1.3. Geografiya ta’limi metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Geografiya ta’limi metodikasi qator tabiiy va ijtimoiy‐iqtisodiy
hamda gumanitar fanlar bilan o’zaro bog’langan. Geografiya o’qitish
metodikasini geografiya fani bilan bog’liqligi quyidagilarda namoyon
bo’ladi:
‐geografiya fani maktab geografiyasi mazmunini asosini tashkil
qiladi va uning rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Geografiya
fanidagi yutuqlar va o’zgarishlarni maktab geografiyasining
mazmunida va tuzilishida aks ettirib boradi;
‐ geografiya fanining mazmuni maktab geografiyasining tuzilishida
aks etgan. Maktab geografiyasi ikki qismdan iborat: tabiiy va iqtisodiy
geografiya. Akademik litsey va kasb‐hunar kollejlari uchun o’tiladigan
«Amaliy geografiya» darsligida injinerlik geografiyasining mazmuni aks
etgan;
‐o’quv vositalari va ular bilan ishlash usullari geografiya fanida
qo’llaniladigan usullar bilan aniqlanadi. Masalan geografiyada keng
qo’llaniladigan kartografik usul, amaliy geografiyada ham keng
qo’llaniladi (kartalar bilan ishlash), dalada olib boriladigan tatqiqot
ishlari o’quv‐ sayohatlarda aks etgan;
‐ geografiya ta’limining mazmuni va tuzulishi geografiya fanining
rivojlanishi bilan muntazam takamillashib boradi. Xozirgi paytda
geografiyada yangi‐yangi tushunchalar paydo bo’lmoqda: ekologik‐
geografik sharoit; tizimli usul; geosiyosat: bashorat; baholash va h.k.
Didaktika barcha o’quv predmetlarini metodikasini umumiy ilmiy
asosini tashkil qiladi. Geografiya ta’limi metodikasi didaktika fani
tomonidan asoslab berilgan qonunyatlar, qonunlar va qoidalar asosida
rivojlanadi. Didaktika fani geografiya o’qitish jarayonini tarkibiy
qismlari
o’rtasidagi
qonuniy
bog’lanish
va
munosabatlarni
oydinlashtiradi va shu asosida o’qitishni maqsadi, mazmuni, usullari
hamda o’qitish jarayonini jihozlashga doir talablarni belgilab beradi.
Geografiya o’qitish metodikasi fani didaktika faniga suyanibgina
13
qolmasdan balki uning rivojlanishi uchun muhim ma’lumotlar beradi.
Masalan, o’quvchilarning geografik bilim, ko’nikma va malakalarni
baholash, geografik tasavvur, tushuncha, g’oyalar tizimini shaklllantirish
va boshqalar.
Psixologiya fani o’quvchilardagi ruhiy faoliyatning umumiy qonu‐
niyatlarini o’rgansa, geografiya o’qitish metodikasi esa o’quvchilarning
ruhiy faoliyatini, ularning geografik bilimlarni o’zlashtirish bilan bog’liq
bo’lgan tomonlarini o’rganadi. Geografiya predmetini o’qitishda o’quv‐
chilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyatini e’tiborga olmasdan turib,
ularning o’quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo’lmaydi. Shu tufayli
geografiya o’qitish metodikasi psixologiya fani bilan chambarchas
bog’langan.
Geografiya ta’limi metodikasi ekologiya fani bilan ham uzviy
bog’langan. Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlaridagi
geografiya ta’limida atrof‐muhit muhofazasiga va tabiiy resruslardan
oqilona foydalanish masalalariga katta e’tibor berilgan. Boshlang’ich
tabiiy geografiya kursidan boshlab, o’rta ta’lim geografiya predmetlarida
tabiiy resruslardan oqilona foydalanish, tabiat tarkiblarini xo’jalik
faoliyati ta’sirida ifloslanishi, ularni oldini olish va atrof‐ muhit
muhofazasi masalalari atroflicha ko’rib chiqilgan.
Geografiya ta’limi metodikasi tarix, til va adabiyot va boshqa
gumanitar fanlar bilan ham bog’langan. Maktab geografiyasida
geografik bilimlarning rivojlanishini, har bir materik va o’lkalarni tabiati
va uni o’zlashtirilish tarixini o’rganish tarixiy manbalarni o’rganish bilan
bog’liq. Geografik nomlarni to’g’ri yozilishi, ularni talqini, kelib chiqishi
va mazmunini aniqlashda tilshunoslik qonunyatlari va qoidalari asosida
olib boriladi. Maktab geografiyasida jahon, mamlakatlar va xududlarni
o’rganishda, geografik qobiqni tarkibiy qismlari va undagi jarayonlarni
o’quvchilarga tushuntirilishida badiiy adabiyotlardagi yorqin ifodalar,
talqinlar va tavsiflardan foydalaniladi.
Geografiya o’qitish metodikasi ximiya, biologiya va qishloq xo’jaligi
fanlari bilan ham chambarchars bog’langan. Geografik qobiqning
kimyoviy tarkibini, tabiatni kimyoviy modddalar bilan ifloslanishini va
ularni oldini olish yo’llarini o’rganishda maktab geografiyasi ximiya
fanining yutuq‐lariiga asoslanadi. Geografik qobiqning asosiy tarkibiy
qismi bo’lgan tuproq, o’simlik qoplami, hayvonot dunyosini va turli xil
ekinlarni yetishtirishni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda maktab
geografiyasi biologiya va qishloq xo’jaligi fanlari tizimi yutuqlariga
asoslanadi.
14
Geografiya ta’limida ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil
qilishda, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishda maktab
geografiyasi matematika, statistika va axborot texnologiyalari fanlari
yutuqlariiga asoslanadi.
Hozirgi davrda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalar
qo’llanilmoqda va ulardan foydalanishning ilmiy –metodologik asoslari
ishlab chiqilmoqda. Mazkur sohada geografiya ta’limi yangi pedagogik
texnalogiyalar fani yutuqlariga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |