Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
193
— Uzrimni qabul eting, afandim,— dedi doktor Xudoyor.— Aytilajak omonat gapim 
Asadbek janoblarining o‘zlarigagina atalgani sababli ul janobning ahli ayollariga 
aytmoqni lozim topmadim. Ammo bilingizkim, xavotir olmog‘ingizga aslo asos yo‘qtur. 
Aytajak gapimning ma’nosi xayrli kechajakdir. Asadbek janoblari lutf qilib buraya 
kelsalar edi, cho‘x go‘zal bo‘lurmi edi, afandim. Mening-da safarim uch kundan so‘ng 
xalos bo‘lajak. 
— O‘zbekistonga kelmaysizmi? 
— Oh, O‘zbekiston qalbimdadir, ammo bormog‘imga ijozat yo‘qtur. Afsuslar chekurman. 
Chuvrindi bu gapdan so‘ng ezmalanib o‘tirmadi. Bugun yoki ertaga yetib borajaklarini 
ma’lum qilishi bilan u tomonda go‘shak joyiga ilindi. Chuvrindi doktor Xudoyorning 
kimligini bilmasa-da, uning Ovrupo odatlari ruhida tarbiya topgan o‘zbeklardan ekanini 
fahmladi. Chuvrindi yana Kesakpolvonga qo‘ng‘iroq qilib, Olmoniyadan kelgan 
vatandoshning yurtga kelishi uchun ijozat olish mumkinmi yo yo‘qmi ekanini aniqlashni 
topshirdi. Kesakpolvon buni Asadbekning topshirig‘i sifatida qabul qilib, ishga hoziroq 
kirishajagini aytdi. Tun yarmidan oqqan bo‘lishiga qaramay, Chuvrindi Kozlovga ham 
qo‘ng‘iroq qildi. Bularning olamida tunmi, kunmi, odam xastami yo sog‘mi— farqi yo‘q, 
zarur gap chiqdimi, telefon qilinadi yo izlab topiladi. «Sen meni tunda uyqumni buzding» 
yoki «xastaligimda bezovta qilding» degan gaplar bo‘lmaydi. Chuvrindining mezbonga 
bemalol qo‘ng‘iroq qilishi shu yozilmagan qoida asosida edi. 
Kozlov ovoz berib, bir esnab olgach: «Eshityapman, gapiravering», dedi. Chuvrindi 
doktor Xudoyorni O‘zbekistonga kelishi uchun ruxsat olish masalasini hal etish 
mumkinmi, deganda «no‘ problem», deb gapini kalta qildi. 
Tongga yaqin avval Kesakpolvon, so‘ng Kozlov qo‘ng‘iroq qilishib bu masalani yechish 
aslo mumkin emasligini aytishdi. 
— Moskvada turganining o‘zi katta gap ekan,— dedi Kozlov.— Bunaqa siyosatga 
aralashmaganinglar ma’qul. Ularning hisob-kitoblariga bizning tishimiz o‘tmaydi. 
— Unda bugunoq Moskvaga uchishimiz kerak. 
— Yaxshi, uch kishiga buyurib qo‘yaman. 
— Moskvaga Bek akam bilan uchamiz. Jalil akani uyiga yuboramiz. 
— No‘ problem. Mahmud, bilib qo‘y, kecha vrach bilan gaplashdim. Asadning kasali 
jiddiy. Yaxshi davolanmasa uzoqqa bormasligi mumkin, degan taxminlari bor. Moskvada 
olib qolib, o‘sha yerda davolash kerak. Men u yerdagi odamlarimga tayinlab qo‘yaman. 
Ish jadallashib ketdi. Uch soat deganda Chuvrindi bilan Asadbek tushgan tayyora 
Moskvaga qarab uchdi. Jalilni esa Kozlovning yigitlari peshindan so‘ng kuzatadigan 
bo‘lishdi. Jalil tungi qo‘ng‘iroqlardan bexabar, do‘stining «tuzalib qolganidan» mamnun 
bo‘lib, «bularning Maskovda bitadigan ishi bordir, xira pashshaday yuramanmi 
orqalaridan» deb uyga yolg‘iz qaytishga ko‘ndi. 
Asadbek o‘zini bir don cho‘qib, bir atrofga xavotir bilan alanglab qo‘yadigan musichaga 
qiyos qilardi. O‘g‘illarim o‘zimga o‘xshab umr bo‘yi qil ko‘prik ustida yashashmasin, deb 
bolaliklaridan o‘qishlariga jiddiy e’tibor berdi. Yuqori sinfga chiqishgach, qo‘shimcha 
muallimlar yolladi. O‘g‘illarini sira ham o‘zining ishlari, tashvishlariga yaqinlashtirmadi. 
Oldinma-keyin maktabni bitirgan o‘g‘illarining Moskvada o‘qishlarini istadi. So‘ng, 
Germaniyaga borib o‘qish imkoni tug‘ilgach, hech ikkilanmay jo‘natdi. Manzuraning 
xavotirlariga ham, injiqliklariga ham parvo qilmadi. 
Bolalarini ikki yildan beri ko‘rmagan edi. Bu yozda ta’tilga kelishlarini kutayotgandi. 
Doktor Xudoyorning kutilmagan tashrifi, garchi u xayrli gapni va’da qilgan bo‘lsa-da, 
Asadbekning tinchini olgan edi. Xastalik sababmi yo ikki yillik sog‘inchmi, uning halovati 
buzilgandi. 
Ertalab Chuvrindidan voqeani eshitgach, doktor Xudoyorga o‘zi qo‘ng‘iroq qilmoqchi 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish