Министерство высшего и среднего специального образования СНГ


I bob. “ELEKTRONICS WORKBENCHE” (EWB) DASTURINI O‘RGANISH



Download 6,22 Mb.
bet4/157
Sana03.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#312962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157
Bog'liq
КИТОБ ЭКМ 12-10-2020 264-betgacha OX VAR

I bob. “ELEKTRONICS WORKBENCHE” (EWB) DASTURINI O‘RGANISH

    1. EWB dasturida sxemalarni tayyorlash


EWB dasturida sxemalar tahlilini o‘zgarmas (DC- direct current) va o‘zgaruvchan (AC- alternative current) toklarda olib borish mumkin.

O‘zgarmas tokda o‘rnatilgan ish rejimida ishchi nuqtasi aniqlanadi. Bu rejimda ishchi nuqtasi parametrlari o‘lchov asboblarida o‘z aksini topmaydi, ular keyingi tahlillarda ishlatiladi.

O‘zgaruvchan tokda sxemalar modellari va ularning tahlili real vaqt va chastota sohalarida olib boriladi.

EWB dasturida kirishga turli shakllardagi signallar berib, o‘tish jarayonlarini tadqiq qilish mumkin. Dastur etarli darajadagi murakkab analog, analog- raqamli va raqamli sxemalarni tahil qila oladi.

EWB dasturi ommalashgan elektron komponentlar (jumladan, sobiq Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilayotgan) kengaytirilgan kutubxonasiga ega.

O‘lchov asboblarining ko‘p va etarli darajada mavjudligi ko‘p miqdordagi kattaliklarni aniq o‘lchash, tahlil qilish va grafiklar tuzish imkonini beradi.

O‘lchov asboblari real asboblar darajisiga etkazilgan, ular bilan ishlash oson va qulay, noto‘g‘ri ulanganda dastur xatoni darrov ko‘rsatadi. EWB dasturi elementlarning ulanishini va umuman to‘liq sxemani yaqqol ko‘rsatib turadi. Modellashtirish natijalarini printerga chiqarish yoki matnli va grafik redaktorlarga import qilish mumkin. Dastur Windows standart interfeysida ishlaydi, bu holat uni ishlatishni osonlashtiradi.

Dastur ruslashtirilmagan, shu sababli biz uning ingliz versiyasidan foydalanamiz.

Komponentlar kutubxonalariga passiv elementlar, tranzistor va diodlar, boshqariladigan manbalar, boshqariladigan kalitlar, gibrid elementlar, indikatorlar, mantiqiy elementlar, trigger qurilmalari, analog va raqamli elementlar, maxsus kombinatsion va ketma- ketlik elementlari sxemalari kiradi.

Aktiv elementlarning ideal yoki real modellarini ishlatish mumkin, hamda elementlar kutubxonalariga yangi elementni kiritish mumkin.

Dasturda o‘lchov amaliyotlarini o‘tkazish uchun ishlatiladigan quyidagi asboblar mavjud: ampermetr, voltmetr, ostsillograf, multimetr, Bode-plotter (chastota va faza xarakteristkalarini chizuvchi asbob), so‘z generatori, logik analizator, logik o‘zgartgich.

EWB quyidagi amallar orqali turli qiyinlikdagi sxemalarni yig’ishga imkon beradi:

  • kutubxonalardan kerakli elementlar va asboblarni tanlash;

  • elementlar va sxemalarni ishchi oynaning istalgan joyiga ko‘chirish;

  • elementlar va elementlar guruhlarini 90°ga karrali burchaklarga burish;

  • elementlar, elementlar guruhlari va sxemalar fragmentlari, butun sxemalardan nusxa olish, o‘chirish va boshqa erga ko‘chirish;

  • simlar ranglarini o‘zgartirish;

  • ko‘rishni osonlashtirish uchun sxemalar konturlarini ajratib olish;

  • bir nechta o‘lchov asboblarini bir vaqtning o‘zida ulash va monitorda ularning ko‘rsatmalarini kuzatish;

  • elementni shartli belgi bilan belgilash;

  • elementlar parametrlarini keng ko‘lamda o‘zgartirish.

Hamma amallar klaviatura va sichqoncha bilan bajariladi, faqat klaviatura bilan ishlash mumkin emas.

Asboblarni sozlash natijasida quyidagilarga erishish mumkin:

  • o‘lchov diapazonlariga moslab asboblar shkalalarini o‘zgartirish;

  • asbobning ish rejimini tanlash;

  • sxemaga ta'sir qiluvchi kirish signallari turlari va parametrlarini

( o‘zgarmas va garmonik toklar va kuchlanishlar, uchburchak va to‘g‘ri burchakli impulslar) keng ko‘lamda o‘zgartirish.

Dasturning grafiklar bajarish imkoniyatlari quyidagicha:

  • grafikda bir vaqtning o‘zida bir nechta egri chiziqlarni kuzatish;

  • grafiklarda egri chiziqlarni turli ranglarda tasvirlash;

  • grafiklarda nuqtalar koordinatalarini o‘lchash;

  • ma'lumotlarni grafik redaktorga import qilish orqali rasmlarda kerakli o‘zgarishlarni bajarish va printerga chiqarish.

Dastur kompyuterga o‘rnatiladi. U ishga tushirilganda EWBning bosh ishchi oynasi 1- va 2- rasmda keltirilgan holda namoyon bo‘ladi:

1- rasm. EWB bosh ishchi oynasi ko‘rinishi



1-rasmda: menyu (1), komponentlar va nazorat o‘lchov asboblari lineykasi (2,3), oynaning ishchi sohasi (4) va holat satri (5) keltirilgan.

Sxemalarni yaratish dastur kutubxonalaridan komponentlarni tanlab olib, dastur ishchi oynasiga ( keyinchalik matnda IO) o‘rnatish bilan boshlanadi. EWB dasturida qurilmalarning tamoyilli sxemalarini qurishdan oldin qog‘ozda komponentlarning taxminiy joylashishi va qurilmaning tamoyilli sxemasini chizib olish kerak.

2- rasm. EWBning bosh ishchi oynasidа yig‘ilgan sxema Kutubxonalarning 13 ta turi ketma – ket quyidagi tugmalarni bosish



bilan chaqiriladi ( 3- rasm) :


3- rasm. Elementlarni tanlash tugmalari



Buning uchun kursorni kerakli tugmaga olib borib, sichqonchaning chap tugmasi-klavishasini ( keyinchalik matnda SChT ) bosish kerak. Shu vaqtda bu tugmalar pastida yana bitta oyna paydo bo‘ladi.

Elementlarni tanlash tugmalari quyidagicha nomlanadi (4- rasm).

Bu oynada elektron komponentlar va qurilmalarning shartli belgilari tasvirlangan. Quyida ikkinchi va uchinchi tugmani bosganda paydo bo‘ladigan komponentlar guruhi ( “basic” elementlar guruhi va “diodlar” guruhi) keltirilgan (5- rasm).



4- rasm. Elementlarni tanlash tugmalarining nomlari

5- rasm. “Basic” elementlar guruhi va “diodlar” guruhi menyusi Klavishlar (tugmalar) vazifalari (4- rasm) (chapdan o‘ngga):




  1. Download 6,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish