Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
o‘xshagan yigitlar ko‘p, shundan xursandman. Lekin orangizda yosh Xolidiylar yo‘qmi? 
Ularni yanchib tashlay olasizmi? Savolimga hozir javob qaytarmang, javobni vaqt beradi. 
Azizim, siz bahsni yaxshi ko‘rasiz, bilaman. Sizdan o‘tinchim bor: bugun bahslashmaylik. 
Undan ko‘ra, siz kelmay turib o‘qigan yana bir rivoyat bayonini aytib beray: Luqmoni 
hakim bilan ilon bahsini eshitganmisiz? 
— Yo‘q. 
— Tinglang, ajoyib rivoyat: xullas, Luqmoni hakim yo‘lda borayotsalar bir uydan nola 
eshitilibdi. Kirsalar, xasta odam og‘riqlarga chidayolmay dod der emish. Tabiblar kelib, 
uni bugun-erta o‘ladi, deyishibdi ekan. Luqmoni hakim xastaning bilak tomirini ushlab 
ko‘rib debdilarki: — Dardingizga davo bor. Ilon zahri sizga shifo bergay. Xasta debdiki:— 
Ilon zahrini men qaydan topay? Bir bedavo bo‘lsam... Yo meni shu ahvolda tashlab 
ketaverasizmi? Olloh mening zorimni eshitib, Luqmoni hakimga ro‘baro‘ qilganida edi, u 
zot meni tashlamas edilar. Luqmoni hakim bu nolani tinglab aytibdilarki: — Zinhor 
tashlamasman. Xullas, hazrat Luqmoni hakim ilonzorga borib bir yoshroq ilonni 
bo‘g‘zidan bo‘g‘ib tutibdilar. Shunda ilon ittifoqo tilga kiribdi va debdiki: «Ey inson 
farzandi, sen nechun meni bo‘g‘a-yotirsan? Ollohning menga bergan jabrlari kammi 
edi?» «Olloh senga qanday jabrlar qildi?» deb so‘rabdilar Luqmoni hakim. «Meni 
ko‘rimsiz qilib yaratdi, odamlar ko‘rsalar mendan qochadilar. Meni yertuban qilib qo‘ydi, 
sudralib yurishga mahkum etdi. Endi sen meni bo‘g‘ib, jonimni olarsanmi?» Luqmoni 
hakim debdilar: «Shunday qilmasam, bir odam hayotdan ko‘z yumar». Ilon debdi: 
«Ajab! U odamni saqlab qolmoq uchun meni o‘ldirasanmi? Axir u ham Ollohning bir 
maxluqi, men ham. Bir jonni saqlab qolmoq uchun ikkinchisini mahv etmoq shartmi? Ey 
inson bolasi, sen ayt: men birovni chaqsam, mening zahrimni daf eta olasanmi?» 
Luqmoni hakim aytibdilar: «Ha, daf eta olaman». Ilon debdi: «Unda mening zahrim 
kuchli emas ekan. Dunyoda shunday zahar borki, sen uni zinhor daf eta olmassan!» 
«Qanday zahar? Qora qurtnikimi?» — debdilar Luqmoni hakim. «E, yo‘q, — debdi ilon. — 
Dunyoda eng kuchli zahar odamning zahri. Bunga davo  yo‘qtur. Odam odamni chaqsa 
albatta o‘lim haqdir! Olloh biz — ilonlarni tuban qilib yaratdi.    Ammo biz bir-birimizni 
chaqmaymiz. Siz — odam bolalarini yuqori qilib yaratdi, siz bir-biringizni chaqib 
o‘ldirasiz. Sen jonini saqlab qolmoqchi bo‘layotgan xastaga mening zahrim davo emas, 
yanglishma. Uni o‘z do‘sti chaqqan. Uning zahriga davo topa olmassan. Bunga hatto 
Luqmon ham davo topmagay. Qo‘y, u o‘laversin, azoblaridan qutula qolsin...» — Hikmat 
O‘rolov shunday deb xo‘rsinib qo‘ydi. 
Uning nima uchun xo‘rsinganini Anvar ertasiga fahmlab yetdi. 
3 
 
Nima?! 
Hikmat O‘rolov o‘ldi?! 
Anvar quloqlariga ishonmadi. 
Avvaliga «eng kichik ilmiy xodim»ni institut ostonasida ko‘rib «Ertalabdan kimni 
kutayotgan ekan?» deb o‘ylab, ajablangan edi. Endi bilsa, bu shumxabarni yetkazish 
uchun turgan ekan. Anvar hozir «nima uchun meni qarshiladi, nima uchun meni 
ichkariga qo‘ygisi kelmadi» deb o‘ylamadi. Buni keyinroq, jinnixonada yotganida 
o‘ylaydi. Hozir esa shumxabar zarbidan karaxt bo‘lib turardi. 
— Kecha oqshomda to‘satdan uzilibdilar, — dedi «eng kichik ilmiy xodim». — Kechqurun 
uyimga telefon qilishdi. Kechasi bilan shu yerda edik, joy tayyorladik. Xayrlashish uchun 
shu yerga qo‘yishmoqchi ekan. Kennoyi unamabdilar. Shunga... O‘lmas aka sizdan 
iltimos qildilar. Borib, ko‘ndirib berarkansiz. Siyosiy masala, deyishayapti... 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish