1.2. Turizmni barqaror rivojlanishida mintaqaviy turizmning iqtisodiy mazmuni
XXI asrda iqtisodiy o`sishning muhim omili sifatida mamlakat mintaqalarida mavjud salohiyat va imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi e`tirof etilmoqda. Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan o`tkazilgan bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari, rasmiy xujjatlarda bayon qilingan ustuvor yo`nalishlar bunga yaqqol misol bo`la oladi . O`zbekistonda oxirgi o`n yilda mintaqalarni kompleks rivojlantirish, mahalliy tabiiy-iqtisodiy resurslar asosida investitsion loyihalar tayyorlashni yanada faollashtirish masalalariga katta e`tibor qaratilgan. Ayniqsa, 2017 yilda hududlarni kompleks va mutanosib tarzda rivojlantirishni ta`minlash, mintaqalarning mavjud tabiiy homashyo, ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish kuchlarini optimal joylashtirish hamda aholi turmush darajasi va sifatini izchil oshirib borishga oid choralarga qaratilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorini alohida ta`kidlash lozim. Yana bir rasmiy xujjat mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash va nomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan . Umuman ham nazariya, ham amaliyot nuqtai nazaridan mintaqalarning iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlashdagi o`rni keskin oshganini ko`rish mumkin.
Mintaqada yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga erishish uchun, raqobat afzalliklariga ega tarmoq va korxonalar birinchi o`ringa ko`tarilib, ular ma`lum darajada lokomotiv vazifasini bajarishlari lozim bo`ladi. Ana shunday tarmoqlar qatoriga mintaqaviy xususiyatga ega bo`lgan turizmni qo`shish lozim. Chunki mintaqada boy tabiiy salohiyatga asoslanadigan turizm sohasini keskin rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Turizm o`ziga xos mintaqa uchun o`sish nuqtasi bo`lib xizmat qiladi. Mintaqa va turizmni o`zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liqligi avvalombor ular oldiga qo`yiladigan asosiy maqsad va ustuvor yo`nalishlarning uyg’unligi bilan isbotlash mumkin (1.1-chizma).
Mintaqani kompleks rivojlantirishning vazifalari va yo`nalishlari
|
Turizm xizmatlarini rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari
|
Mavjud salohiyatdan kelib chiqqan holda barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlash
|
Mintaqada joylashgan turizm sub`ektlarining rivojlanishini ta`minlash
|
Tarmoqlar bilan birgalikda raqobatbardosh mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarishni tashkil etish, eksport hajmi va turini ko`paytirish
|
Turizm sohasining raqobatbardoshlik afzalliklaridan to`liq foydalangan holda mintaqaviy turizmni yanada kengaytirish
|
Turizm sohasining raqobatbardoshlik afzalliklaridan to`liq foydalangan holda mintaqaviy turizmni yanada kengaytirish
|
Turizmni yanada rivojlantirish maqsadida yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, xorij investorlari uchun qulay shart-sharoit yaratish
|
Muxandislik, yo`l transport va injenerlik kommunikatsiyalari infratuzilmasini ildam rivojlantirish
|
Turizm xizmatlari sifatini yaxshilash va turlarini ko`paytirish maqsadida infratuzilmani rivojlantirish
|
Qishloq xo`jaligini yanada rivojlantirish er-suv resurslaridan oqilona foydalanish, meva-sebzavot, go`sht-sut mahsulotlarini etishtirishni kengaytirish va ularni saqlash, qayta ishlash
|
Turizm sohasida umumovqatlanish tizimini takomillashtirish, sifatini yaxshilash
|
Aholi bandligini ta`minlash, yangi ish joylari tashkil etish, xizmat sohalarini rivojlantirish, turmush darajasi va sifatini yanada oshirish
|
Mintaqaviy turizm bilan bir qatorda ichki turizmni yanada rivojlantirish, yangi ish joylarini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash, aholini turizm xizmatlariga bo`lgan talabini ondirish
|
1.1-chizma. Mintaqaviy turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari
Yuqorida keltirilgan mintaqa va turizmni rivojlantirishning asosiy yo`nalishlar bir-biriga juda o`xshab ketadi, lekin ularning har birini bevosita manfaatlari borligini ham esdan chiqarmaslik kerak. Asosiy yo`nalishlarning borligini avvalombor mintaqaviy resurslardan (tabiiy, iqt'isodiy, mehnat, suv va er, maxalliy homashyo) oqilona foydalanish, raqobatbardoshlikni oshirish, yangi ish joylarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash, aholining talablarini qondirgan holda, ularning turmush sifatini yanada yuqoriga ko`tarishda ko`rishimiz mumkin. O`zaro bog’liqlikni ikki taraflama ekanligini ta`kidlash lozim. Birinchidan, mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni turizmga ta`siri; ikkinchidan, turizmni mintaqani barqaror rivojlanishiga ta`siri.
Bizning fikrimizcha, mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy omilni turizmni rivojlanishiga ta`siri quyidagilarda namoyon bo`ladi:
- mintaqadagi investitsion jozibadorlik, ya`ni investitsion faollik uchun yaratilgan qulay muhit;
- hududlar miqyosida turizmni boshqarish tarkibini shakllanganligi;
- o`rta va uzoq muddatli turizmni rivojlantirish strategiyasini mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarida aks ettirish;
- turizm sub`ektlarini samarali faoliyat ko`rsatishi uchun mahalliy resurslardan (er, suv, gaz, elektr energiyasi) foydalanishni me`yoriy-huquqiy xujjatlarini tayyorlash; - mintaqaning turizm sohasidagi afzalliklarini keng targ’ibot qilish (ko`rgazmalar, yarmarkalar, forumlar va boshqalar);
- turizm sohasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish (ro`yxatga olish, hisobot, mahalliy soliqlar va boshqalar). Ilmiy nazariya va uslubiyot nuqtai nazaridan turizmni mintaqa ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga ta`siri deyarli o`rganilmagan.
Turizmni mamlakat va mintaqa iqtisodiyotidagi o`rni turlicha ko`rinishga ega bo`lib, ayrim sohalarga qo`shadigan hissasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin ushbu holatni amalga oshirish avvalom bor iste`mol talablarini to`la qondirish, ya`ni o`ziga xos qadr qimmatlar tizimini, turistik kompaniyalarning egalari, ularning mahsulotlarini iste`mol qiluvchi turistlar, mintaqada ularni qabul qiluvchi hodimlar shakllantirishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |