Pirit – FeS2. Yunoncha «piros» olov demakdir (urganda uchqun chiqadi). Tarkibida Fe – 46,6%, S – 53,4% tashkil etadi. Bulardan tashqari, 10% gacha kobalt, Ni, Hg – 2% atrofida 0,2-0,5% hisobida, ba`zan Cu, As, Zn, Pb, Ti bo`ladi. Nisbatan kamroq miqdorda Au, Sb, Cd, Ge va boshqalar aniqlangan (5-rasm).
5-rasm. Pirit.
Pirit kub singoniyali. Odatda to`g`ri tuzilgan kristallari uchraydi. Ma`danlarda uchraydigan pirit kubik, pentagondodekaedr, ba`zan oktaedr ko`rinishda yuzaga keladi, bulardan tashqari tog` jinslarida xol-xol holda uchratish mumkin. Piritning rangi och mis-sariq, sarg`ish-qo`ng`ir ola-bula bo`lib tovlanadi. Bu metall kabi yaltiroq, qattiqligi 6-6,5, u elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Keng tarqalgan pirit koni miskolchedanli (Urup – Karachay – Cherkesda, Sibay, Gay, Degtyarka, Karabash, Uchali Markaziy Ural). Kolchedan polimetalli (Buryatiya, Orlovsk, Tishinsk, Altay, Jeyran Qozog`iston, Rio-Tinto, Uelva Ispaniya), oltingugurt kolchedanli (rifey-vend jinslardagi (Kareliya, Rossiya) bulardan tashqari, pirit skarn, oltin-sulьfidli, qo`rg`oshin, rux ma`dan konlarida yuzaga keladi.
Albatta, turli genetik konlardagi pirit turining fizik xossalari bilan farqlanadi. Ushbularni e`tiborga olgan holda formatsiya turlarini ajratishda foydalanishi mumkin.
Kobaltin CoAsS. Sinonimi kobalt yaltirog`i ham deyiladi, tarkibida – So – 35,4%, As – 45,3% va S – 19,3%, bulardan tashqari Fe -16% gacha, nikel – 7,7 atrofida kobaltin kubik singoniyali, uning aniq va to`g`ri kristallari: kub, oktaedr, pentagon dodekaedrik shakllari keng uchraydi. Kobalьtinning rangi oq yoki po`latdek kul rang bo`lib, pushtiroq tovlanadi. Temirga boy turlari to`q kulrang va qora bo`ladi. U metall kabi yaltiraydi, qattiqligi 5-6, ancha mo`rt, ulanish tekisligi kub bo`yicha mukammal, elektr tokini yaxshi o`tkazmaydi. Kobaltin – gidrotermal jarayonlar uchun xos mineral bo`lib, kontakt – metasomatik temir konlarida uchraydi.
Kobaltinning sanoatbop minerallari – skarn-metasomatik ma`danlarida (Dashkesan, Ozarbayjon Respublikasi) magnetit, xalkopirit, pirit, sfalerit, molibdenitlar bilan birgalikda yirik uyumlar hosil qiladi. Yuqori haroratli gidrotermal jarayonda yuzaga keluvchi konlarda kobaltin, safflorit, skutterudit, smaltin va boshqalar bilan ko`rish mumkin (Ontario, Kanada, Skuttered Norvegiya, Tunaberg Shveciya).
Do'stlaringiz bilan baham: |