3,5 dyuymli disketalar
Disketalar ehtiyotlik bilan foydalanishni talab etadi. Ularning asosiy dushmanlari magnit
maydondir.
Qattiq disklar (Hard Disk Drive) - ko‘p hajmli axborotlarni saqlash, tashishi uchun
foydalaniladi. Hozirgi kunda ularnig turli hajmlilar yaratilgan va jamiyatda keng foydalanib
kelinmoqda.Qattiq disklardan biri SHKning doimiy xotirasi - "Vinchester" bo‘lib
hisoblanadi. NDD (Hard Disk Drive) - qattiq disk yoki "vinchester" kompyuterdagi:
operatsion tizim, programmalash translyatorlari va tillari, matn va grafik muxarrirlar,
drayverlar, dasturiy ta’minotlar, dasturlar, fayllar va boshqalarni doimiy saqlaydi. IBM RS
turidagi barcha kompyuterlarda "vinchester" mavjud bo‘ladi. "Vinchester" kompyuterdagi
bor qurilmalar (operativ xotiradan tashqari) ichida ma’lumotni eng tez yuqori ko‘zgalish (7-
20 millisekund) va o‘qish-yozishni 5Mbaytgacha tezligini ta’minlaydi.
Kompyuterdan foydalanuvchi "vinchester"ni asosan uch parametriga qarab aniqlab oladi,
bular: sigim, tezlik, interfeys. "Vinchester" sig‘imini - qattiq diskka joylashtirish mumkin
bo‘lgan ma’lumot miqdori belgilaydi. Eng birinchi IBM RS kompyuterlarida qattiq disk
sig‘imi 5 Mbayt bo‘lgan bo‘lsa, xozir 100 Gbaytdan 200 Gbaytgacha, xattoki 500-1000
Gbaytga etdi. 1-2 Gbaytli qattiq xotira eskirgan xisoblanib, umuman ishlab chiqarishdan
olingan. Hozirgi vaqtda qattiq diskning minimal miqdorini 40 Gbaytga etkazilgani ma’lum.
"Vinchester" tezligi ko‘zgalish va ma’lumotlarni o‘kish-yozish bilan xarakterlanadi. Bu
xarakteristikalarni avtomobilning ko‘zgalish va eng yuqori tezlanishiga qiyoslash mumkin.
Ko‘p kompyuterlarda diskdagi ko‘zgalish 1 - 12 ms yoki undan xam tez, yangi disklarda 7-8
ms ga teng. Diskda o‘kish-yozish tezligi faqat diskka emas, kontroller, shina turi, protsessor
tezligiga ham bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi zamon kompyuterlarining arzon variantlari uchun
tezlik 256 - 512 Mbaytni, qimmatroqlarida tezlik 2-4 Gbaytni tashkil etadi. "Vinchester"lar
asosan IEDE turidagi interfeys bilan kontrollerga ulangan (Kontrollerning markasi ham
IEDEdir). Amalda ishlab chiqarilayotgan barcha kompyuterlar ona platasida tikilgan IEDE
kontrolleriga ega. Aytish lozimki - IEDE kontrolleri to‘rttala qurilma - qattiq disk, egiluvchi
disketa qurilmasi, strimer, bundan tashqari kompakt disklar uchun qurilma va boshqalarga
ishlatiladi. Eski kompyuterlarda IDE kontrolleri (IEDEning avvalgi varianti) bo‘lgan.
Nisbatan ancha sekin ishlaydi va 528 Mbaytdan ortiq hajmdagi qattiq diskni qabul qila
olmaydi. Lokal tarmoqlarining serverlarida va boshqa unumdorligi yuqori, narxi qimmat
kompyuterlarda esa disk uchun SCSI interfeysi ishlatiladi. Bu holda SCSI kontrolleri ona
platada bo‘lishi ham zarur. Mazkur kontroller avvalgi IEDE ga nisbatan bir necha marta
qimmatdir, tezligi yuqori, 4 emas 7 qurilmaga (xattoki 15 yoki 31 dona bo‘lishi mumkin)
xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |