Biokimyoviy xususiyatlari. Str. Pneumoniae uglevodlar- glyukoza, laktoza, saxaroza,salisin, inulin, maltozani parchalaydi. Jelatinani eritmaydi, indol hosil qilmaydi, sutni ivitmaydi. Patogen pnevmokokklar o’t suyuqligi, o’t tuzlarida eriydi.
Chidamliligi tuproq, go’ng va molxonalarda streptokokklar 3-4 haftada o’ladi,quyosh nurlari va qurish ularga kuchli ta’sir qiladi. Dezinfeksiolovchi eritmalar ularni 1-2 daqiqada o’ldiradi.
Patogenezi. Virulentli diplokokklar respirator organlar, hazm trakti, bachadon shilliq qavatlari yoki yelinga kirganda zaharli moddalar ajratadi va fagositozga salbiy ta’sir etadi. zaharli moddalar tomirlarning o’tkazuvchanligini orttirishi natijasida to’qimalar shishadi va qon quyilishlar paydo bo’ladi. Diplokokklar qonda ko’payib septisemiya paydo qiladi, yosh hayvonlarning o’lishiga sabab bo’ladi. Antigen tuzilishi. Agglyutinasiya reaksiyasida aniqlanadigan bir necha tip pnevmokokklar farqlanadi. Kimyoviy tuzilishi va antigen xususiyatlari bilan farq qiluvchi umumiy proteinli guruhli antigen va tipli maxsus kapsu lali polisaxaridlar aniqlangan.
Immunitet - diplokokkli infeksiyalarda asosan antitoksinli bo’lib, mikroblar tashqi muhitga ajratadigan uning kapsulasi va sitoplazmasi tarkibidagi toksinlarga qarshi ta’sir qiladi.
Diagnozi. Kasal hayvonlardan ularning ajratmalari, qon olinadi.O’lgan hayvon jasadi yoki o’pka, taloqning zararlangan joyidan bo’lakchalar, qon, yiring olinadi. Labaratoriyada mikroskopiya, bakteriologiya, biosinov usullarida tekshiriladi.
Biopreparatlar. Diplokokkga qarshi formolvaksina, zardob ishlatiladi. Vaksina yoki giperimmun zardob tayyorlash uchun buzoq, qo’zi va cho’chqa bolalaridan ajratilgan uchta immunogen shtammlar ishlatiladi. Davolash uchun zardob yosh hayvonlar mushagi orasiga 0,5-1 ml/kg dozada yuboriladi. Antibiotik (penisillin, streptomisin) bilan zardob birga qo’llansa samaradorligi yaxshi bo’ladi.
3-savol. Biopreparatlar
Biopreparatlar stafilokokkli surunkali jarayonlarda qo’llaniladi. Autovaksina- bu kasal organizmdan ajratilgan agarli mikrob kulturasini 70-75oC da 1-1,5 soat qaynatilgan suspenziyasidir.Mahalliy antivirus- stafilokokkning 2-3 haftali bulonli kulturasining filtrati va stafilokokkli bakteriofag ishlatiladi.
Bir tuyoqli yosh hayvonlarning yuqumli soqov kasalligiga biopreparatlar ishlab chiqilmagan. Davolash uchun antibiotiklar qo’llaniladi.
Yuqumli mastitga kasalligiga biopreparatlar ishlab chiqilmagan.
Yosh hayvonlarning streptokokkli kasalliklarining oldini olish uchun diplokokkga qarshi formolvaksina, zardob ishlatiladi.
Vaksina yoki giperimmun zardob tayyorlash uchun buzoq, qo’zi va cho’chqa bolalaridan ajratilgan uchta immunogen shtammlar ishlatiladi. Ular reaktorlarda oziq muhitlarda o’stiriladi va formalin bilan zararsizlantiriladi. Zardob tirik diplokokk kulturasi bilan buqalarni giperimmunlash yo’li bilan tayyorlanadi.
Buzoq, qo’zi va cho’chqa bolalari diplokokkli septisemiyasiga qarshi vaksina ulardan ajratilgan S.Pneumoniae shtammidan tayyorlanadi. Kultura yarim suyuq agarda o’stiriladi, formalinning 0,4% li eritmasi kuchsizlantiriladi, sterillik, zararsizlik (dengiz cho’chqalarida), faollikka (oq sichqonlarda) tekshiriladi.
Paratif, pasterellyoz va diplokokkli septisemiyaga qarshi assosiirlangan (polivalent) vaksina tarkibida Pasteurella multocida va Salmonella choleraesuis dan tashqari S. pneumoniya ning bakterial massasi ham bor.
Davolash uchun zardob yosh hayvonlar mushagi orasiga 0,5-1 ml/kg dozada yuboriladi. Antibiotik (penisillin, streptomisin) bilan zardob birga qo’llansa samaradorligi yaxshi bo’ladi.
Diplokokkga qarshi formolvaksina, zardob ishlatiladi. Vaksina yoki giperimmun zardob tayyorlash uchun buzoq, qo’zi va cho’chqa bolalaridan ajratilgan uchta immunogen shtammlar ishlatiladi. Davolash uchun zardob yosh hayvonlar mushagi orasiga 0,5-1 ml/kg dozada yuboriladi. Antibiotik (penisillin, streptomisin) bilan zardob birga qo’llansa samaradorligi yaxshi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |