4.Viruslar haqida tushuncha.
Viruslar – ultramikroskopik, faqat
hujayra ichida ko‘payishiga moslashgan, obligat mikroorganizmlar bo‘lib
o‘simlik, hayvon, inson hatto sodda hayvonlar va boshqa mikroorganizmlarda
ham kasallik qo‘zgatadilar. Viruslarni 1892 yilda D.I.Ivanovskiy ochgan.
Viruslar bakteriologik filtrdan ham o‘tadi, hujayraviy tzilishiga ega emas,
o‘sishga va binar bo‘linishiga qobiliyatsiz, maxsus modda almashinuvi
sistemasiga ega emas, faqatgina bitta nuklein kislota RNK yoki DNK bor
xolos. Viruslar ham tayoqchasimon, ipsimon, sferik, kubsimon, to‘gnagich
shaklida bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |