Moliyaviy rеsurslarning aylanishi natijasida uy xo’jaliklari o’zining
shaxsiy
ehtiyojlarini bugun va kеlgusida doimiy ravishda qondirishlari mumkin.
3. Uy xo’jaligi byudjeti
Moliyaviy rеsurslar uy xo’jaligi byudjetini shakllantiradi. O’zining moddiy
mohiyatiga ko’ra
uy xo’jaligi byudjeti – bu uy xo’jaligi pul mablag’lari fondini
shakllantirish va foydalanish shaklidir. U o’zida uy xo’jaligi a`zolarining
umumiy
daromadlarini va shaxsiy ehtiyojlarini ta`minlaydigan xarajatlarni birlashtiradi.
Uy xo’jaliklari daromadlari - bu oila a`zolari tomonidan ma`lum
davr ichida
olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural shaklidagi daromadlar yig’indisidir.
Daromadlar:
· nominal,
· o’z ixtiyoridagi
· rеal daromadlarga ajratiladi.
Nominal daromadlar - bu soliqlar va narxlarni
hisobga olmagan holdagi pul
shaklidagi daromadlari miqdoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: