Moskow mining institute publishing house


- rasm. Portlatish skvajinalarining parametrlari



Download 3,02 Mb.
bet9/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

2.2. - rasm. Portlatish skvajinalarining parametrlari
Skvajinalarning ortiqcha burg’ulanishi PM ni portlatishda yuklash uskunalarining yaxshi ishlashi va pog’onalarda transport aloqalarining ko’chirilishi uchun pog’ona pastki tomonini yaxshi o’tish uchun qilinadi. Ortiqcha burg’ulanish kattaligi pog’ona balandligi, poshna bo’yicha qarshilik, skvajina diametri, foydalaniladigan PM xususiyatlari, tog’ jinslarining fizik- texnik xususiyatlari, ularni yotish holatiga ko’ra tanlanadi. Taxmininy ortiqcha burg’ulash kattaligi quyidagi formula bo’yicha topiladi (m):
ln = (10 * 15)d (2.7)
Oson portlatiladigan tog’ jinslarida ortiqcha burg’ulanishning minimal ko’rsatkichlari qo’llaniladi (ba’zida ln < 10Д). Qiyin portlatiladigan tog’ jinslarida ko’p qatorli kalta sekinlashgan portlatishdan foydalanishda ln > 15dc. Agar pastda joylashgan pog’ona yupqa plast foydali qazilmasi ko’rinishida bo’lsa, ortiqcha burg’ulash kerak bo’lmaydi (yoki skvajina pog’ona poshnasigacha burg’ulanmaydi).
Skvajina qiyalik burchagi. Karyerlarda asosan vertikal skvajinalardan foydalaniladi, vertikal skvajinalar burg’ulashda burg’ulash mashinalari unumdorligi va skvajinalarni zaryadlashning yaxshi holati ta’minlanadi. Qiya skvajinalar jBc =60-85°burchak ostida burg’ulanadi. Д = a (bunda a - pog’ona qiyaligi) bo’lganda tog’ jinsining portlatishga qarshiligi pog’ona balandligiga ko’ra doimiydir, bu xususiyat maydalashning yuqori darajasi va pog’ona poshnasi yaxshi qazib olinishini ta’minlaydi. Qiya skvajinalar asosan qiyin portlatiladigan tog’ jinslarini, shuningdek foydali qazilmani alohida yumshatishda yoki foydali qazilmaning turli navlarida portlatishda ma’qul. Gorizontal skvajinalar vertikal skvajinalar bilan kombinatsiyada uncha katta bo’lmagan qattiqlikka ega tog’ jinsli yuqori pog’onalarda foydalaniladi.

    1. TOG’ JINSLARINING BURG’ULANISHI

Skvajinalarni burg’ulash tog’ jinslarini burg’ulash uskunasi bilan burg’ulash va hosil bo’lgan ortiqcha mahsulotni yer yuziga chiqarishga asoslanadi. Burg’ulashning unumdorligi ko’plab faktorlarga bog’liq, ulardan biri - burg’ulash uskunasi bilan burg’ulaganda tog’ jinslarining burg’ulanish qobiliyati. Tog’ jinslarining burg’ulanish qobiliyatiga ko’ra burg’ulash uskunalari tanlanadi. Tog’ jinslarining burg’ulanishi tog’ jinslarining burg’ulanishiga ta’sir qiladigan burg’ulash usuliga, burg’ulash uskunasi tuzilishi va boshqa faktorlarga bog’liq. Akademik V.V.Rjevskiy tog’ jinslarini Пб burg’ulash murakkabligi ko’rsatkichiga ko’ra mexanik burg’ulashda tog’ jinslarini burg’ulash bo’yicha (faqat tog’ jinslarining xususiyatiga bog’liq) ajratishni taklif qiladi. Bu ko’rsatkichning metodologik asosi quyidagicha bo’ladi.

  1. Burg’ulash vaqtida tog’ jinsini maydalash uchun qisilish va maydalanishga biriladigan harakatlar ahamiyatga ega. Zarbli burg’ulashda qisilishga qaratilgan harakatlar ahamiyatliroq, aylana burg’ulashda esa - siljiy harakatlari. Пб ni aniqlashda qisilish va siljish harakatlarini teng ravishda olish mumkin.

  2. Tog’ jinsining yoriqliligini inobatga olmasa ham bo’ladi, bu uchun yoriqlilikni inobatga oladigan, burg’ulashga ta’sir ko’rsatadigan tog’ jinsining qisilish va siljishga bo’lgan chegarasi aniqlanishi kerak.

  3. Tog’ jinsining maydalanishi faqatgina doimiy burg’ulash chiqindisini skvajina yuqorisiga chiqarishda mumkin. Shu sababli burg’ulashni hisobga olishda tog’ jinsining zichligi у inobatga olish kerak.

Yuqoridagi holatlarga rioya qilganda burg’ulash ko’rsatkichi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
Пб = 0,07(асж +асд) + 0,7у (2,8)
Bunda: асж va асд MPa da; у т / м3.
Burg’ulash ko’rsatkichi bo’yicha tog’ jinslari beshta sinfga bo’linadi. Har bir sinf o’z ichiga beshta kategoriyani oladi.

  1. sinf - 1-dan 5-kategoriyagacha bo’lgan oson burg’ulanadigan tog’ jinslari ( Пб = 1 * 5 ).

  2. sinf - 6-dan 10-kategoriyagacha bo’lgan o’rtacha burg’ulash murakkabligidagi tog’ jinslari (Пб = 5.1 * 10).

  3. sinf - 11-dan 15-kategoriyagacha bo’lgan qiyin burg’ulanadigan tog’ jinslari (Пб = 10.1 * 15).

  4. sinf - 16-dan 20-kategoriyagacha bo’lgan juda qiyin burg’ulanadigan tog’ jinslari (Пб = 15.1 * 20).

  5. sinf - 21-dan 25-kategoriyagacha bo’lgan mutlaqo qiyin burg’ulanadigan tog’ jinslari ( Пб = 20.1 *25 ).

Пб > 25 ko’rsatkichli tog’ jinslari kategoriyadan tashqarilarga kiradi.
Termik (olovli) burg’ulashda tog’ jinslarining burg’ulanishi ularning nimjon termik burg’ulashga moyilligiga bog’liq, bu ko’rsatkich tog’ jinslarining tuzilishi, qattiqliligi, qayiriluvchanligi, issiqlik-fizik ko’rsatkichlariga bog’liq.
Olovli burg’ulaning yuqori ko’rsatkichlari zich sement bog’lanmali kristal strukturaga, qiyin eriydigan kam miqdordagi metallarga ega katta strukturalarga ega bo’lgan tog’ jinslarida erishiladi. Massivning yoriqliligi yuqori bo’lganda olovli burg’ulashning unumdorligi kamayadi, buning sababi skvajina zaboyida issiqlik tarqalishining qobiliyati erkin bo’ladi va tog’ jinslarining issiqlik o’tqazishi kamayadi.

    1. BURG’ULASH STANOKLARI VA PORTLTISH SKVAJINALARNI

BURG’ULASH TEXNOLOGIYASI.

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish