Mustaqil tayyorgarlik uchun savollar Kriptografiya nima?
Kriptografiya rivojlanishining qanday bosqichlari mavjud?
Zamonaviy kriptografiya qanaqa muammolarni hal etuvchi bilim sohasi hisoblanadi?
Axborotlarni sodda shifrlashni qanday usullari bor?
Sezarning shifrlash usuli qanday amalga oshiriladi?
Vijinerning shifrlash tizimi nima?
Kalit deganda nima tushuniladi?
Simmetrik shifrlash qanday amalga oshiriladi?
Asimmetrik shifrlash nima?
Simmetrik va asimmetrik kalit yordamida shifrlash qanday amalga oshiriladi?
Raqamli sertifikatlar nima?
Kriptotomustahkamlik nimani bildiradi?
Shifrlashga qanaqa talablar qo‘yiladi?
Qaysi shifrlash algoritmlari keng tarqalgan?
Elektron raqamli imzo nima maqsadda ishlatiladi?
IV. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING APPARAT-DASTURIY VOSITALARI
4.1. Asosiy tushunchalar. Foydalanish huquqini cheklashning usul va
vositalari.
4.2. Dasturlarni o‘zgartirishlardan himoyalash va butunlikning nazorati.
4.3. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida axborot xavfsizligining
apparat-dasturiy vositalari.
Axborotni muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositalari – axborotni muhofaza qilish funksiyalarini (foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiya qilish, resurslardan foydalana olishni cheklash, voqealarni qayd qilish, axborotni kriptografik himoyalash va shu kabilar) bajaradigan (mustaqil yoki boshqa vositalar bilan birgalikda) turli elektron qurilmalar va maxsus dasturlardir.
Axborotni muhofaza qilishning apparat vositasi – bu, maxsus himoya qurilmasi yoki axborotni qayta ishlash texnik vositasining komplektiga kiruvchi moslama.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari axborotlar xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan va kompyuter vositalarining dasturiy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlardir.
Kompyuter viruslaridan va boshqa dasturlar ta’siridan va o‘zgartirishlardan himoyalanish, kompyuter tizimlarida axborotlarni qayta ishlash jarayonini himoyalashning mustaqil yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Ushbu xavfga yetarlicha baho bermaslik foydalanuvchilarning axborotlari uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Tarmoqning xavfsizligi undagi barcha kompyuterlarning va tarmoq qurilmalarining xavfsizligi bilan aniqlanadi. Buzg‘unchi tarmoqning birorbir tashkil etuvchisining ishini buzish orqali butun tarmoqni obro‘sizlantirishi mumkin.
Hamma foydalanayotgan tarmoqdan kelib chiqayotgan tahdidlarni blokirovkalash uchun «tarmoqlararo ekran» (Firewall) deb nomlanuvchi dasturiy va apparat-dasturiy vositalardan foydalaniladi.