holdan toydirib qo‘yadi. U 1778 yilning 30 mayi oqshomida hayotdan ko‘z yumadi. * * *
A’lo narsa – yaxshi narsaning dushmani.
* * *
Tangrim, meni do‘stlardan panohingda saqla – dushmanlarni o‘zim eplayman.
* * *
«Volter: «Odamlar qanchalik ma’rifatli bo‘lsalar, shunchalik erkindirlar», — deb ta’lim bergandi.
Uning izdoshlari esa xalqqa: «Siz qanchalik erkin bo‘lsangiz, shunchalik ma’rifatlidirsiz», — deb
uqtirdilar. Halokatning siri ana shunda», — deb yozgandi frantsuz ma’rifatparvari Antuan Rivarol
(1753-1801 y.).
* * *
Men faqat shubhalanishnigina bilaman.
* * *
Men haqiqat deb ataluvchi falsafa toshini izlab 40 yil dunyoning turli burchaklarida bo‘ldim, antik