4.9- jadval (davomi)
Avtosamosval
lar
|
2km tashish masofasida avtosamosvalning unumdorligi (t)
|
100km bosib o’tilgan masofaga yoqilg’i sarfi, l
|
soatli
|
almashinuvli
|
yozda
|
Qishda
|
KrAZ-256B
|
30-40
|
250-300
|
55-237
|
61-261
|
BelAZ-540A
|
60-70
|
550-600
|
155-175
|
125-447
|
BelAZ-548A
|
80-90
|
750-800
|
138-544
|
166-654
|
BelAZ-549
|
140-160
|
1200-1300
|
260-930
|
290-1020
|
BelAZ-7519
|
220-240
|
2800-3000
|
-
|
-
|
Yoqilg’i sarfi ko’tarilish qiya
|
igi va tashish masofasiga bog’liq bo’ladi.
|
LENTALI KONVEYERLARNING TUZILISHI VA TEXNOLOGIK XARAKTERISTIKALARI. KARYERLARDA KONVEYER TRANSPORTINING QO’LLANILISHI
Barcha konveyerlardan (lentali, lenta-kanatli, lentali-zanjirli va plastinkali) karyerlarda asosan lentali konveyerlar qo’llaniladi (4.8-rasm.). Ular ishlatilishda va yasalishda oddiy va yuqori unumdorlikka ega. Lentali konveyer lenta, metall konstruktsiyalarga mustahkamlangan rolikli ustunlar, yurgizish stanstiyasi, lentani tortish uskunasi va yuklash uskunasidan iborat. Konveyer lentasi bir vaqtda yuk tashish va tortish uskunasi hisoblanadi. Karyerlarda asosan to’qimali ko’p qatlamli lentalar qo’llaniladi. To’qimalar asosan belting, juda qattiq belting va lavsandan yasaladi. Hozirgi kunda kapronli va anidli qatlamli lentali konveyerlar keng qo’llanilmoqda. Yuqori quvvatli turg’un konveyerlar uchun rezinatrosli lentalar qo’llaniladi, ularda qatlam o’mida 2.5-10 mm diametrli troslar qo’llaniladi.
4.8 - rasm. Lentali konveyer sxemasi:
1 - konveyer lentasi; 2 - rolik ustunlar; 3 - yurgizgich barabanlar; 4 - lentani tortib turish uskunasi; 5 - yuklash uskunasi.
Konveyer lentasining kengligi uning unumdorligi va tashiladigan bo’laklar kattaligiga bog’liq bo’ladi va 400-3600 mm oraliqda bo’ladi. Katta og’ir bo’laklarni tashish konveyer lentasini tez ishdan chiqaradi va shu sababli bo’laklar kattaligi 500mm dan oshmasligi kerak.
Konveyer lentasining harakatlanish tezligi tashiladigan tog’ jinsining fizik- texnik ko’rsatkichlaridan kelib chiqadi va lenta kengligiga ko’ra 0.7-6 m/s ni tashkil qiladi (4.10-jadval).
Mumkin bo’lgan ko’tarilish qiyalik burchagi tashiladigan tog’ jinsining xususiyatlariga ko’ra belgilanadi va mos ravishda maydalangan tog’ jinsi, maydalangan qoyasimon tog’ jinsi va shag’al uchun 20-22°, 16-18° va 13-15° ni tashkil qiladi. konveyerning pastlikka tushishdagi mumkin bo’lgan qiyaligi balandlikdagidan ko’ra 2-3° kichik bo’ladi.
Rolik tayanchlar konveyer lentasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Yuk qismini ushlab turish uchun uchtalik rolik ustunlar qo’llaniladi, pastki qismni ushlab turish uchun esa ikkita rolikli ustunlar. Pastki qismni ushlab turishga xizmat qiladigan roliklar lentani yopishib qolgan tog’ jinsidan tozalashga moslashgan maxsus uskuna bilan jihozlandi.
O’lchamlar
|
Konveyerlar
|
KL-500
|
KLM-800
|
S-160
|
KLMZ
|
NKMZ
|
Lenta kengligi, mm
|
1000
|
1200
|
1600
|
1200
|
1800
|
Lentaning harakatlanish tezligi, m/s
|
2.26
|
2.58
|
1.6-3.15
|
3.6
|
4.35
|
Soatli
unumdorlik, t
|
500
|
800
|
1600
3150
|
1950 м3
|
5000 м3
|
Gorizontal tarkibning uzunligi, m
|
400
|
800
|
1100
|
800
|
500
|
Uzatgich kuchi, kVt
|
75
|
150
|
400-800
|
400
|
1500
|
Uzatish stantsiyasi konveyer lentasiga tortish kuchini berish uchun xizmat qiladi. Uzatish stansiyasining asosiy elementi bu uzatish barabani hisoblanadi, u reduktor orqali elektr dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Quvvatli konveyerlarning uzatish stantsiyasi bir necha uzatish barabanlariga ega bo’ladi. Barabanning lenta bilan yaxshiroq ishqalanishi uchun baraban ustiga maxsus elastik material bilan qoplanadi.
Tortish stantsiyasi lentaga boshlang’ich tortilishni berishga xizmat qiladi, bu uzatish barabani orqali tortish kuchini berishga kerak bo’ladi va ishlatish vaqtida lentaning cho’zilishini oldini olishga xizmat qiladi. Tortish uskunasining asosiy elementi baraban hisoblanadi.
Yuklash uskunalari konveyerga yuk kelib tushadigan joylarida o’matiladi. Ular tog’ jinsini lentaga to’kilmasdan uzatilishini ta’minlashi kerak, shuningdek lenta tezligi bilan bir xil bo’lgan tezlik berishga xizmat qiladi. Yuklash uskunasining asosiy elementlari bu voronka, lotok va yuklagich hisoblanadi.
rasm. Ikki barabanli bo’shatish uskunasi sxemasi
Harakatlanadigan bo’shatish uskunalari konveyemi kerakli joyda bo’shatish uchun mo’ljanangan (4.9-rasm.). Ular qoidaga ko’ra ikkita barabanga ega bo’ladi va konveyer o’rnatilgan shpallarda o’rnatilgan relslarda harakatlanadi. Ba’zida bo’shatish uskunalari zanjirli harakatda bo’ladi. Konveyer uskunalariga shuningdek transport-ag’darma ko’priklar, konsolli ag’darma hosil qilgichlar va konveyer qayta yuklagichlar kiradi (4.10-rasm.).
4.10-rasm. Transport-ag’darma ko’prik (a), konsolli ag’darma hosil qilgich (b) va konveyerli qayta yuklagich (v) sxemasi.
KARYERLARDA KONVEYER TRANSPORTINING SXEMALARI VA KONVEYERLAR UNUMDORLIGINI HISOBLASH
Karyerlarda konveyer transporti yumshoq va maydalangan bo’sh tog’ jinslarini ichki va tashqi ag’darmalarga tashishda (asosan ko’p cho’michli ekskavatorlardan), ko’mir, qum, shag’al va boshqalarni tashishda ham xizmat qiladi, shuningdek maydalangan qoyasimon va yarim qoyasimon tog’ jinslarini tashishda ham qo’llaniladi. Qoplovchi tog’ jinslarini tashishda quyidagi konveyer transporti sxemalari qo’llaniladi.
Qoplovchi tog’ jinslarini qazib olingan maydonlarga tashishda transport-
ag’darma ko’priklar va konsolli ag’darma hosil qilgichlardan foydalaniladi.
168
Qoplovchi tog’ jinslarini karyer bo’ylab qazib olingan maydonlarga tashishda (4.11-rasm.) zaboy, yarim turg’un va ag’darma konveyerlaridan foydalaniladi. Qoplovchi tog’ jinslari va foydali qazilmalarni karyerdan tashqariga tashishda zaboy, yuk ko’taruvchi, magistral, ag’darma va bo’shatish konveyerlaridan foydalaniladi (4.12 - rasm.).
Konveyerning soatlik texnik unumdorligi (м3) konveyer lentasining kengligi, unda joylashgan tog’ jinsining ko’ndalang kesim yuzasi o’lchamlari va uning fizik-texnik xarakteristikalari, lentaning harakatlanish tezligiga bog’liq bo’ladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |