)
١٤٥
(
«Alloh dedi: «Ey Muso, albatta men seni o‘z payg‘ambarligim va o‘z kalomimni berishim bilan
odamlardan ortiq qildim. Men senga bergan bu narsalarni (ne’matlarni) olgin va shukr qiluvchilardan
bo‘lgin. Biz Muso uchun Lavhlarga (Tavrotga) har bir narsadan mav’iza yozib berdik va hamma
narsaning tafsilini qilib berdik (va dedik): «Ey Muso, bu lavhlarni g‘ayrat bilan olgin, qavmingga
buyurgin, uning chiroyli hukmlarini olsinlar (ya’ni, amal qilsinlar)». (A’rof, 144-145.)
4.2. TAVROT
Tavrot ibriy (qadimiy yahudiy) tilida yuborilgan. «Tora» – «qonun, shariat» - deganidir.
Tavrot ham Allohning hidoyat kitobi bo‘lgani uchun, uning asliy nusxasida avvalo Isroil avlodlarini Allohning
borligi va birligiga imon keltirishga – tavhidga chaqirilgan, yahudiylarni odob-axloqqa, insoniy fazilatlarni kasb
qilishga, payg‘ambarlariga itoat etishga va Allohga ibodat qilishga chaqirilgan. Qur’onning ko‘plab oyatlarida
Tavrot oyatlaridan jumlalar iqtibos qilinganki, bu oyatlarning mazmunini Qur’onning boshqa oyatlari bilan
taqqoslanganda yahudiylarga ham musulmonlarga buyurilgan amallar va ibodatlar buyurilganining shohidi
bo‘lamiz. «Al-A’lo» surasida shunday deyilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |