12-Mavzu:Mikroprosessorli xotira
Reja:
1)Shaxsiy kompyuterning xotira turlari
2)Mikroprosessorli xotira
3)Mikroprosessorli xotira qurilmasi
Xotira – har bir axborot so`zini saqlovchi joy xizmatini o`tovchi yacheykalar
majmuasidir. Son yoki buyruq qiymatini saqlash uchun xotira yacheykasi ajratiladi. Xotiraga
so`zni yozish uchun shu so`z saqlanishiga ajratilgan yacheyka adresi ko`rsatilishi lozim.
Barcha komp’yuterlar tuzilishi Fon Neyman printsipiga asoslangan to`rt qismdan iborat va
ularning bir qismi xotira deb aytiladi. Xotira ma`lumot va programmalar saqlash uchun
xizmat qiladi.
Shaxsiy kompyuterlar xotiraning 4 ta ierarxik darajasiga ega:
• mikroprosessorli xotira (MPX);
85
• registrli kesh-xotira;
• asosiy xotira (AX);
• tashqi xotira (TX).
Ko’rsatilgan xotira tiplarining ikki muhim tavsifi xotira sig’imi va uning tezkorligi. Birinchi
uchta tipdagi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi ularga murojaat qilish vaqti (t
mur
) bilan
o’lchanadi, tashqi eslab qoluvchi qurilmalarning tezkorligi esa ikkita parametr bilan:
murojaat qilish vaqti (t
kid
) va o’qish tezligi (V
o’qish
) bilan o’lchanadi.
T
mur
- malumotlarni qidirish, o’qish va yozish vaqtlari yig’indisi;
t
kid
- yig’uvchida (tashuvchi) malumotni qidirish vaqti;
V
o’qish
- axborotning yonma-yon baytlarini ketma-ket (transfer) o’qish tezligi.
Umumiy qabul qilingan qisqartirishlarni eslatib o’taniz: sekund, ms - millisekund, mks -
mikrosekund; 1 s=10
3
ms=10
6
mks=10
9
ns.
Mikroprosessorli xotira - xajmi katta bulmagan, lekin uta yukori tezlikdagi xotira
kurilmasi. Mikroprosessorli xotiradan axborotni ukish yoki yozish vakti nanosekundlarda
ifodalanadi. Mikroprosessorli xotira kiska vaktda axborotni saklashga muljallangan.
Mikroprosessorli xotira mashinaning tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, chunki asosiy
xotira xar doim xam yozish, saklash, kayta ishlash operatsiyalarini tez ishlaydigan
mikroprosessorning samarali ishlashini ta’minlamaydi. Mikroprosessorli xotira tezkor
registrlardan tashkil topgan. Turli mikroprosessorli xotiralarda registrlar soni xar xil bo’ladi.
Mikroprosessor registrlari 2 ga bulinadi: maxsus va umumiy.Maxsus registrlar turli xildagi
adreslarni, shaxsiy kompyuterning ish rejimlarini, amallarni bajarish belgilarini saklaydi.
Umumiy registrlar universal xisoblanadi va ixtiyoriy axborotni saklay oladi. Lekin ularning
ba’zilari kator protseduralar bajarilishi paytida ishlatilishi kerak.
Mikroprosessorli xotira (MPX) - unchalik katta
bo’lmagan, lekin o’ta tezkor xotiradir (MPX ga murojaat qilish
vaqti, ya’ni bu xotiradan ma’lumotlarni o’qish, qidirish yoki
yozish vaqti nanosekundlar - mikrosekundning mingdan bir
ulushlari bilan o’lchanadi).
U mashina ishlashining yaqin taktlarida hisoblashlarda
qatnashadigan ma’lumotlarni qisqa vaqt saqlash, yozish yoki
berish
uchun
mo’ljallangan;
mikroprosessorli
xotira
mashinaning yuqori tezkorliligini ta’minlash uchun ishlatiladi,
negaki
asosiy
xotira
(AX)
tez
harakat
qiladigan
mikroprosessorni samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirish, o’qish va
yozish tezligini har doim ham ta’minlay olmaydi.Mikroprosessorli xotira razryadliligi
mashina so’zidan kam bo’lmagan tez harakat qiladigan registrlardan tashkil topgan.
Registrlarni soni va razryadliligi turli mikroprosessorlarda turlicha: 8086 MP da 14 ta ikki
baytli registrlardan to Pentium mikroprotsesoridagi turli uzO’nlikdagi bir nechta o’nlab
registrlargachadir.
Mikroprosessor registrlari umumiy vazifali va maxsus registrlarga bo’linadi.
Maxsus registrlar turli adreslarni (xotira segmentlarining adreslari - A
segm
, xotira
yacheykalarining segmentlar ichida siljish adreslari - A
baza
, A
qayd
, A
sil
buyruqlar va b.),
amallarni bajarilish natijalari va SHK ning ish rejimlari belgilarini (masalan, bayroqchalar
registri) saqlash uchun ishlatiladi.
86
Umumiy vazifali registrlar universal hisoblanadi va istalgan ma’lumotlarni saqlash uchun
ishlatilishi mumkin, lekin ularning ba’zilari bir qator jarayonlarni bajarishda albatta
ishlatilgan bo’lishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |