"moliya" kafedrasi ismoilov kamoliddin dilshodovich iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli daromadl



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana31.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#227195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat budjeti soliqli daromadlarini shakllantirishning dolzarb muammolari

 

57 

   



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati............................................ 

 

59 

 

 

 

 


5

 

 



KIRISH 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  Bugungi  kunda 

mamlakatimizda  olib  borilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  o’z  natijasini  bermoqda. 

Birgina  soliqlar  misolida  bu  islohotlarni  ko’radigan  bo’lsak,  prezidentimiz 

I.A.Karimovning quyidagi bildirgan fikrlariga e’tiborimizni qaratishimiz maqsadga 

muvofiq: “Aytish kerakki, bunday iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq 

yukini  pasaytirishga  qaratilgan  va  izchil  amalga  oshirilayotgan  siyosat  bilan 

bog’liq.  Jumladan,  “2012  yilda  soliq  yukini  kamaytirish  siyosati  davom  ettirildi. 

Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 6 foizdan 5 

foizga  tushirilgani,  yakka  tartibdagi  tadbirkorlar  uchun  belgilangan  soliq  stavkasi 

esa  sezilarli  tarzda,  ya’ni  o‘rtacha  ikki  barobar  kamaytirilgani  buni  yaqqol 

tasdiqlaydi

1

”  va  “O‘tgan  yili  soliq  yuki  20,5  foizdan  20  foizga,  daromad  solig‘i 



stavkasi  esa  9  foizdan  8  foizga  kamaytirilgan  bo‘lsada,  davlat  budjeti  yalpi  ichki 

mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.

2

”, - deya ta’kidladilar. 



Davlatimiz  xazinasini  moliyaviy  resurslar  bilan  to’ldiruvchi  asosiy  manba 

soliq  bo’lgani  sababli,  u  jamiyatimiz  oldida  turgan  muhim  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

ma’naviy,  ma’rifiy  va  boshqa  ko’pgina  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun  zarur 

bo’lgan  miqdordagi  pul  mablag’i  bilan  ta’minlanishi  lozim.  Soliqlar  davlat 

budjetini to’ldiruvchi asosiy elementlardan biri bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun 

soliqlarga  davlat  budjetining  daromad  qismini  shakllantiruvchi,  eng  muhim 

bo’lgan  umumdavlat  vazifalarini  hal  etish  uchun  zarur  miqdordagi  mablag’ni 

jamlantiruvchi dastak sifatida qarash lozimdir.  

 Davlatning  ijtimoiy  –  iqtisodiy  vazifalarini  o’z  vaqtida  to’liq  va  ijobiy  hal 

etish  ma’lum  moliyaviy  asosni  talab  etadiki,  aynan  ushbu  asosning    markaziy 

bo’g’inini  davlat  budjeti  daromadlari  tashkil  etadi.  Davlat  moliyasini 

sog’lomlashtirish  davlat  budjeti  daromadlarining  barqarorligini,  ularni 

shakllantirish  manbalari  mukammal  nisbatini  va  butligini  ta’minlash  O’zbekiston 

                                                           

1

 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish. 



–T.: O’zbekiston. 2013. – 64 b. 

2

  Karimov  I.A.  2015  yilda  iqtisodiyotimizda  tub  tarkibiy  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish,  modernizatsiya  va 



diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib 

berish-ustivor vazifamizdir. Toshkent-“O‘zbekiston”-2015y. 5-bet. 




6

 

 



Respublikasida amalga oshirilayotgan institutsional isloxotlarni xozirgi bosqichida 

yanada  muhim  axamiyat  kasb  etmoqda.  Bir  vaqtning  o’zida  mamlakatimiz 

budjetining  so’ngi  yillaridagi  ijobiy  qoldig’i,  ya’ni  budjetning  profitsit  bilan 

yakunlanishiga  qaramasdan,  budjetni  belgilangan  miqdordagi  daromadlar  bilan 

ta’minlash  masalasining  juda  katta  qiyinchiliklar  bilan  hal  etilayotganligini, 

davlatning  ixtiyorida  bo’lishi  lozim  bo’lgan  moliyaviy  resurslarning  yetarli 

darajada emasligi uning o’z oldiga qo’ygan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga 

o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda.  

O’zbekiston  Respublikasi  davlat  budjeti  daromadlarini  shakllantirish 

tizimida  qator  muammolarning  mavjudligini  ham  ta’kidlab  o’tish  joiz.  Ulardan 

asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 

-  davlat  budjeti  soliqli  daromadlarining  tarkibida  egri  soliqlardan 

tushumlarning nisbatan katta salmoqqa ega ekanligi

-  davlat  budjeti  daromadlarini  aniq  tasniflash  mezonlari  asosida 

shakllantirish amaliyotining mavjud emasligi va hokazolar. 

Yuqoridagilardan  kelib  chiqib,  davlat  budjeti  soliqli  daromadlarini 

shakllantirish  muommolari  hozirgi  davrning  dolzarb  masalalaridan  biri 

hisoblanadi.  

 Bitiruv  malakaviy  ishining  maqsadi  bo’lib,  davlat  budjeti  soliqli 

daromadlarini  shakllantirish  yuzasidan  amaliy  tavsiya  va  takliflar  berish 

xisoblanadi. 


Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish