Microsoft Word янги урта масофа


  MASHG’ULOTLARNI DAVRLARGA BO’LIB CHIQISH



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/58
Sana20.07.2021
Hajmi1,8 Mb.
#124348
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58
Bog'liq
yengil atletika orta va uzoq masofalarga yuguruvchilar uchun murabbiyining kasbiy-pedagogik faoliyati

3.1.  MASHG’ULOTLARNI DAVRLARGA BO’LIB CHIQISH 
 
Yuguruvchilarning  mashg’ulotlari  o’z  navbatida,  to’rt  yilga 
rejalashtiriladi.  Ushbu  davr  davomida  yirik  halqaro  musobaqalar  – 
Olimpiada  o’yinlari, Mintaqalar  miqyosidagi  birinchilik  va  boshqalar 
o’tkazilishi takrorlanadi. 
Hozirgi  vaqtda  ko’p  yillik  mashg’ulotlarni  rejalashtirishning 
asosini  mashg’ulotlarning  yillik  stikli  tashkil  qiladi.  U  boshlovchi 
sportchilarga  boshlang’ich  musobaqalarda  ishtirok  etish  uchun  talab 
qilinuvchi sport formasiga kirish imkonini beradi, shuningdek voyaga 
etgan  sportchilarda  esa  –  yangi,  nisbatan  yuqori  darajadagi  sport 
formasiga  kirish  uchun  mavjud  asoslarni  qayta  tiklash  va  yaxshilash 
imkonini yaratib beradi. Mashg’ulotlarning yillik stikli quyidagi uchta 
davrga ajratiladi: tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davri. 
Mashg’ulotlarning tayyorgarlik davri – bu nisbatan davomiylikda 
amalga  oshadi.  U  olti  oyga  cho’ziladi:  ya’ni,  noyabr  oyidan  aprel 
oyigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Yuqori sport razryadiga ega 
bo’lgan  sportchilar  uchun  musobaqalar  oktyabr  oyining  oxirlari  va 
noyabr oyining boshlarida yakunlanadi, u dekabr oyida boshlanishi va 
iyun oyida tugallanishi ham mumkin. 
Tayyorgarlik davrining oxirida yuguruvchi sport formasiga kirishi 
talab  qilinadi,  ya’ni  may  –  iyun  oylarida  amalga  oshiriluvchi  asosiy 
musobaqalarga  tayyor  bo’lishi  kerak.  Sport  formasiga  erishish  ikkita 
bosqichda  amalga  oshiriladi.  Birinchi  bosqich,  ya’ni  umumiy 
tayyorgarlik  bosqichi  to’rt  oy  davomiyligiga  ega  bo’lib,  bunda  yosh 
yuguruvchilarning  sport  formasiga  kirishlari  uchnu  boshlang’ich 
asoslar  yaratiladi,  tajribali  sportchilar  uchun  esa  sport  formasining 
qayta  tiklanishi  va  takomillashtirilishi  amalga  oshiriladi.  Ushbu  vaqt 
davomida 
asosiy 
sifatlarning  – 
kuch,  tezlik 
va  umumiy 
chidamlilikning  rivojlanish  darajasini  oshirishga  qaratilgan  katta 
hajmda turli xildagi jismoniy mashqlar qo’llaniladi. 
Etakchi  sportchilar  tomonidan  to’plangan  tajriba  va  maxsus 
amalga  oshirilgan  tadqiqotlar  natijalari  ko’rsatishicha,  umumiy 
jismoniy  tayyorgarlik  uchun  ushbu  bosqichda  umumiy  mashg’ulotlar 
vaqtining  60–75%gacha  qismini  ajratish  maqsadga  muvofiq 
hisoblanadi. 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 51 ~ 
 
Ikkinchi,  maxsus  tayyorgarlik  bosqichida  yuguruvchilar  sport 
formasiga  kirishi  amalga  oshiriladi.  Bu  mashg’ulotlar  mashqlarining 
intensivligi 
darajasi 
oshirilishi, 
maxsus 
chidamlilikning 
rivojlantirilishiga  yo’naltirilgan  yugurishlar  va  maxsus  mashqlarning 
solishtirma  ulushi  oshirilishi  (60–75%gacha)  orqali  erishiladi. 
Ikkinchi bosqichning davomiyligi ikki oyni tashkil qiladi. 
Tayyorgarlik  davrining  birinchi  bosqichida  (noyabr  –  fevral 
oylari)  asosiy  vazifa  –  umumiy  chidamlikni  rivojlantirishdan  tashkil 
topgan  bo’lib,  bunda  uning  ko’rsatkichi  sifatida  tinch  holatda  puls 
chastotasining  sezilarli  darajada  susaytirilishi  (minutiga  50  marta 
urishgacha  va  undan  kamroq)  qayd  qilinadi.  Asosiy  vosita  –  sekin 
yugurish,  davomiyligi  asta  –  sekin  oshirib  boriluvchi  yugurishdan 
tashkil topadi. 
Ikkinchi  bosqichning  (mart,  aprel)  asosiy  vazifasi  –  bu  umumiy 
va 
maxsus 
chidamlilikni 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish 
hisoblanadi.  Asosiy  vosita  –  asta  sekin  tezlik  oshiriluvchi  va  turli  xil 
umumiyliklardagi  interval  va  takroriy  yugurishlar,  nazorat  yugurish 
(tahminiy chamalab) va musobaqalar hisoblanadi. 
Tahminiy chamalab va musobaqalar (oyiga 1 – 2 marta) hajmiga 
ko’ra  katta  hisoblangan  mashg’ulotlar  ishlari  fonida  amalga  oshirilib, 
bunda navbatdagi 2 – 3 kun davomida biroz kamaytirilish qo’llaniladi. 
Aprel oyi davomida amalga oshiriluvchi mashg’ulotlar tavsiflari ham 
mart oyidagi kabi ko’rinishga ega bo’lib, faqat bunda zal sharoitidagi 
umumiy  jismoniy  tayyorgarlik  mashqlaridan  ochiq  havoda  amalga 
oshiriluvchi  mashqlariga  o’tiladi.  Interval  yugurishlar  uzoq  masofali 
kesimlar  bo’ylab  yugurish  mashqlari  bilan  tarkibiy  jihatidan 
to’ldiriladi. 
Mart  va  aprel  oylari  davomida  fevral  oyiga  nisbatan 
solishtirilganda  mashg’ulotlar  ishlari  20  –  30%gacha  kamaytiriladi, 
yugurishlar tezligi esa o’sib borishda davom ettiriladi. 
Musobaqalar  davri  may  –  iyun  oyida  boshlanib,  sentyabr 
oyigacha  davom  ettiriladi,  kuchli  yuguruvchilar  uchun  oktyabr  oyida 
ham amalga oshiriladi. May – iyun oyidagi asosiy belgilangan vazifa 
–  tayyorgarlik  davrida  o’zlashtirilgan  sifatlarni  sintezlash,  sport 
formasini  mustahkamlash,  yuqori  darajada  mashq  qilganlik  holatiga 
erishish  hisoblanib,  navbatdagi  oylar  davomida  esa  –  sport  formasini 
yanada takomillashtirish  va  maksimal  darajada  yuqori  sport  natijalari 


O’RTA VA UZOQ MASOFALARGA YUGURUVCHILAR UCHUN MURABBIYINING KASBIY-PEDAGOGIK FAOLIYATI 
~ 52 ~ 
 
ko’rsatkichlariga erishishga intilish vazifasi belgilanadi. Bunda asosiy 
vazifa  –  yugurish  yo’lagi  va  ochiq  joyda  rejalashtirilgan  natijalar 
uchun  talab  qilingan  tezlikda  turli  xil  umumiyliklarda  takroriy  va 
o’zgaruvchan  yugurishlardan  tashkil  topadi.  Ko’pgina  yuguruvchilar 
uchun  mashg’ulotlar  ishlari  hajmi  nisbatan  pasaytiriladi  va  oldin 
erishilgan  maksimal  hajmning  60  –  70%  ulushini  tashkil  qiladi. 
Qo’shimcha mashqlarni ham o’z ichiga oluvchi mashg’ulotlar miqdori 
bitta – ikkitaga kamaytiriladi. 
May  oyi  davomida  mashg’ulotlarning  bir  qismi  stadion  yugurish 
yo’lakchasida  yoki  ochiq  joyda  amalga  oshiriladi,  bu  holat  bevosita 
yugurish  tezligini nazorat  qilish imkonini  beradi.  Navbatdagi  oylarda 
mashg’ulotlar  mashqlari  miqdori  ochiq  joyda  oshirib  boriladi  va  800 
metr  masofaga  yuguruvchi  sportchilar  uchun  bu  mashqlarning  ulushi 
40  –  50%ni,  1500  metr  masofaga  yuguruvchilar  uchun  esa  –  60  – 
80%ni tashkil qiladi. 
Agar,  tayyorgarlik  davri  davomida  barcha  musobaqalar  o’quv 
mashg’ulotlari  sifatida  qaralsa,  musobaqalar  davri  davomida  esa 
kamida 2–3 ta musobalar o’tkaziladi, shuningdek kuchli yuguruvchilar 
uchun 3–4 ta musobaqa tashkil qilinib, bu yil davomida bosib o’tilgan 
butun  ishlarning  yakuniy  natijalarini  qarab  chiqish  imkonini  berishi 
talab  qilinadi.  Ushbu  nisbatan  ma’suliyatli  musobaqalar  bilan 
birgalikda har haftalik 3–5 ta turli xil masofalarga start yugurishlari va 
nazorat  yugurishlari  tashkil  qilinadi.  Ma’suliyatli  musobaqalar 
qanchalik 
yaqin 
qolgan  bo’lsa, 
amalga 
oshiriluvchi 
sinov 
musobaqalari  va  nazorat  yugurishlar  musobaqalari  shunchalik  qisqa 
qilib  belgilanadi  yoki  aksincha.  Har  bir  asosiy  musobaqa 
yaqinlashtiruvchi musobaqalar ma’lum bir belgilangan vazifalarni hal 
qilishga  qaratilishi  talab  qilinadi,  ya’ni  u  yoki  bu  darajadagi  kuch, 
taktik  usular,  tezkorlik  va  marra  chizig’iga  yaqinlashishda  oldinga 
tashlanish davomiyligi va hakozo holatlarga e’tibor qaratilishi kerak. 
3 – jadval  

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish