iqtidorli ijodkorlar bilan do‘stlashgan.
O’z o‘limini «ibodat yoki ijod damlarida qarshi olishni» orzu qilgan faylasuf 1374
yilning 19 iyuliga o‘tar kechasi — 70 yillik tavalludiga bir kun qolganda vafot etadi.
Petrarkaning quyidagi asarlari ma’lum:
«Filologiya» (komediya, 1326-1336 yillarda
yozilgan), «Kantsonere» (she’r va qo‘shiqlar, 1336-1358 y), «Mashhur kishilar haqida»
(1338-1358 y.), «Afrika» (1342-1343 y.), «She’riy nomalar» (1350-1352 y.)
va hokazo.
* * *
Har bir odamning shaxsiy tashvishi o‘ziga yetib ortadi. Nahotki sen boshingga tushgan
ko‘rguliklarga boshqa hech kim duchor bo‘lmaydi, deb o‘ylasang. Yanglishasan. Deyarli hech kim
tashvishlarni chetlab o‘tolmaydi. Kimning asari yoki jasorati ko‘zi ochiqligida yuzaga chiqibdi? Inson
o‘limidan so‘ng shuhrat qozonadi. Buning sababini bilasanmi? Chunki hasad uning jismi bilan birga
yashaydi va birga o‘ladi.
* * *
Sen avval bir razm solgin-a, hammaning og‘ziga tushgan, maqtalgan asarlar kimga tegishli?
Bunday asarlarning mualliflari allaqachon bu dunyoni tark etishgan. Sening asarlaringni ham
maqtashlarini istaysanmi? Dunyoni tark et! Zero, insonning o‘limidan so‘ng unga moyillik uyg‘onadi.
Umrning intihosi shuhratning ibtidosidir. Bordi-yu, inson ko‘zi ochiqligida shuhrat qozonsa, bilgilki, bu
yerda qandaydir g‘ayriodatiylik zohirdir. Yana bir gap aytaman: toki olamda seni taniguvchi bir shaxs
qolsa ham o‘z maqsadingga to‘la erisholmaysan. Seni bilguvchilar ham qabrga kirib, ularning o‘rniga
nafrat va adovatdan xoli odamlar kelgandan keyingina adolatli ajrim bo‘ladi. Ungacha mayli, davr
ustimizdan istagancha hukm chiqaraversin.
* * *
Tan olib aytishim joizki, meni aynan bir odamning intilishlari orasidagi o‘zaro nizo hayratga soladi!
To‘g‘ri-da, qay birimiz yozda ham, qishda ham aynan bir narsani istaymiz? Yo‘q, fikrimni tugal
aytolmadim: qay birimizning bugungi va ertangi xohishlarimiz bir-biriga mos keladi, qay birimiz
oqshomda ham tonggi istaklar bilan yashaymiz? Kun soatlarga, soatlar esa daqiqalarga bo‘linadi.
Insonning xohish-istaklari ana shu daqiqalardan ham ko‘pdir. Men ana shu narsadan juda
hayratlanaman. Odamlarning bundan ajablanmasligi esa meni yana ham hayratlantiradi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
132
* * *
Men o‘zim ishonch hosil qilgan bir narsaga seni ham ishontirishga urinib ko‘rmoqchiman: sen pok
kishi qanday harakat qilsa, shunday yo‘l tut. Zero, hatto chirkinlik dushmani bo‘lgan pokiza jonivorlar
ham uyasidan chiqqanda atrof bulg‘anganini sezsa, darhol boshpanasiga biqinib oladi. Gar bu zamin
uzra bir farog‘at va yupanch topolmasang, o‘zingga qayt. O’z-o‘zing bilan bo‘l, o‘zing bilan fikrlash va
hamsuhbat bo‘l, yolg‘izlikdan, o‘zing bilan tanho qolishdan sira cho‘chima. Agar o‘zing bilan o‘zing
bo‘lolmasang, odamlar orasida ham yolg‘izligingcha qolasan.
* * *
Inson toki tirik ekan, yoshidan qat’i nazar, fikrlash va hukm chiqarishga qodirdir. Uning umr yo‘lida
ezgulik va illatlarga ham, shon-shuhrat va sharmandalikka ham joy topiladi. Odatda kuz oyining
yoqimli va barakali bo‘lishi uchun yozda mehnat qilib uning g‘amini yeyish kerak. Xuddi shunga
o‘xshab, umr shomi — keksalik hayotning tussiz, mevasiz, hasratli va befoyda qismiga aylanib
qolmasligi uchun yoshlikda tinimsiz mehnat bilan uning poydevorini mustahkamlash zarur. Ana
shunda keksalik osoyishtalik, mo‘l-ko‘lchilik va ezgulikdan kuch oladi, foydali va quvonchli o‘tadi.
* * *
Biz to‘xtovsiz ravishda o‘lim tomon yaqinlashib boramiz deylik, men ushbuni yozayotganimda, sen
o‘qiyotganingda, o‘zgalar tinglayotganda yoki tinglamasa ham o‘limga qarab boraveradi. Sen ushbuni
o‘qiyotganingda men ham o‘lim tomon ketaveraman. Shu yo‘sinda hamma to‘xtovsiz ravishda o‘limga
tomon harakatlanaveradi. Biz bu foniy dunyoda yashar ekanmiz, o‘lim sari tinimsiz qadam
tashlayveramiz. Bu harakat ezgu ishlarimiz bilan chin dunyo — hech kim o‘lmaydigan, hamma mangu
yashaydigan, hech qanday o‘zgarishlar sezilmaydigan, saodatli onlar tugab qolishidan cho‘chimay,
hayot kechirish mumkin bo‘lgan olam tomon yo‘l qurib bitirgunimizcha davom etadi.
* * *
Haddan ortiq tirishish muvaffaqiyatlar yo‘lini to‘sadi. Irodaning haddan oshiq zo‘riqishi esa ishga
xalaqit beradi.
* * *
Har qanday odam o‘zini o‘zgalardan osonroq kechiradi va aksincha, boshqalarni o‘zidan ko‘ra
tezroq ovutadi.
* * *
Insonning ko‘ngli doimo bir xil taom tusamaydi. Bas, shunday ekan, aql ham mudom bir tarzda
oziqlanavermasligi joiz.
* * *
Odatda yovuzlik ezgulikdan, dahshatli to‘fon charog‘on kundan ko‘ra ko‘proq yodda qoladi.
* * *
Tabiat bugungi kunga va kelajakka ishonch tug‘dirish uchun hayot intihosini noma’lumlik pardasi
ostiga yashirdi.
* * *
Inson ayanchli ahvoldan qutulishni chin dildan istasa, albatta, maqsadiga erishadi.
* * *
Inson ruhiy kuch-quvvat yordamida erisholmagan narsasiga ba’zan or-nomus kuchi ko‘magida
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
133
erishadi.
* * *
Kaltafahm va johil kimsalar deyarli hamma ishni yashirincha bajaradilar.
* * *
Kamyoblik har bir narsaning qadrini oshiradi. Agar har bir qarich yerda dur uchrasa ham oyoq
ostida toptalishi turgan gap. Kamyoblik tufayli eng oddiy narsalar ham qimmatbaho xazinaga
aylangan. Masalan, Liviya cho‘llarida tashnalikda azob chekkan odamlar Rum sarkardasining kaftidagi
ozgina suvga ham hasad bilan qarashgan.
* * *
Maqsadim — qashshoqlikka yuz tutmay, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymay, o‘zgalarga buyruq bermay,
birovlarga tobe bo‘lmay yashash.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Do'stlaringiz bilan baham: |