502. Mavlono Jaloluddin Muhammad Balxiy Rumiy q. s.
Alarning valodati Balxda ermish, olti yuz to‘rtda, Rabi ul-avval oyining oltisida. Debdurlarki,
Mavlono xazratlarig‘a besh yoshidin beri g‘aybe suvar va ruhoniy ashkol, ya’ni maloyika sufrasi va
xavos insu jin pardasiki, qibobi izzat masturlaridurlar, zohir va mutamassil bo‘lurlar ermish. Buzurgvor
otalari xati bila topibdurlarki, Jaloluddin Muhammad Balxda olti yoshida odina kuni kecha atfol bila
bizing uylarning tomlarida sayr qilur ermishlar. Alardin biri yana biriga debdurki, keling, bu tomdin
yana bir tomg‘a sekreli! Ul debdurki, bu harakat it va mushuk ishidur! Hayf bo‘lg‘ayki, odame anga
murtakib bo‘lg‘ay. Agar sizing joningizda quvvate bo‘lsa, osmon tomiga sekreli! Va bu holatda tomdin
havo tutubdur.
Onchaki, alar ko‘zidin g‘oyib bo‘lubdur. Atfol iztirobdin qichqirishibdurlar va yig‘labdurlar. Bir
lahzadin so‘ngra ko‘zi mutag‘ayyir va rangi o‘zgacha qaytib, hamul tomg‘a tushubdur. Atfolg‘a
debdurki, ul soatki, sizga ul so‘zni aytadur erdim, ko‘rdumki, yashil kisvatlig‘lar meni sizing
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat
Do'stlaringiz bilan baham: |