O‘lchashlarni bir vaqtda ishga tushirish
Analog kiritish va chiqarish amallarini bir vaqtda ishga tushirish uchun ularni apparatli yoki dasturiy trigger yordamida inisiyalanadi.
Apparatli triggerdan analog kiritish va chiqarish amallari bajarilganida o‘sha bir kontaktlar PF1 yoki PTSI dan kelgan signal bilan ishga tushiriladi.
Quyidagi diagramma bloki berilgan turdagi trigger ma’lumotlariga ko‘ra, amalni bajarilishini namoyish qiladi (147- rasm).
rasm. O‘lchashlarni bir vaqtda ishga tushirish
Dasturiy triggerdan foydalanganimizda analog kiritish amali PF1 yoki PTSI kontaktlardan tashqi signal yordamida ishga tushiriladi. Analog chiqish amali esa AL Start Trigger ichki signali bilan ishga tushiriladi. AL Start Trigger – ichki signal bo‘lib, ichki chiziq bo‘ylab uzatiladi, u analog kiritish va chiqarish kichik tizimlarini ulaydi. Dasturiy trigger usuli sal aniqroq apparatli trigger usuliga nisbatan, chunki tashqi signal faqat bir bosh chiziq orqali o‘tishi kerak, ikkala tizimga yetishi uchun. Ammo bu kechikish qoidaga ko‘ra, MIO oilasining ko‘p funksiyali qurilmalari ishlaydigan chastotalarda sezilarli emas. Quyidagi diagrammalar bloki ushbu usulni namoyish qiladi (148- rasm).
rasm. Dasturiy trigger usuli
Bu misolda amallar shunday sozlanganki, analog kiritish PF10 kontaktdagi ishga tushiruvchi trigger bilan inisiyalanadi va u VA DAQ mx Trigger yordamida sozlangan bo‘ladi.
Analog chiqish VA DAQ mx Trigger dan ichki triggerni AL Start Trigger bo‘yicha ishga tushiriladi. E’tibor bering, analog chiqish amali analog kirishdan avval bajarishi kerak, shunday holat yuz bermasligi uchun kiritish boshlansin va ichki AL Start Trigger signal jo‘natilgan bo‘lsin, analog chiqish esa ishga tushirish signalini olish uchun tayyor bo‘lmasin.
Bir vaqtda ishga tushirishning boshqa misoli dasturiy triggerdan foydalanish bilan paydo bo‘ladi, shunda analog kirish dasturni chaqirish bilan amalga oshiriladi, apparatli trigger bilan emas. Analogli chiqish oldingi holdagi singari AL Start Trigger ichki signalni yuborish bilan ishga tushiriladi.
Quyidagi diagramma kirish/chiqishni ishga tushirish amallarini to‘liq dasturiy ilovadan foydalanib ishga tushirishni namoyish qiladi (149- rasm).
rasm. Kirish/chiqishni ishga tushirish amali
Barcha amallar bir vaqtda ishga tushirilgan edi, bundan buyog‘iga ular albatta sinxronlashadi. Kirish va chiqish amallari bir – biriga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil chastotalar bilan ma’lumotlarni hosil qilish va yig‘ishga sozlangan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |