Муќаддима


Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/105
Sana21.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65187
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105
Bog'liq
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

Tuproqning suv ta’sirida eroziyaga uchrashishi va unga qarshi 
kurashish yo’llari 
YOg’ingarchiliklar (yomg’ir, jala, do’l va qor) ta’sirida tuproqning unumdor ustki 
qatlamining yuvilishiga tuproqning eroziyasi deyiladi. Natijada er yuzasida chuqurlik va 
jarlik paydo bo’ladi. 
Tuproqning suv ta’siridagi eroziyasining quyidagi shakllari mavjud: 
1. YUzlama eroziya. 
2. CHiziqli yoki jarli eroziya. 
3. Surilish eroziya. 
4. Qulash eroziya. 
Tuproqning suv ta’sirida yuvilishi yuzlama eroziya deyiladi. Bunda qor suvlari, 
yomg’ir tomchilari avvalo tuproqqa urilib, uning donalarini ivitib yumshatadi, so’ngra 
vujudga  kelgan  oqim  tuproqni  o’sha  chirindili  ivigan  ustki  qismini  yuvib  kyetadi.  Bu 
hodisa  o’simliklarning  o’sishiga  salbiy  ta’sir  yetadi  va  hosildorlikni  2-3  marotaba 
kamaytiradi.  Xususan,  qordan  erigan  suvlar  har  gektar  erdan  25  t  gacha  tuproqning 
unumdor qatlamini yuvib ketishi mumkin. 
Tuproq  eroziyasining  ikkinchi  turi  suv  ta’sirida  chiziqli  yoki  jarli  eroziyadir. 
Nishab  erlarda,  vodiy  bo’ylarida  qor,  yomg’ir,  jala  suvlari  birga  qo’shilib  shiddatli 
oqimlar hosil qiladi. Jarliklarning o’rtacha o’sish tezligi tuproq tarkibiga bog’liq bo’lib, 
bir  yilda 3  m  dan  8-26  m  gacha bo’lishi mumkin. Jarliklar  tufayli  erlar ishga  yaroqsiz 
bo’lib  qoladi,  ekin  maydonlari  qisqaradi,  qishloq  xo’jalik  mashinalaridan  va  transport 
vositalaridan foydalanish uchun noqulayliklar paydo bo’ladi. Eng achinarlisi, mintaqalar 
xududidan  oqadigan  daryolar  juda  ham  loyqalanib  qoladi.  Masalan,  Orol  dengiziga 
Amudaryodan  yiliga  100  mln  t  turli  kimyoviy  tarkibga  ega  bo’lgan  oqiziqlar  kelib 
tushadi. 
Sel  ta’sirida  ham  tuproq  eroziyaga  uchrashishi  mumkin.  Sel  –  kuchli  jala 
natijasida  vujudga  kelgan  oqim  bo’lib,  u  tuproqni  yuvishdan  tashqari,  o’z  yo’lida 
uchragan barcha narsalar (toshlar, daraxtlar, qum, loy va boshqalar)ni uzoq erlarga olib 
kyetadi va nihoyatda ko’p erlarni ishdan chiqaradi. 
Ma’lumotlarga  qaraganda,  Markaziy  Osiyoda  1872-1967  yillar  davomida  2917 
marotaba,  O’zbekistonda  esa,  1969  marotaba  sel  bo’lgan.  Ular  xalq  xo’jaligiga  katta 
iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ekologik  zarar  etkazgan.  Masalan,  1921  yilda  hozirgi  Almati 
shahri  yaqinida  kuchli  sel  bo’lib,  suv  oqimining  qaliyaligi  ikki  qavatli  bivoga  teng, 
tezliga  5  m/s  bo’lgan  va  4  soat  davomida  shaharga  1800  ming  m
3
  loyqa,  tosh-
shag’allarni  keltirgan.  Natijada  fojiali  hodisalar  yuz  bergan,  1963  yil  7  iyulda  Talgar 
vodiysida  bo’lib  o’tgan  sel  natijasida  Almati  shahridan  60  km  uzoqlikda  joylashgan 
Esik ko’li yo’q bo’lib ketgan. 
Tuproq  eroziyasining  yana  bir  turi  –  irrgasiya  eroziyasidir.  Bu  dehqonchilik 
qilinadigan  nishab  erlarni  noto’g’ri  sug’orishidan  ko’proq  sodir  bo’ladi,  bunda  kichik 
jarliklar  vujudga  kelib,  tuproq  suv  ta’sirida  yuviladi.  Masalan,  Toshkent  viloyatining 


114 
 
ba’zi-bir  xo’jaliklarida  irrigasiya  eroziyasi  tufayli  har  bir  gektar  erdan  o’rtacha  100  t 
tuproq yuvilib ketmoqda. Buning oqibatida yil davomida har gektar erdan 100 kg azot 
va 115 kg fosfor yuvilib ketayapti. 
Shuni  alohida  ta’kidlash  kerakki, tuproqning eroziyadan  saqlab  qolish uchun bir 
qator chora-tadbirlar mavjud. 
1.  Past-balandliklardan  iborat  bo’lgan  erlarda  ko’p  yillik  ekinlar  ekish, 
bog’dorchilik va uzumchilik sohalarini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Qiyaligi 5-
10°  tashkil  yetadigan  erlarning  yon  bag’irlari  ko’ndalang  haydalsa,  yog’ingarchilik 
suvlari  jo’yaklar  hosil  qila  olmaydi.  Erning  qiyaligi  10-15°  tik  bo’lgan  erlarda  ko’p 
yillik  em-xashak  o’simliklari  ekish  yoki  pushtalar  olib  mevali  daraxtlar  va  tokzorlar 
barpo qilish respublikamiz miqyosida keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. 
2.  Yo’llar  qurilishi  paytida  yog’ingirchilik  suvlarini  oqib  ketishi  uchun  yo’l 
bo’ylab ariqlar qazish va daraxtzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Suv havzalari, 
to’g’onlar,  kanallar  va  suv  omborlari  qurilishi  paytida  tuproq  olingan  handaklarii 
tekislab,  daraxtzorlar  barpo  etish  kerak.  Masllan,  Samarqand  viloyati  Pastdargom 
tumanida kichik jar va soylarni tekislash hisobiga 200 gektar yangi erlar ochib xo’jalik 
hisobiga o’tkazilgan. 
3.  Qirg’oqlarni  yuvadigan  daryo  bo’ylarida  damba  va  ko’tarmalar  o’rnatish, 
jarliklarga  suv  tushmaydigan  ariqlar  qazish,  yumshoq  va  engil  tez  yuviladigal  tuproqli 
joylarda  ariq  o’rniga  tyemir-beton  lotoklar  qurish,  jarlarda  va  soyliklarda  suv  oqimini 
to’suvchi  to’g’onlar  qurish,  selga  qarshi  kurashish  uchun  quruq  hovuzlar  va  suv 
omborlari  barpo  etish,  zinapoyasimon  ariqlar  qazish  katta  ekologik  ahamiyatga  ega. 
Masalan, Toshkent viloiti Bo’stonliq tumanidagi sel ko’p bo’ladigan Oqtosh soyligida 
tog’ yonbag’irlarida zinapoyasimon ariqlar qazilib, daraxtzorlar barpo qilingan. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish