O’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga talablar
"Soliq nazariyasi" fanidan seminar va amaliy mashg’ulotlar o’tkazilishi
mo’ljallangan holda, laboratoriya mashg’ulotlari o’tkazish ko’zda tutilmagan. Seminar va
amaliy mashg’ulotlarda ma’ruzada o’rganilgan mavzular yuzasidan savol-javob
tariqasida bahs-munozaralar o’tkaziladi. Bu munozaralarda talabalarning faol ishtiroki
ta’minlanadi.
Amaliy, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari bo’yicha bajariladigan ishlarning minimal
miqdoriga talablar
O’quv dasturida keltirilgan amaliy (seminar) mashg’ulotlarining mavzularidan
talabalar tegishli tartibda tanlab olib, bu mavzular bo’yicha referatlar va mustaqil ishlar
tayyorlashlari hamda amaliy mashg’ulotni olib boruvchi o’qituvchi nazoratida
tayyorlangan ishlar yuzasidan og’zaki suhbatdan o’tishlari lozim. Ushbu talablar amaliy
mashg’ulotlar mavzularidagi yulduzcha bilan ajratib ko’rsatilgan kichik mavzular
bo’yicha talabalarning to’liq o’zlashtirishlarini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |