sira kirmaymiz. Agar u yerdan chiqsalargina, biz kiruvchilardirmiz.» (O’n ikki yo‘lboshchi ichidan
Allohdan) qo‘rqadigan va Allohning in’omiga sazovor bo‘lganlaridan ikki kishi shunday dedi: «Ular
ustiga (shaharga) darvozadan kiringiz. Unga kirib olishingiz bilan, sizlar g‘olib bo‘lasiz. Agar mo‘‘min
bo‘lsangiz, Allohga tavakkul qilingiz!» Aytdilar: «Ey Muso! Modomiki, ular u yerda ekanlar, biz sira u
yerga kirmagaymiz. Sen o‘zing va Rabbing borib, ular bilan jang qilaveringlar. Biz esa shu yerda
o‘tiruvchilarmiz». (Muso) aytdi: «Ey Rabbim! Men faqat o‘zim va birodarim (Horunga) egalik qilurman.
Bas, bizni u fosiqlar qavmidan O’zing ajrim qilgin!» (Alloh) dedi: «Albatta, u (Baytul-Maqdis) endi ular
uchun qirq yilga (kirishi) taqiqlangandir. Yer yuzi bo‘ylab sarsonlikda yuradilar. Sen (bu kabi) fosiqlar
qavmi uchun qayg‘urma!» (Moida, 20-26.)
Do'stlaringiz bilan baham: |