Qoralovchilar: U qotillikka qo‘l urar ekan, o‘z ishidan zavqlanadi. Xotinini «hovliga chiqma, bolalar ham chiqmasin, o‘ladi» deb ogohlanitiradi. Ko‘rinib turibdiki, Shoikrom qotillikda, qasddan odam o‘ldirishda ayblanadi.
Oqlovchilar: Biz Shoikromni qasddan odam o‘ldirishda ayblanadi degan fikringizga qo‘shilmaymiz. U qulupnay pushtasi ichida yotgan odamni ko‘rib dahshatga tushadi. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini anglaydi. Titrog‘ qo‘llari bilan loy changallagancha cho‘kkalab ko‘ksiga mushtlaydi. U aybdor ekanligidan ko‘z yumayotgani yo‘q. Og‘ir va nochor hayot uni charchatgan. Shoikrom bu ishi uchun bir umr armonda yashaydi, ma’naviy jazoga hukm etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |