4.Odam psixikasining paydo bo’lishi va uning taraqqiyoti
Inson ong egasi bo’lganligi tufayli hodisalarning o’zaro sababiyatlari, bog’lanishlarini va bu bog’lanishlarning natijalarini ochib ola biladi, o’z oldiga muayyan maqsadlar qo’yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko’zradi. Odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya’ni miyaning xossasidir. Shu bilan birga, odam ongini ijtimoiy hayot sharoitiga bog’lagan holda taraqqiy qiladi. Ong insonning eng avvalgi ota-bobosi qurol yasab, mehnat qila boshlagan va shu sababli ijtimoiy hayot kechira boshlagan paytdan e’tiboran paydo bo’lgan.
Odamning eng avvalgi ota-bobolari to’da-to’da bo’lib yashagan. Mehnat jarayonida insonni jamiyatiga yaqinlashtiradi. Odam tashqi tabiatga ta’sir etib va uni mehnati bilan o’zlashtirish jarayonida o’zining tabiatini ham o’zgartirib boradi. Odamning eng avvalgi ota-bobolari mehnat jarayonida qayta tuzilib odam organizmi takomillashia borgan.
Inson ongining taraqqiy qilishida so’zsiz mehnat jarayoni muhim rol o’ynaydi. Avlod-ajdodlarimiz mehnat qilish natijasida o’z ehtiyojlari uchun kerak bo’lgan buyumlarni tabiatdagi bor bo’lgan yog’och, tosh kabilardan yasash natijasida ularning onglari takomillasha borgan.
Barcha kishilar tevarak-atrofdagi dunyoni seza va idrok eta oladilar. Barcha kishilarda xotira va hayol bor, barcha kishilar fikrlaydilar va til vositasi bilan o’zaro aloqa qiladilar. Barcha kishilar turli xislarni ko’ngildan kechiradilar va o’z irodalarini namoyon qiladilar
Odam ongining ayrim tomonlari va funksiyalari tarixan taraqqiy qilib kelgan. Kishilarda faqat ularning o’ziga xos bo’lgan, ehtiyojlar vujudga keldi va taraqqiy etdi.
Ehtiyoj odamning kun kechirishi, yashashi va kamolga yetishi uchvun zarur narsalarning hammasi demakdir.
Odam yashash, hayot kechirish uchun o’z ehtiyojlarini qondirishi lozim. Ehtiyoj hayvonlarda ham bor. Ammo hayvonlarda faqat biologik, tug’ma ehtiyojlar bo’ladi, ovqatlanish, o’z-o’zini himoya qilish, nasl qoldirish ehtiyojlari bor, xolos. Odamda bu biologik ehtiyojlardan tashqari, yana yuksak ehtiyojlar – bilish ehtiyojlari, ijtimoiy, ma’naviy, estetik va boshqa shu kabi ehtiyojlar bor. Bu ehtiyojlar tug’ma ehtiyojlar emas, tarixan taraqqiy etgan. Ijtimoiy zot bo’lgan odamning biologik ehtiyojlari ham tarixiy taraqqiyot jarayonida sifat jihatidan tubdan o’zgargan.
Kishilarning ehtiyojlari ijtimoiy tuzum shakllarining taraqqiyotiga qarab o’zgaradi.
Tarixda odam miyasi taraqqiy etishi bilan birga sezgi ko’ruv, eshituv, tuyg’u organlari, ayniqsa, yuksak kamoltga erishdi. Odam musiqani, nafis suratlarni va boshqa san’at asarlarini drok etishga qodir bo’ldi. Qo’lasosiy mehnat organi bo’lish bilan birga asosiy tuyg’u organi ham bo’lib qoladi. Odamning tarixiy taraqqiyotida uning idroki va xotira faoliyati ham takomillashib va sifat jihatidan o’zgarib turdi. Tashqi dunyodagi narsa va hodisalarni anglarb-bilib, shu bilan birga kengroq va chuqurroq idrok etadigan bo’ldi, o’z faoliyatidagi tajriba mahsulini anglab-bilib esda qoldiradigan va undan anglab-bilib foydalanish qobiliyatiga ega bo’ldi.
Psixikaning yuqori bosqichi faqat insongagina xos bo’lgan, uning eng yuksak darajasi hisoblanmish ongda o’z aksini topmoqda. Ong psixikaning yaxlit tarzda ifodalovchi yuksak shakli hisoblanib, insonda, ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli sifatida yuzaga kelgandir. U ijtimoiy maxsul bo’lishdan tashqari, unga muayyan munosabat bildirish maqsadini ko’zlash, o’zlikni anglash kabilarni namoyon etish imkoniyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |