Microsoft Word quroni karimning ilmiy mujizalari ziyouz com doc



Download 318,79 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/57
Sana07.01.2022
Hajmi318,79 Kb.
#327180
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Bog'liq
Xoluq Nurboqiy. Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 

14

TO’RTINCHI BO’LIM 

 

QUR’ONNING FIZIKAGA OID MO’JIZALARI 

 

Qur’onning ilmiy mo‘jizalarini sanagan bilan ado bo‘lmaydi. Shubhasiz, ularni payqamoq uchun 

insonda fizikaga oid bir qator bilimlar bo‘lmog‘i lozim. Zotan, u - koinot xaqidagi shoh asar, bir 

tomondan ohangiga ko‘ra komil san’at, ikkinchi tomondan matematika va fizikaga daxldor buyuk 

kashfiyot ekanligi ko‘rinib turadi. 

Haqiqat nuqtai nazaridan qaralsa, fizika Ollohning taqdirga oid ta’limotidir. Ba’zi bir qashshoq 

tushunchali odamlar o‘ylaganidek, fizika - bu jism ilmi emas, balki koinot nizomidir. Turli 

kitoblarimizda bir qancha oyatlarni sharhlash paytida fizikaviy tahlillarga to‘xtalingan. Bu yerda esa, 

faqat kitob mavzui doirasida asosiy fizik qonunlarni bayon etgan 4 oyatni sharhlamoqchiman, xolos. 

Hozirgi davrda modern fizikaning eng mashhur olimlaridan:  

- Koinotdagi eng muhim fizik qonunlar qaysi qonunlar? - deb so‘rasangiz, oladigan javobingiz: 

1. Parite (zid juftlar) haqiqati

2. Gravitatsiya (joziba) va giroskopik harakat; 

3. Blak xoles (qora tuynuklar) hodisasi; 

4. Vaqt tushunchasi va tasoplar, - bo‘ladi. Shunday bo‘lgach, biz ham bu 4 muhim hodisani 

sharhlovchi 4 oyat tafsirini beramiz. 

 

A) Parite haqiqati va Qur’on



 

Modern fizikaning tamal haqiqatlaridan biri "Parite" (frantsuzcha) yoki "Pariti" (inglizcha)dir. 

Jamiki borliqlar zid juftlar holida yaxlit yaratilishini ifoda etgan bu qonun barcha fizik qonunlarning 

negizida yotgan bir haqiqatdir. 

Kundalik hayotimizda "Parite"ni qo‘pol ravishda elektrning musbat-manfiysida, magnitning 

shimol-janub qutblarida deb tushunamiz. 

Hozirgi fizika olimlari 

KarlDavid Andersonning 

pozitron (musbat elektron)ni kashf etganini fizika 

taraqqiyotining eng yuksak nuqtasi deb hisoblaydilar. Zero, shu kashfiyot tufayli davrimizning eng 

buyuk besh fizik olimidan biri 

Dirak 


parite haqiqatini topgan. U deydiki: Bir kvant quvvat ma’lum bir 

yo‘nalishda makon bilan aloqaga kirishadi, bir spin harakati, ya’ni yo‘ldosh harakat yuz bersa, zid 

yo‘nalishda xuddi shu sifatga ega bo‘lgan boshqa bir kvant tug‘iladi. 

Ya’ni har borliq zid egizi bilan birga tug‘iladi. Bu juft bo‘lishning eng taniqli namunalari: 

Elektronning zid egizi - pozitron, 

Protonning zid egizi - antiproton, 

Neytronning zid egizi - antineytron

Neytronchaning zid egizi - antineytroncha. 

Modda va antimodda tushunchalariga yo‘l ochgan har haqiqatning buzilgan, mubolag‘a qilingan 

xayoliy tomonlari fizikaga va demak, bizning mavzumizga daxldor emas. 

Endi shu tamal bilimga asoslanib, "Yosin" surasining bir oyatini o‘qiylik(36-sura, 36-oyat): 

Subhonalazziy xalaqal azvoja kullaho mimmo tinbitul arzu va min anfusihim va mimmo lo 

ya’lamun.

 

Ya’ni! 



Yerdan chiqqan narsalardan, o‘z avlodlaridan va ular bilmaydigan narsalardan juftlarni yaratgan 

Olloh pok zotdir.

 

E’tibor beraylik: 



Alloh har qanday ayb—u nuqsondan pok zotdir. Barcha borliqlarni juft yaratgandir. 

Oyat, bu juft 

yaratilish hodisasini uch nuqtada yakunlagandir: 

a) arzdan (yerdan) chiqqan narsalardan;

 

b) odamlarning o‘zlaridan;



 


Qur’oni karimning ilmiy mo’jizalari. Xoluq Nurboqiy 

 

 




Download 318,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish