Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/246
Sana01.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#302637
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   246
Bog'liq
2 5253452856568056081

www.ziyouz.com kutubxonasi 
12
uxlayverishadi. Ismoilbey bomdodni o‘qiyotganida yana bir poezd o‘tdi-yu, Zelixon 
o‘rnidan turib ketdi. Ahadbey ham uyg‘oq edi, oshnasining turganini ko‘rib, u ham 
qaddini ko‘tardi. 
Ismoilbey namozni ado etib bo‘lganidan keyin ham joynamozdan jilmadi. Otasining uzoq 
o‘tirib qolganidan ajablanib, Ahadbey unga qarab-qarab qo‘ydi. 
Quyosh ko‘tarilganida bolalar ham turishib, barchalari birga o‘tirib nonushta qilishdi. 
— To‘yni bekor qoldirding, oshna, mana, hammasi tinchiganga o‘xshaydi,— dedi Zelixon 
choy icha turib. 
— Tinchigani rost bo‘lsin,— dedi Ahadbey.— Endi to‘yni qovun pishig‘ida qilamiz. 
— Inshoolloh,— dedi Ismoilbey o‘ychan.— Bandalariga insofu tavfiq bersin. Zulmdan 
asrasin. Ya bani Odama! Inni harratu-z-zulma ala nafsii va jaaltahu baynakum 
muharraman fala tazalamuu. 
Odamlar bilan gaplasha turib, ora-orada o‘zicha pichirlab qo‘yish Ismoilbeyning odati 
edi. Bu safar pichirlamay, hamma eshitadigan qilib arabchalab gapirishi Zelixonni 
ajablantirdi. 
— Gapingizga tushunmadim? — dedi u. 
— Tushunmadingmi? Ha, bu hikmatni anglash qiyin. Anglagan taqdirda ham amalga 
oshirish mushkuldir. Boshqalarni qo‘yatur. Mana, sen, anglaganingda ham ijro 
etolmaysan. 
— Shu qadar befahmmanmi yo ojizmanmi? Qani, ayting-chi. Balki... 
— Olloh subhanahu va taolo aytadiki, «Ey odam farzandlari, men zulmni o‘zimga harom 
qildim va uni sizlarning o‘rtalaringizda ham harom qildim. Bas, bir-birlaringizga zulm 
qilmanglar». 
— Yaxshi gap ekan,— dedi Zelixon.— Lekin menga tanbeh berganingizga tushunmadim. 
Men hali birovni o‘ldirmaganman. To‘g‘ri, urganman, o‘marganman, lekin 
o‘ldirmaganman. 
— Zulm faqat o‘ldirishdan iborat emasdur. Yomon so‘z aytib birovning dilini og‘ritish ham 
zulmdir. 
— Endi bu yog‘ini juda tor olib yubordingiz. Ba’zan shunaqa holat yuz beradi-ki, biron 
ablahni o‘ldirib faqat savob topasiz. Mana, Selimni do‘pposladim. Ahadbey ko‘rdi. Aslida 
qilmishi uchun uni o‘ldirishim shart edi. 
— Al qasosu minal Haq! Jazo berishga senda huquq yo‘q. Jazolovchi qodir Xudodir. 
— Xudo u ablahni jazolagunicha, dunyoni ostin-ustin qilib yuboradi. 
Ismoilbey Zelixonga gap uqdirib bo‘lmasligini bilgani uchun «Bandalaringga insof ber», 
deb pichirlab qo‘yib, bahsni to‘xtatdi. Zelixon gapni chuvalamadi. 
Dasturxon yig‘ishtirilayotgan paytda ko‘chaning narigi betidagi qo‘shni ko‘rindi. Ko‘cha 
eshik ochiq edi, shu sababli «Domlajon, uydamisiz?» deb kirib kelaverdi. Uch-to‘rt 
kundan beri soqol olishga hafsala qilmagan ellik yoshlardagi kishi Ismoilbey bilan 
qo‘shqo‘llab so‘rashdi. Dasturxonni qayta yozishmoqchi edi, unamadi. 
— Bozorga bormoqchiman, domlajonni bir ziyorat qilay, dedim. Ko‘chaga chiqib 
qarasam, darvozamning tepasiga chorsi bog‘lab qo‘yilibdi. Yap-yangi, deng. Yechib, 
belimga bog‘lab oldim, — u kulimsirab belbog‘ni ko‘rsatdi. — Hoynahoy domlajonning 
nabiralari bog‘lashgandir, sovchi qo‘ymasdan oldin turklar shunaqa qilarmikin, deb fikr 
qildim. 
— Yigitali aka, bizda bunaqa odat yo‘q. Sovchi qo‘yishga hali besh-o‘n yil bor. 
— Endi bu bir omadi gap-da, Ahadbey inim. Hozirdan chorsi bog‘lab turilsa, chorsidan 
yalchib qolarmidik, deyman-da. — U shunday deb kuldi-da, ajablanib qarab turgan 
Zelixonga ko‘zi tushib, jiddiylashdi. — Bu hazil, domlajon, omadi gap shuki, men 
munday qarasam, yana uch-to‘rt darvoza tepasiga bog‘langan. Shunga boshim garang 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 
 
 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish