Муќаддима



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/105
Sana21.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65187
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105
Bog'liq
neft-gaz sanoati texnika va texnologiyasi

 
Skrubberlar 
Ma’lumki,  yoqilg’ilarni  yoqish  paytida  tutunlar,  bug’larni  kondensasiyalashda 
esa,  tumanlar  hosil  bo’ladi.  Ularning  tarkibidagi  qattiq  va  suyuq  zarrachalarning 
o’lchami  0,3-5,0  mkm  atrofida  bo’lishi  mumkin  Bunday  kichik  zarrachalarni  quruq 
holatda  chang  cho’ktirish  kameralari  va  siklonlar  yordamida  ushlab  qolish  ancha 
qiyinchiliklarni tug’diradi. 
Agar changli havo tarkibidagi qattiq chang zarrachalarning o’lchami 5 mkm dan 
kichik bo’lsa, unda havoni ho’l usulda, ya’ni changli havoni yuvish yoki namlash usuli 
bilan  tozalanadi.  Buning  uchun  skrubberlardan  (ko’pincha  Venturi  skrubberidan) 
foydalaniladi. 
Skrubber inglizcha so’z bo’lib, changli havo yoki gazlarni yuvish yoki namlash 
usuli  bilan  tozalaydigan  qurilmadir.  Skrubberlar  ish  uslubiga  ko’ra  siklonlarga 
o’xshaydi, ammo ularning siklonlardan farqi – ularda suv, ishqor, kislota tuz eritmalari 
bilan  changli  havo  namlanadi  va  tarkibidagi  chang  ushlab  qolinadi.  Bu  suyukliklar 
skrubberning korroziya (yemirilish)ga uchratib, ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. 
Changli  havo  oqimini  yuvish  yo’li  bilan  havoni  changdan  tozalash  mumkin. 
Changli  havo  oqimi  suyuqlik  qatlami  yoki  uning  tomchilari  bilan  kontaktda  bo’ladi. 
Chang zarrachalari esa suyuqlikka yopishib olib, tozalash qurilmasida quyqumcho’kma 
hosil qiladi. 
Suyuqlikni  sochib  beradigan  changli  havoni  yuvuvchi  qurilmalar  forsunkali 
skrubberlar  deb  ataladi.  Ularning  ichi  bo’sh  bo’lib,  pastki  qismidan  changli  havo  va 
yuqori  qismidan  forsunkalar  yordamida  suv  purkab  beriladi  (7-rasm).  Suv  yuqoridan 
pastga, changli havo esa unga qarama-qarshi harakat qiladi. 


84 
 
  7-rasm. Forsunkali skrubber.
 
Suyuqlikni  purkab  beruvchi  qurilmalar  (forsunkalar)  0,3-0,4  MPa  bosim  bilan 
ishlaydi. Agar changli havo oqimining tezligi 5 m/s dan yuqori bo’lsa, forsunkalarning 
yuqori  qismida  tomchilarning  tozalangan  havo  bilan  birga  skrubberdan  chiqib 
ketmasligi uchun tomchi ushlagich moslama o’rnatiladi. 
Changli havo oqimini  yuvish  yo’li bilan nihoyatda  kichik  (0,1 mkm  dan  kichik) 
chang  zarrachalarini  ushlab  qolish  mumkin.  Natijada  havoni  99%  gacha  tozalash 
mumkin. 
Skrubberning  balanligi  uning  diametriga  nisbatan  2,5  marotabagacha  katta 
bo’lishi mumkin. Har 1 m
3
  changli  havoni  chang  zarrachalaridan  tozalash  uchun  0,5  l 
dan 8 l gacha suv sarflanishi mumkin. Bir tonna suyuqlikni o’lchami 0,001  mm dan 3 
mm gacha bo’lgan tomchilar shaklida purkab berish uchun 2-20 kVt elektr energiyasi 
sarf bo’ladi. 
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, changli havoni yuvuvchi qurilmalar yordamida 
nafaqat  changlardan  tozalash  mumkin,  balki  bir  vaqtning  o’zida  ulardan  quyidagi 
vazifalarni bajarishda foydalanish mumkni: 
1. Havo yoki gazlarni namlash orqali ularni sovutish 
2. Chang zarrachalari bilan birga suv tomchilari va tumanlarni ushlab qolish. 
3.  Changli  havo  tarkibidaga  chang  zarrachalarni  suyuqlikka  shimdirish 
(absorbsiyalash). 
Ammo  changli  havo  yoki  gazlarni  yuvuvchi  qurilmalar  kamchiliklardan  holi 
emas: 
1. Changli havoni yuvuvchi qurilmalarida chang zarrachalari yopishib qoladi. 
2. Changli havoni, ayiiqsa tajovuzkor (agressiv) gazlarni tozalash uchun, tozalash 
qurilmalarni korroziya (yemirilish)dan himoya qilish talab qilinadi. 
3. Suyuqlik (odatda suv)ning changli havoni yuvishdagi sarfi ancha kattadir. 
4.  Changli  havo  yoki  gazlarni  yuvuvchi  qurilmalarni  past  (0°  S  dan  kichik) 
haroratlarda ishlatib bo’lmaydi, chunki suv muzlab qoladi. 
5.  Yuqori  tezlik  bilan  ishlaydigan  tozalash  qurilmalarida  ko’shimcha  tomchi 
ushlagichlar (tuman ushlagichlar)ni o’rnatish talab qilinadi. 
 


85 
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish