FANIDAN
SEMINAR MASHG’ULOT ISHLANMASI
PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI VA RIVOJLANISH TARIXI
Psixologiya so‘zining lug‘aviy ma’nosi grekcha psyuxe – jon, ruh, logos – fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi.
Psixika oliy darajadagi materiyaning (miyaning) xususiyati tushunilib, u ob’ektiv borliqni aks ettirilishida namoyon bo‘ladi.
Refleks (lotincha reflexus aks ettirish) organizmning tashqi ta’sirga qonuniy ravishdagi javob reaktsiyasi sifatida talqin qilinib, asab-mushak faoliyatini ob’ektiv tarzda bilish vositasiga aylandi.
Analizatorlar – bu nerv fiziologik apparat bo‘lib, periferiyadagi nerv uchidan (retseptor) sezuvchi nervdan( o‘tkazish yo‘li) va miya qobig‘ining tegishli qo‘zg‘atuvchini qabul qiluvchi sohasidan iboratdir
Psixologiya fanining predmetini – shaxsning psixikasi va uning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.
Psixologiya - odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik hodisalar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |