Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini tartibga soluvchi xalqaro va milliy assotsiatsiyalar.
Keyingi yillarda transport sferasidagi xalqaro aloqalar sezilarli darajada mustahkamlandi, turli darajalarda yagona transport siyosatining asosiy tamoyillarini (prinsiplarini) ishlab chiqishda bir-birlarini yaxshiroq tushunish bo‘yicha konkret qadamlar qo‘yildi.
1926 yilda o‘n oltita Evropa mamlakatlarining ekspeditorlik assotsiatsiyalari Venada Ekspeditorlik Assotsiatsiyalarining Xalqaro Federatsiyasini (rus. FIATA) – International Federationof Freigt Forwarders Associations (FIATA) tashkil qilganlar, u ekspeditorning xalqaro darajadagi faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratish, transport hujjatlarining yagona formasini ishlab chiqish, ekspeditsion faoliyatning qoidalarini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Ekspeditorlik assotsiatsiyalarining xalqaro federatsiyasi hozirgi kunda dunyodagi eng yirik nohukumat tashkiloti bo‘lib hisoblanadi, uning bo‘limlari 151 ta mamlakatda mavjud bo‘lib, ichki va tashqi savdo tovarlarini etkazib berish funksiyasini bajaradigan turlicha mulk shakliga ega bo‘lgan qariyb 50 mingta ekspeditorlik tashkilotlarining faoliyatini qamrab oladi.
FIATA ning asosiy vazifalari quyidagi funksiyalar bilan belgilanadi:
dunyodagi barcha mamlakatlarning ekspeditorlarini yaglna tashkilotga birlashtirish va jahon ekspeditorlik bozorida ularning manfaatlarini taqdim qilish;
tovarlarni etkazib berish va yuklarni tashish bilan shug‘ullanadigan, shu bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarni bajaradigan xalqaro tashkilotlarning ishlarida ishtirok etish vositasida ekspeditorlarning manfaatlarini himoya qilish;
ishchi doiralar va keng jamoatchilikni jahon savdosining tovarlarini tashishda iqtisodiyotning ekspeditorlik sohasining maqsadlari, vazifalari va roli bilan tanishtirish;
ekspeditorlik xizmatlarning sifatini, xususan, unifikatsiyalangan (bir xil qolipga keltirilgan) ekspeditorlik hujjatlarini, ekspeditsion faoliyatning namunaviy shartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, sug‘urtalash masalalarini hal qilish, informatsiya bilan almashinishning elektron vositalarini joriy qilish yo‘li bilan oshirish;
ekspeditor kadrlarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga ko‘maklashish.
FIATA doirasida aralash (multimodal) tashish konosamenti, omborxona tilxati, yukning qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikat, transport sertifikati kabi hujjatlar ishlab chiqilgan va keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, milliy ekspeditorlar tomonidan o‘zlarining ekspeditsion shartlari ishlab chiqilishi uchun namuna sifatida ekspeditsion shartlarning loyihasi qabul qilingan. yuqorida sanab o‘tilgan hujjatlar dunyo amaliyotida keng qo‘llanilishga ega bo‘lgan, yuqori mavqega ega va ishchi doiralar tomonidan ekspeditorning yuqori ishonchliligi va professionalizmining isboti sifatida e’tirof etilgan.
Tashkiliy tuzilish jihatidan FIATA uchta institut (multimodal tashishlar, havo orqali tashishlar va bojxona ishi), shuningdek huquqiy masalalar, jamoatchilik bilan aloqalar, xavfli yuklarni tashish, kasbiy tayyorgarlik, dengiz orqali tashish, temir yo‘l transporti bilan tashish, avtomobillarda tashish va bojxona masalalari bo‘yicha qo‘mitalar (komitetlar) va ishchi guruhlaridan tarkib topgan. Syurix da joylashgan direksiya FIATA ning doimiy ishchi organi bo‘lib hisoblanadi.
Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining asosiy maqsadi o‘zining a’zolariga ekspeditorlik funksiyalarini bajarish uchun qulay sharoitlarni yaratish va o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatish asosida foyda olish bo‘lib hisoblanadi. Ekspeditorlik xizmatlari assotsiatsiyasining faoliyati quyidagi yo‘nalishlarga qaratiladi:
ekspeditorlarni yagona milliy ekspeditorlik assotsiatsiyasiga birlashtirish, bu assotsiatsiyaning o‘zining normal faoliyat ko‘rsatishi va ekspeditorlarning ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun zaruriy shart bo‘lib hisoblanadi;
ichki bozorda rossiyalik ekspeditorlarning manfaatlarini himoya qilish va bu manfaatlarni davlat hokimiyati organlarida taqdim qilish ishlari;
tashqi bozorda ekspeditorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish.
Transport xizmatlarni bajarishga nisbatan qo‘yiladigan asosiy talablar.
Transport ekspeditorlik xizmat ko‘rsatishning asosiy vazifasi yuklarni buyurtmachi uchun ko‘proq samarali bo‘lgan bitta yoki bir nechta transport turlarida etkazib berishning optimal variantini qidirish bo‘lib hisoblanadi. Transport tizimining yaxlitligi yuklarni jo‘natish punktidan oxirgi iste’mol punktigacha transportning har xil turlarini qo‘llash bilan tashishni tashkil qilish imkonini beradi. Bizning mamlakatimizda bu ko‘proq dolzarb bo‘lib hisoblanadi va territoriyaning kattaligi, tabiiy suv yo‘llarining ko‘pligi, noqulay iqlim sharoitlariga ega bo‘lgan hududlarning borligi, landshaftning turli-tumanligi va boshqa davlatlar bilan suv va quruqlik orqali o‘tadigan cheragalarning borligi bilan shartlanadi. Aralash tashishda yuklarning katta qismi oxirgi iste’molchiga avtomobil transportidan foydalanish bilan etkazib beriladi.
Keyingi o‘n yilliklarda transportning rivojlanishi sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Tovarlarni etkazib berishning sifatiga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortishi, transportga nisbatan qo‘yiladigan ekologik talablarning qat’iylashishi aralash va kombinatsiyalangan tashishlardan foydalanishni kengaytirishga chaqiradi. Etkazib berish jarayoni murakkablashmoqda, etkazib berish muddatlari va grafiklariga nisbatan qo‘yiladigan talablarning ortishi bilan bir paytda tobora ko‘plab bosqichlar paydo bo‘lmoqda. Xalqaro birlashmalar va assotsiatsiyalar transport-ekspeditsion operatsiyalar va xizmatlarning asosiy qoidalari va sifat darajasini shakllantirmoqda, ular ekspeditor spravochnigida keltirilgan.
Ekspeditorlik faoliyati transport jarayonining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va yuklarni tashish bilan bog‘liq bo‘lgan va tashuvchining majburiyatlari doirasidan tashqariga chiqadigan murakkab va ko‘p mehnat talab qiladigan ishlar majmuasini qamrab oladi.
O‘zining Nizomiga muvofiq yoki bevosita tashuvchi, ya’ni transport tashkiloti bo‘lib hisoblanmagan holda ma’lum bir to‘lov evaziga yuklarni tashib berishni ta’minlaydigan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditor bo‘lishi mumkin. Ekspeditor shuningdek yuklarni to‘plash, bojxona ko‘rigidan o‘tkazish, barcha to‘lovlarni amalga oshirish va boshqalar bo‘yicha ekspeditsiya shartnomasini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni ham bajaradi. Ekspeditolrning bunday tushunilishiga aralash tashish operatorining ta’rifi ham mos keladi.
Ekspeditorlarga keng huquqlarning taqdim qilinishi ularning zimmasiga mos keluvchi majburiyatlar va javobgarlikni yuklashni ham ko‘zda tutadi. Xususan, yuridik yoki jismoniy shaxs ekspeditsion faoliyatni amalga oshirishga ruxsat olishi uchun quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
malaka guvohnomasi bilan tasdiqlangan mos keluvchi kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish;
yuksak axloqiy mavqega ega bo‘lish, bu mazkur shaxs hech qachon sudning qarori bilan aldov, firibgarlik va boshqa shunga o‘xshash jinoyatlarda aybdor deb topilmaganligini, diskvalifikatsiyaga tortilmaganligi yoki ekseditorlik operatsiyalarini bajarish huquqidan mahrum qilinmaganligini, ekspeditorlik faoliyati qoidalarini buzishda aybdor deb topilmaganligini, mehnat va soliq qonunlarini hamda ijtimoiy ta’minot talablarini buzmaganligini bildiradi;
tovarni ekspeditsiyalashga berilgan topshiriqni bajarishga moliyaviy va iqtisodiy jihatdan qodir bo‘lish.
Ekspeditor yuklarni tashishda ishtirok etadigan barcha tomonlar bilan hamkorlik qiladi, tovarni eng ishonchli, eng tezkor, eng tejamli usulda tashishni tashkil qiladi. Samarali xalqaro faoliyat yuritish uchun ekspeditor tajribali va ishonchli korrespondentlik tarmog‘iga ega bo‘lishi yoki dunyoning ko‘proq muhim bo‘lgan tijorat markazlarida o‘zining bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur bo‘ladi. SHu tufayli u yuklarni tashishga buyurtmalar qabul qilishi, transport vositasining bo‘sh qaytmasligini ta’minlashi va yukning harakatlanishini nazorat qilishi mumkin bo‘ladi.
Unchalik katta bo‘lmagan transport-ekspeditsion korxonalar doirasida iqtisodiy xo‘jalik yuritishning turlicha formalari samarali ravishda qo‘llanilishi, ilmiy-texnik eksperimentlar o‘tkazilishi, transportxizmat ko‘rsatishning yangi turlari sinovdan o‘tkazilishi mumkin.
Nazorat savollari
Transport jarayoni va transport xizmat ko‘rsatish o‘zaro qanday bog‘langan?
Qaysi asosiy transport operatsiyalar va xizmatlar yuklarni etkazib berishning transport jarayoniga mos keladi?
Transport faoliyat qanday rivojlangan?
Ekspeditorlar va agentlarning faoliyatini qaysi birlashmalar va assotsiatsiyalar tartibga soladi?
Ekspeditor qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |