O‘zbekiston Resrublikasida Moliyaviy tahlil quyidagi yo‘nalishlar- da rivojlanishi lozim:
raqobatdosh iqtisodiyotni shakllantirish va uni rivojlantirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini moliyaviy va boshqaruv jihatidan tahlil etishni takomillashtirish lozim;
hozirgi vaqtda respublikamizda ko‘p mulkchilikka asoslangan bozor tizimidagi korxonalar vujudga keldi. Moliyaviy tahlil ham ana shu sohaga mos rivojlanishi lozim;
O‘zbekistonda barcha sohalar bo‘yicha, ayniqsa, buxgalteriya hisobining jahon andozalariga mos tizimi qabul qilinmoqda. Bu esa xalqaro andozaga mos moliyaviy va boshqaruv tahlili tizimini ham yaratishni taqozo etadi;
bu fanning nazariyasini o‘zimizda shakllanayotgan bozor iqtisodiyotining xususiyatlarini inobatga olgan holda yaratish lozim;
O‘zbekistonda makroMoliyaviy tahlil amaliy jihatdan obyektiv zaruriyatga aylandi, ammo, uning nazariyasi va metodologiyasi yaratilgan emas, shu tufayli kelajakda makroMoliyaviy tahlilni nazariy va metodologik asosi ishlab chiqilishi lozim;
olimlar sanoat, qurilish, transport, xizmat va boshqa iqtisodiyot- ning muhim sohalari bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘lanmalar yaratishlari lozim;
iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda bu fanga tegishli ahamiyat berilishi va davlat ta’lim standartlariga hamda o‘quv rejalariga kiritish lozim.
Ushbu tadbirlarning amalga oshishi mustaqil davlatimizning mus- taqil fani – Moliyaviy tahlilning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi. Bu fanning kelajakda ahamiyati keskin oshadi, chunki bozor iqtisodiyoti sharoiti har xil korxonalarning xo‘jalik faoliyatini chuqur o‘rganishni, tahlil qilishni taqozo etmoqda.
Moliyaviy tahlil fanining mazmuni
Bozor iqtisodiyoti – bozorning o‘ziga xos qonunlari, funksiyalari va vazifalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni alohida shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, xususiyatlari amal qiladi.
Bozor subyektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki xaridorlar, mav- jud tarkib topgan tizimda talab va taklif, pul muomalasi, raqobat, inqiroz va shu kabi tomonlarga moslashib, o‘z faoliyatini amalga oshirishi shart. Bu esa ularni mazkur sharoitda yashab qolish yoki rivojlanishini ta’min- laydi. Aks holda, ular o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadga erisha olmay bozor munosabatlarida o‘rinlarini yo‘qotadilar. Demak, korxonalar bozordagi mavjud holatni va o‘zlaridagi ichki imkoniyatlarni chuqur o‘rganmay turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo‘yilgan maqsadga erisha olmaydilar.
Bozor munosabatlarida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishidan oldin, dastavval uning va o‘zining barcha holat hamda imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka asoslangan, lekin ayni paytda ilmiy asosga ega bo‘lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Dasturga amal qilish esa mablag‘lardan to‘g‘ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Bozor munosabatlari rivojlanib, tobora takomillashib borishi korxo- nalarda tahlil qilinadigan, o‘rganiladigan obyektlar sonini ham ko‘pay- tirib, murakkablashtirib bormoqda. Jumladan, bozordagi infrastruktura xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va boshqa hisob-kitoblar hamda moliyaviy munosabatlargacha, qiymat yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari va shu kabilar ular uchun tahlil obyekti bo‘lib qolmoqda, ayniqsa, 2009-yildan boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Moliyaviy tahlil ishlarida ham jiddiy kamchi- liklar mavjudligini va bu borada ko‘plab ishlarni amalga oshirish zarur- ligini ko‘rsatib berdi.
Ma’lumki, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyot o‘zgaruv- chanlik tavsifiga ega. Korxonalar o‘z faoliyatini har doim uzluksiz uning talablariga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadqi- qotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Demak, tashqi va ichki muhit ta’siridan kelib chiqqan holda korxonalar o‘z faoliyatini marketing yo‘nalishida olib borishga majbur. Natija esa, strategiya va taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlar va rejalarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat uchun qo‘llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo‘lishi bevosita Moliyaviy tahlil ishlari bilan bog‘langandir. Chunki, reja ko‘rsatkichlari bozordagi holat, o‘tgan yillar tajribasi, belgilangan me’yorlar, yetakchi korxonalar hamda ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o‘ta muhim hisoblanib, mablag‘- lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo‘nalishning har bir bosqichida amalga oshiriladigan xatti-harakat aniq belgilanib olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qili- nadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastavval turli usullar bilan muqobillik asosida tahlil etiladi. Natijada esa, eng maqbul faoliyat deb tanlab olingan yo‘nalish uchun mablag‘lardan foydalanish- da imkon qadar samarali chora-tadbirlar ilmiy asosda ishlab chiqiladi.
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib, u reja ko‘rsatkichlari bilan taqqoslanib ko‘riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada imkoniyatlar ko‘zda tutilgani o‘rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita bozordagi holat bilan ham bog‘lanadi. Bozordagi o‘zgarishlar va ular- ning korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’siri tezkorlik bilan tahlil qilinadi. Shu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi. Demak, bozor sharoitida Moliyaviy tahlil vositasida barcha jarayonlar aniq faktlar bilan analitik usulda tahlil qilinib, ularni sintez yo‘li bilan umumlashtirib te- gishli qarorlar qabul qilinadi hamda korxona faoliyatiga ta’sir o‘tkaziladi.
Moliyaviy tahlil bozor sharoitida faqatgina haqiqiy holatni o‘rganib uni ijobiy tomonga o‘zgartirish vazifasini bajaribgina qolmay, balki uning vositasida korxona faoliyati bilan qiziquvchi tashqi shaxslar uchun ham zarur bo‘lgan ma’lumotlar tayyorlanadi. Bu bilan korxonani moli- yaviy holati hamda iqtisodiy imkoniyati to‘g‘risida ham to‘la tasavvur hosil qilinadi. Natijada esa, korxonaga ko‘plab hamkorlar jalb etish imkoniyati tug‘iladi.
Bozor munosabatlari sohasida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub- yektning o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va meh- nat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Ammo, ko‘pgina korxona va tashkilotlar iqtisodiy mustaqillik hamda ichki va tashqi bozorda bitimlar tuzish huquqini qo‘lga kiritganlaridan so‘ng xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlariga tayyor emasliklari ayon bo‘lib qoldi. Bozor iqtisodiyoti sohasida boshqaruv subyektlariga faqat axborotga ega bo‘lishning o‘zi kifoya qilmaydi. Bu axborot bilan ishlash, to‘g‘ri xulosalar chiqarish va ulardan ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanish zarur bo‘ladi. Samarali boshqarishda eng muhimi axborot va undan foydalana bilishdir.
Iqtisodiy axborotlar bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil davomida xo‘jalik faoliyatini o‘rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo‘ladigan bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |