Muhandislik geologik tadqiqotlar


 Yerning ostki qismini va hayvonot olamini himoya qilish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet174/204
Sana05.12.2022
Hajmi5,01 Kb.
#878819
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204
Bog'liq
-qullanma

35.6. Yerning ostki qismini va hayvonot olamini himoya qilish 
Burg’ilash jarayonida yerning ostki qismi ifloslanishiga asosan quduqni 
sifatsiz sementlash va sement qorishmasining himoya tizmasi ortidan quduq ustki 
qismigacha to’liq chiqmasligi sabab bo’ladi.


268 
Uzaytirilgan yo’llanma sifatsiz sementlangan bo’lsa, burg’ilashning suyuq 
chiqindilari suvli gorizontlarni ifloslantirishi mumkin. Geologik muhitni 
ifloslanishini oldini olish uchun birinchi navbatda quduq va himoya tizmasi 
oralig’ini sifatli sementlash kerak. Quvur ostki oralig’idagi o’tkazuvchan 
qatlamlarni yaxshi yopish – qatlam flyuidlarining bir gorizontdan boshqasiga 
o’tishini va atmosferaga chiqishini oldini oladi. Bundan tashqari tekshirilayotgan 
ob’ektning kollektorlik xossalari ifloslanishini oldini oladi. Faqat to’g’ri 
tanlangan quduq konstruktsiyasi va himoya tizmalarining sifatli sementlanganligi 
burg’ilash va sinab qo’rish jarayonida qatlam suvlarini ifloslanishini oldini oladi. 
Tuproq resurslarini ifloslanishdan saqlash uchun ishlatish tizmasi ortidan sement 
halqasini loyihada ko’rsatilgan oraliqgacha ko’tarish kerak. 
Tizmalar orasidagi oraliqdan yer osti gorizontlariga burg’ilashdan chiqqan 
chiqindi suvlarni yuborish qat’iyan taqiqlanadi.
Cho’l va yarim cho’lning hayvonot olami har-xildir va ularni himoya qilish 
talab qilinadi. Geologik - qidiruv ekspeditsiyasi ishchilariga ish jarayonida 
brakon’erlik bilan shug’ullanish taqiqlanadi.
35.7. Rekul’tivatsiya 
Rekul’tivatsiya deganda - bo’zilgan halq xo’jaligi yerlarini qayta tiklash 
yoki yerning ustki mahsuldor qatlamini qayta tiklash ishlari tushuniladi. 
Vaqtinchalik 
foydalanishga 
olingan 
yer 
maydonida 
burg’ilash 
ishlari 
boshlanmasidan oldin, yerning ustki mahsuldor qismi 0,2 metr qalinlikda yig’ib 
olinadi va sxemada ko’rsatilgan joylarda to’plab quyiladi. Yig’ilgan mahsuldor 
tuproq qalinligini saqlashda shunday joy tanlanishi kerakki, bu joy yoki syoki 
ko’tarilgan, qatlam suvlari oqib kelishi havfi bo’lmagan joylar bo’lishi kerak. 
Foydalanishga olingan maydonni har bir qismi toshlardan, metall bo’laklaridan 
tozalanadi va territoriya tekislanadi. Kimyoviy reagentlarni saqlash uchun mahsus 
saroylardan foydalaniladi. Quduqning ustki qismi (ust’ya) 1,5 x 1,5 metr 
kattalikda sementlanadi. 


269 
Qurilish ishlari tugagandan so’ng quduq konservatsiya qilinadi yoki 
tugatiladi. Burg’ilash uskunasi qismlarga ajratiladi va boshqa joyga o’rnatish 
uchun olib chiqib ketiladi. Quduqdagi burg’ilash eritmasi ham boshqa quduqlarda 
ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash uskunasi ostidagi fundament ham 
bo’zib olinadi va kerakli joyga ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Burg’ilash 
uskunalaridan tozalangan yer maydoni texnik va biologik rekul’tivatsiya yo’li 
bilan shunday holga keltiriladiki, bu yerda kelgusida ekin ekish ishlarida 
foydalansa bo’ladigan holga kelishi kerak. 
Yonuvchi-moylovchi materiallarni shimib olgan tuproq qismi yig’ib olib, 
kimyoviy reagentlar to’kilib ishdan chiqqan tuproq qismi ham yig’ib olinib 
ko’mib tashlanadi yoki ekspeditsiyaning axlat to’kadigan joylariga olib chiqib
tashlanadi. Yonuvchi-moylovchi materiallarning ishga yaroqli qismini qayta 
ishlatish maqsadida olib chiqib ketiladi, ishga yaroqsiz qismi esa yoqib yuboriladi. 
Metallolom va quvur mahsulotlarining qolgan qismi bir joyga yig’iladi va 
olib chiqib ketiladi. 
Vaqtinchalik qurilmalar (saroylar, omborlar, bostirmalar) bo’zib olinadi va 
qayta ishlatish uchun olib chiqib ketiladi. Dizellar saroyi, nasoslar bloki va tuproq
aralashtirgich ostidagi 0,1-0,15 metr qalinlikdagi tuproq yig’ib olinadi va shlam 
omborlarida kumib tashlanadi. Yerdan qazilgan shlam omborlari GOST 41-98.01-
74 talablariga javob bergan holda ko’mib tashlanadi. Qattiq holdagi organiq 
chiqindilar (yog’och materiallari, qog’oz qoplar va boshqalar) mahsus belgilangan
joylarda, yong’in havfsizligiga rioya qilgan holda yoqib yuboriladi. 
Ish jarayonida bo’zilgan yer uchastkasi tekislanadi va oldingi holiga 
keltiriladi. Burg’ilash ishlarini boshlashdan oldin yig’ib, to’plab qo’yilgan tuproq 
qatlami o’z joyiga keltiriladi. Quduq ustiga kattaligi 1x1 metr bo’lgan beton 
tumba va quduq nomerini, qachon burg’ilanganini, quduqni burg’ilagan 
ekspeditsiyaning nomi yozilgan temir reper o’rnatiladi. Suv tarmoqlari bo’zib 
olinadi va olib keluvchi yo’llar rekul’tivatsiya qilinadi. Buzilgan yerlarni 
rekul’tivatsiya qilish jarayonida quyidagi transportlar ishlatiladi: 
- «Belarus’» ekskavatori; 


270 
- Yer ishlarini bajarishda ishlatiladigan bul’dozer, 
- SA-320 sementlash agregati,
- Yuvuvchi transport. 


271 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish