O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘lchashlarni bajarish metodikasi – bu
hujjatlashtirilgan operatsiya va qoidalar birlashmasi bo‘lib, ularni bajarish kafolatlangan aniqlikdagi o‘lchash natijalari olishni ta’minlaydi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasiga asosiy talablar O‘z DSt 8.016:2002 "O‘z O‘DT. O‘lchashlarni bajarish metodikalari. Asosiy nizomlar" da o‘rnatilgan.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi metrologik attestatsiyaga tortiladi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi O‘zstandart
tomonidan tasdiqdan va davlat reestridan o‘tgandan keyin qo‘llaniladi.
O‘lchashlarni bajarish metodikasi - metrologik nazorat va tekshiruv ob’ektlari hisoblanadi.
Normativ texnik va texnologik hujjatlarning ekspertizasi o‘lchashlar birliligini ta’minlashning ajralmas qismi bo‘lib, metrologik nazoratning zaruriy ko‘rinishidir.
Metrologik ekspertiza - bu o‘lchashi kerak bo‘lgan parametrlarni tanlash, mahsulot-larni ishlab chiqarish, sinash, ekspluatatsiya, remonti va ularni amaldagi normativ hujjatlar talablariga mosligi bo‘yicha texnik yechimlarning metrologik darajasini taxlil qilish va baholashdir.
O‘lchashlarni bajarish uslubiyatini metrologik ekspertizasi – o‘lchash vosiutalarini va usullarini tanlash baxolash va taxlil, o‘lchashlarni o‘tqazish qoida va operatsiyalari va ularning O‘BM da muvofiqligini o‘rnatish maqsadi metrologik qo‘shilgan talablarida aniqlash.
O‘BM lari xujjatlari davlat metrologik tekshiruv va nazorati tadbiq etiladigan doirada metrologik ekspertizaga davlat ilmiy metrologik markazlarda yoki O‘BM xujjatlarini metarka ekspertizasini o‘tkazishga O‘BM attestatlashga texnik vakolatli tashkilotlarga o‘tkaziladi.
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tadbiq etilmaydigan doirada qo‘llanilmaydigan O‘BM xujjatlari esa, korxona va tashkilotlarga o‘rnatilgan tarkibda metrologik ekspertizadan o‘tkaziladi. O‘BM xujjat metrologik ekspertiza o‘tkazishda metrologik sinovlarning tavsiyalaridan foydalaniladi.
Metrologik ekspertizaga tortiladi:
Davlatlararo, Davlat, tarmoq va O‘zbekiston informatsion fondida registratsiyadan o‘tgan tashkilotlarning mahsulot va xizmatlariga bo‘lgan standartlarning loyihalari;