Abu Ishoq! Ketmadingmi?» - dedilar. Men: «Yo‘q! Ey Allohning rasuli, siz birinchi duo haqida gapirayotgan
edingiz. A’robiy kelib, sizni faromush qildi» - dedim. Rasululloh (s.a.v.):
«Bu duo Zun-Nunning duosi bo‘lib, qaysi bir musulmon kishi shuni o‘qib duo qilsa, shubhasiz uning duosi ijobat bo‘ladi va tilagi beriladi» - dedilar. (Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira, 220-bet)
Yunus (a.s.) haqlaridagi biror manbada, u kishining umrlari qancha bo‘lgani aytilmagan. 3-BOB Ommaviy halokatga hukm etilgan boshqa ummatlar Alloh taolo Baniy Isroilga Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib yuborgunicha va Musoga Tavrotni nozil qilgunicha,
yuqorida aytib o‘tilgan Nuh, Od, Samud, Lut va Shuayb (a.s.)larning qavmlaridan tashqari yana bir necha
qavm ommaviy jazoga uchragan va halok etilgan edi. Bu haqda Qur’oni karim shunday xabar beradi:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)