Moskow mining institute publishing house



Download 3,02 Mb.
bet40/65
Sana07.04.2022
Hajmi3,02 Mb.
#535694
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
OCHIQ KON ISHLARI mavzu izlash uchun

р.п пл в.т с.т п.п х.м с.д
Buzilgan maydonni tekislash rekultivastiya ishining yaxshi bajarilganligining muhim talabi.
Tog’ jinslarini qazib olingan maydonga to’kishdan hosil bo’lgan ichki ag’darma yuzasi, va karyer transportlari yordamida tashilgan ichki va tashqi ag’darmalar yuzalari farqlanadi. Tog’ jinsini qayta to’kishda hosil bo’ladigan ichki ag’darmalar katta tekislash ishlarini talab qiladi. Bunda shudgorlash va chuqurliklar orasidagi farq 30 m ga etadi. Ag’darmalarni parallel grebenlar bilan hosil qilishda birlamchi teksilash ishlari (м3 / га) draglaynlar tomonidan bajariladi va quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
V = 625Atga0 (5.26)
Bunda, A - ochish zaxodkasi kengligi, m;
ao - ag’darmadagi tog’ jinsi qiyalik burchagi, daraja.
Birinchi tekislashdan keyin, birinchinining hajmining 30% ni tashkil qiladigan ikkilamchi tekislash (buldozerlar bilan bajariladigan) amalga oshiriladi.
Ag’darmalar yuzasini teksilashga bo’lgan xarajatlar (rub):
^ =(VQ + 0,3 VQ) so (5.27)
Bunda, Сэ - ekskavator ishlariga xarajatlar, руб / м3;
Q - buldozer ishlariga xarajatlar, руб / м3;
S0 - rekultivastiya qilinadigan ag’darma yuzasi, ga.
Ichki va tashqi ag’darmalarning birlamchi tekislanishi transport vositalari yordamida ag’darmalarga tog’ jinslar tashish vaqtida amalga oshiriladi. Ikkilamchi tekislash, buldozerlar tomonidan bajariladi va ag’darmani joylashtirgandan keyin notekisliklarni yo’qotish maqsadida 1-2 yildan keyin amalga oshiriladi. Bunday holatda ikkilamchi tekislashning hajmi katta emas. Ikkilamchi tekislashga bo’lgan xarajatlar quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
З„ = VQS (5.28)
Bunda, V - ikkilamchi tekislash hajmi, м3/ га.
Ag’darma pog’onalari qiyaliklarini tekislash va pog’ona-pog’ona qilib olish uchun xarajatlar (rubl):
Зе.и = Q.X, (5.29)
Bunda, Cem - qiyaliklarni tekislashga bo’lgan xarajatlar;
Ve m - qiyaliklarni tekislashda bajariladigan ishlar hajmi, м3.
Pog’ona qiyaliklarini teksilash bir yarusli ag’darma hosil qilishda mumkin va ikkita sxema bo’yicha amalga oshiriladi (5.10-rasm.). Bir yarusli ag’darmalarni tekislashda bajariladigan ishlar hajmi (м3) quyidagi formulalar bo’yicha aniqlanadi:

  • Yuqoridan pastga qarab tekislash sxemasida:

  • =1H0 (ctgaB - ctga0) P0 (5.30)

  • Pastdan-yuqoriga qarab tekislashda:

  • =1 Ho2 (ctgaB - ctga) p0 (5.31)

Bunda, aB - ag’darma pog’onasi qiyaligining tekislashdan keyingi burchagi, daraja;
P - ag’darma perimetri, m.






  1. rasm.. Bir yarusli ag’darmani tekislash sxemasi:

a - tepadan-pastga; b - pastdan-tepaga.
5.10-rasm. dan ko’rinib turibdiki ag’darmani yuqoridan-pastga tekislashda ag’darma maydoni oshadi, ag’darmani pastdan - yuqoriga tekislashda esa ag’darma balandligi qiyalikka yaqin maydonda oshadi.
Ag’darma pog’onasi qiyaligi ag’darma pog’onalarining ko’pligida terassalash amalga oshiriladi, terassalashda bajariladigan ishlar hajmi har bir pog’onaning qiyaligini tekislashda bajariladigan ishlar hajmiga teng.
Ag’darma qiyaliklarini ko’kalamzorlashtirish va bog’dorchilikda foydalanishda ularning qiyalik burchaklari mos ravishda 18-23 va 110 dan oshmasligi kerak. Terassaning gorizontal maydonining kengligi 5-7m dan kam bo’lmasligi kerak.
Yerning yuza qismini olish va tashishga bo’lgan xarajatlar (rub):
З. m = V {knJC3 + CmLm) (5.32)
Bunda, V - rekultivatsiya ishlarini amalga oshirish uchun unumdor qatlam hajmi, м3;
V = S„A (5.33)
Sop - tekislangan qiyaliklarni hisobga olmagan holda ag’darmaning
rekultivastiyalash maydoni, м3;
hp =0,4-0,5 - yuzaga tashlanadigan unumli qatlam qalinligi, m;
C3 - unumdor qatlamni ekskavatsiya qilish uchun xarajatlar, руб / м3;
kn . c - unumdor tog’ jinsi oraliq omborini hisobga olish koeffitsiyenti (ombor mavjud bo’lmaganida kmc=1; omborning mavjudligida knc =2);
Cm - 1 km masofaga unumdor tog’ jinslarini tashishga bo’lgan xarajatlar,
руб / м3 ;
L - unumdor tog’ jinsini tashish masofasi, km.
Unumdor yerni yuzaga yotqizish rekultivatsiyalangan yerga ag’darmani tekislashdan keyin amalga oshiriladi. Agar unumdor yerni yotqizishga tayyorlangan maydonlar bo’lmasa tuproq tekis va quruq maydonlarga joylashtiriladi. Yer yuzasini shamol va suv eroziyasidan saqlash uchun g’aram yuzasi chim bilan qoplanadi.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki unumdor yerni olish, tashish va yotqizish uchun nafaqat yordamchi mobil uskunalar (buldozer, skreper, yuklagich va boshqa)
shuningdek ochish va qazish ishlari uchun ishlatiladigan asosiy uskunalar ham qo’llanilishi mumkin (ekskavatorlar, astosamosvallar, temiryo’l va konveyer transporti) (5.11 -rasm.).
Ag’darmada unumdor qatlamni tekislash uchun xarajatlar (rubl):

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish