Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/268
Sana01.01.2022
Hajmi0,67 Mb.
#305958
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268
Bog'liq
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

www.ziyouz.com
 
кутубхонаси
 
182
narsalarga ega bo‘lishimiz, yovuzlikdan kamroq azob chekishimiz mumkin edi. Chunki biz duch 
keladigan baxtsiz odamlar, menimcha, ana shu ehtiyotsizlik tufayli saodatni boy berganlar. 
Nimani nazarda tutayapti, deb so‘rarsiz? Siz hikoyalarni yoqtirasiz. Shu bois o‘zim to‘g‘rimdagi bir 
hikoyani so‘zlab bermoqchiman. Va buning uchun meni ma’zur tutgaysiz. 
Yoshim yettida edi. Bayramlarning birida o‘rtoqlarim menga bir hovuch chaqa sovg‘a qilishdi. Men 
o‘sha zahoti o‘yinchoqlar do‘koniga ravona bo‘ldim. Yo‘lda ketayotganimda bir bolaning qo‘lidagi 
hushtakning sadosi hushimni o‘g‘irladi va do‘konga kirib bor pulimga hushtak sotib oldim. Keyin uyga 
qaytdim-da, sevinchim ichimga sig‘may quloqni qomatga keltirib hushtak chala boshladim. 
Bundan uydagilarning achchig‘i chiqsa-da, men juda sarmast edim. Akalarim, opalarim, 
amakivachchalarim hushtakning bahosini surishtirib bilgach, uni o‘z narxidan to‘rt baravar qimmatga 
sotib olganimni, qolgan pulga qanday yaxshi narsalar sotib olishim mumkinligini aytib, ustimdan rosa 
kulishdi. Xo‘rligim kelib yig‘lab yubordim. Hushtak tufayli chekkan bu iztirobim, u keltirgan quvonch 
va lazzatdan ziyodroq edi. 
Xotiramga muhrlanib qolgan bu voqea keyinchalik menga asqotdi. Biror bir nokerak buyumni sotib 
olish vasvasasiga uchraganimda, o‘zimga: «Hushtak uchun haddan ortiq haq to‘lama», — deyman-u, 
pulimni tejab qolaman. 
Voyaga yetib katta hayot yo‘liga qadam qo‘yganimdan keyin odamlarning xatti-harakatlarini kuzata 
boshladim. Shunda hushtagi juda qimmatga tushayotgan ko‘plab odamlarni uchratdim. 
O’zining qimmatli vaqtini, farog‘atini, erkini, marhamatini va ehtimol, yor-do‘stlarini qirol saroyidagi 
qabulda ishtirok etish sharafiga noyil bo‘lish yo‘lida qurbon qilayotgan o‘ta izzattalab odamni 
ko‘rganimda o‘z-o‘zimga: «Bu kishining hushtagi juda qimmatga tushdi-da», — deb qo‘yardim. 
Shon-shuhratga ortiq darajada mukkasidan ketgan, doimiy ravishda siyosiy yugur-yugurlar bilan 
ovora bo‘lgan va e’tiborsizligi oqibatida kasb-korini o‘lda-jo‘lda qoldirgan kimsani ko‘rganimda esa: 
«Chindan ham uning hushtagi juda qimmatga tushdi», — deb qo‘yar edim. 
Har qanday huzur-halovatdan, o‘zgalarga yaxshilik qilishdan, hamsoya hurmat-izzati, e’tiboridan va 
chin do‘stlik quvonchlaridan voz kechib, pul to‘plashni ixtiyor qilgan o‘taketgan xasis odamni 
ko‘rganimda: «Ey, baxtiqaro! Sening hushtaging naqadar qimmatga tushdi-ya», — derdim. 
Hissiy lazzat, kayfu safo yo‘lida aqlini qurbon qilgan va salomatligiga putur yetkazgan 
shahvatparastni uchratganimda, derdim: «Sen adashayapsan, nazdingda lazzatdek tuyulayotgan 
narsa aslida bir darddir. Hushtaging juda qimmatga tushayapti!» 
O’ziga oro berib, go‘zal liboslarga, chiroyli uylaru jihozlarga, foytunlarga mehr qo‘ygan, ammo 
ularga erishish uchun qo‘li kaltalik qilishi oqibatida qarzga botgan va umrini turmada nihoyalaganlarni 
ko‘rganimda: «U hushtak uchun katta, juda katta to‘lov to‘ladi», — derdim. 
Xullasi kalom, men inson boshiga yog‘ilguvchi kulfatlarning ko‘p qismi odamlar narsalarning 
qimmatini to‘g‘ri baholay olmasliklaridan kelib chiqadi va ularning hushtagi juda qimmatga tushadi 
deb hisoblayman. 
Ammo har holda bunday baxtiqarolarga shafqatli bo‘lishimiz lozim. Holbuki, bunday o‘ylab 
qarasam, g‘ururlanishga arzigulik aql-farosatim borligiga qaramay, men uchun ham qirol Jonning 
olmalari kabi yo‘ldan ozdiruvchi narsalar bor. Xayriyatki, ularni sotib olib bo‘lmaydi. Bordi-yu, ular 
kimoshdi savdosiga qo‘yilganda men bir lahzada bor-yo‘g‘imdan ayrilishim va yana bir marta hushtak 
uchun haddan ziyod to‘lab yuborganimni payqamay qolishim mumkin bo‘lur edi. 
Ko‘rishguncha xayr, mening aziz do‘stim. 
Kamoli ehtirom ila sodiq qulingizdan deb bilursiz. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
 
 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish