbatida ekspeditor olingan ahborotlardagi kamchiliklar haqida habar berishi hamda qo‘shimcha ma’lumotlarso‘rashgamajbur.
Agar mijoz kerakli ma’lumotlarni to‘liq bermasa, ekspeditor o‘z ishini boshlashga haqqi bo‘lmaydi yoki yetarli darajada taqdim etilmasa va bu zarar keltiradigan bo‘lsa, unda mijoz bu zararni qoplashga majbur hisoblanadi.
Ekspeditsiya shartnomasida ko‘rsatilgan majburiyatlarini to‘liq yoki yetarli darajada bajarmagan ekspeditor qoidaga binoan mijozga etkazilgan zararning o‘rnini to‘ldirishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |