Yillarning nomlanishini eslab qolishimiz kerak:
№
|
Yil
|
Nomlanishi
|
1
|
1991 yil
|
Alisher Navoiy yili
|
2
|
1992 yil
|
Hamshiralar yili
|
3
|
1993 yil
|
Ahmad Yassaviy yili
|
4
|
1994 yil
|
Ulug’bek yili
|
5
|
1995 yil
|
Ma’naviyat va ma’rifat yili
|
6
|
1996 yil
|
Amir Temur yili
|
7
|
1997 yil
|
Inson manfaatlari yili
|
8
|
1998 yil
|
Oila yili
|
9
|
1999 yil
|
Ayollar yili
|
10
|
2000 yil
|
Sog’lom avlod yili
|
11
|
2001 yil
|
Onalar va bolalar yili
|
12
|
2002 yil
|
Qariyalarni qadrlash yili
|
13
|
2003 yil
|
Obod mahalla yili
|
14
|
2004 yil
|
Mexr-muruvvat yili
|
15
|
2005 yil
|
Sihat-salomatlik yili
|
16
|
2006 yil
|
Homiylar va shifokorlar yili
|
17
|
2007 yil
|
Ijtimoiy himoya yili
|
18
|
2008 yil
|
‘Yoshlar yili
|
19
|
2009 yil
|
Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
|
20
|
2010 yil
|
Barkamol avlod yili
|
21
|
2011 yil
|
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
|
22
|
2012 yil
|
Mustahkam oila yili
|
23
|
2013 yil
|
Obod turmush yili
|
24
|
2014 yil
|
Sog’lom bola yili
|
25
|
2015 yil
|
Keksalarni e’zozlash yili
|
26
|
2016 yil
|
Sog’lom ona va bola yili
|
27
|
2017 yil
|
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
|
28
|
2018 yil
|
Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili
|
29
|
2019 yil
|
Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
|
30
|
2020 yil
| Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili |
Ko`rdingizmi, yangi yil bizga qo`shaloq keladi. Biz yangi yilni yangi reja, yangi qadam, yangi orzular bilan qarshi olamiz.
Topshiriq: “Xotira” mashqi qo`llaniladi. Yillarning nomlanishini nechog`liq eslab qolganlar.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
MMIBDO‘: ______________________
Sana:__________
17-mavzu:14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni.(14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan)
Kun shiori: “Yigitlari mard, g`ururli, or-nomusli, bir so`zli yurt - qudratli bo`lur!”
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, Vatan himoyachilariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish.
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari,Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“O`z hayotini armiyasiz tasavvur etolmaydigan, harbiy xizmatni shunchaki ish emas, Vatan va xalq oldidagi muqaddas burch, deb biladigan mard jangchilarimizning og`ir va mas’uliyatli mehnati munosib taqdirlanishi lozim”.
O`qituvchi: Abad qutlug` bo`lsin qo`ygan qadaming,
Yo`ling yoritguchi chiroqman, Vatan
Sarhadingda sergak posboning bo`lay,
Bo`stoning yashnatgan bog`boning bo`lay,
Tepangda tip-tiniq osmoning bo`lay,
Menga suyan, senga tirgakman, Vatan.
“Xalqimizning tinchligi va xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligining mustahkam qalqoni bo`lmish armiyamiz har jihatdan qudratli, qurol-yarog` va harbiy mahorat borasida hech kimdan kam bo`lmasligi lozim. Albatta, bu juda muhim masala. Lekin armiyaning kuch-qudratini to`la namoyon etish uchun avvalo harbiylarimiz, askar va ofisterlarimiz- Vatan va xalq o`z xavfsizligini ishonib topshirgan mard o`g`lonlarimizning ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish eng dolzarb vazifamizga aylanishi darkor. Toki ular mana shu keng dalalar, qadrdon qir-adirlar, musaffo osmon, shu go`zal hayotni o`zi va oilasi, kelajak avlodlar uchun ham beg`ubor va boqiy saqlashga mas’ul ekanini teran his eta olsin ”.
Topshiriq: “AJIL” (amaliyotda jamoaviy ijodiy ishlar) texnologiyasi
Texnologiyaning maqsadi: O`quvchilarda ijodiy faoliyat malakalarini va jamoaviy ijodiy ishni tashkil etish ko`nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy ishning turli shakllarini bilishga ko`maklashish.
Mashg`ulot o`tkazish tartibi: O`qituvchi mashg`ulot boshida mavzu bo`yicha suhbatlashadi va ularga quyidagicha mavzuni tanlash imkonini beradi:
“Vatan himoyachilari”
O`qituvchi kirish so`zidan so`ng “Aqliy hujum” uslubidan foydalangan holda, o`quvchilar tomonidan aytilgan barcha erkin fikrlarni, mulohaza va g`oyalarni vatman qog`ozga yoki o`quv xonasining taxtasiga yozib boradi.Birgalikdagi muhokamadan so`ng o`quvchilar suhbatning yagona reja-loyihasini tasdiqlaydilar. Ushbu tuzilgan reja-loyiha kichik jurnal, ya’ni o`ziga xos og`zaki jurnal sahifalariga o`xshashligi uchun o`qituvchi ushbu suhbatni – “og`zaki jurnal” deb nomlashni taklif etadi va o`quvchilardan ushbu og`zaki jurnalga va uning har bir sahifasiga nom berishlarini so`raydi.
O`qituvchi guruhlarga bu o`ziga xos jurnalni ko`rib chiqishni, har bir sahifaga va jurnalga umumiy nom berilishi kerakligini taklif etadi.
Keyin guruhlarga bitta sahifani tanlash imkoniyati beriladi, har bir guruh o`zlari tanlagan sahifaning mazmunini ochib berish uchun tayyorgarlikni boshlaydi.
Tayyorgarlik uchun aniq 15 daqiqa vaqt beriladi.Tayyorgarlik vaqtida guruhlar o`zlari tanlagan sahifa mazmunini yoritish usullari, shakllari, ijrosini va qanday qilib taqdimot qilish yo’llarini aniqlaydilar, vazifalarni bajarish uchun tayyorgarlikni boshlaydilar.
“Vatan himoyachilari” mavzusidagi og`zaki jurnal sahifalari quyidagicha nomlanishi mumkin:
Sahifa. Vatan himoyachilari vizitkasi (tavsifnomasi, emblemasi, shiori, kasb yo`nalishi, qisqacha tarixi va boshqalarni – adabiy kompozitsiya).
Sahifa. Qurolli Kuchlar (ko`rgazma) hayoti va faoliyati haqida.
Sahifa. Askarlari baquvvat yurt – qudratli bo`lur.(maqol, sahna ko`rinish).
Sahifa. Harbiylar uchun keng imkoniyatlar.(dalillar bilan)
Sahifa. Biz Vatan himoyachilari (kelajakda amalga oshirmoqchi bo`lgan ishlar).
Guruhlar tomonidan tayyorlangan chiqishlar va namoyish etishlar yuqorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Guruhlarning chiqishlari ketma-ketlik bilan bir-biriga bog`langan holda amalga oshiriladi, iloji boricha guruhlarning namoyishida barcha guruh a’zolarining ishtiroki ta’minlanishi maqsadga mufoviq bo`ladi.
Guruhlar namoyishidan so`ng, o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda guruhlar tomonidan namoyish etilgan sahifalarning ijobiy va salbiy tomonlarini muhokama qiladilar, ushbu mashg`ulot ularni nimalarga o`rgatgani va ular nimalarni bilib olishgani bilan qiziqadi. O`qituvchi kerakli tavsiyalar va tushunchalar beradi, so`ngra mashg`ulotni yakunlaydi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |