Kurs loyihasi rejasini talaba asosiy adabiyotlar bilan tanishib chiqqandan so‘ng tuzishi maqsadga muvofiq. Reja mavzuning asosiy savollarini aks ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik savollarga ajratgan holda, kengaytirilgan (murakkab reja) bo‘lishi mumkin. Reja ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tuzilishi kerak. Rejaning savollari ma’lum bir tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim. Rejada talabaning ijodiy yondashuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs loyihasining qiymatini yanada oshiradi. Kurs loyihasi ustida ishlash jarayonida reja talaba tomonidan birmuncha o‘zgartirilishi, aniqlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.
TALABAGA TAVSIYA! Kurs loyihasi rejasini tuzishni yuqori kursda o‘qiydigan do‘stingizga yoki partadosh talaba-do‘stingizga ishonmang! “Tanasi boshqa – dard bilmas!”
Do'stlaringiz bilan baham: |