Tannarxni pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari
Mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirish yuzasidan bir necha yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliy
tajribalar o‘tkazib ko‘rildi. Jumladan, Toshkent traktor zavodining mah-
sulotlari tannarxini 20% ga kamaytirish bo‘yicha o‘tkazilgan amaliy taj-
riba orqali tannarxni optimallashtirishning quyidagi usullari qo‘llanildi:
– import resurslari narxlarini qayta ko‘rib chiqish va pasaytirish (-24%);
– materiallar sarfi me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish (-0,06%);
– lokalizatsiya darajasini kuchaytirish orqali tannarxni kamaytirish (-1%);
– mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyasini o‘zgartirish (-0,05%);
– foydalanilmayotgan quvvatlarni konservatsiya qilish (-2%);
– ishchilar va xodimlar sonini optimallashtirish (-0,3).
To‘rtinchidan – elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish,
energiya iste’molini kamaytirish va tejashning samarali tizimini joriy
etish choralarini amalga oshirish.
Jumladan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan
chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi
tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan elektr energiyasi ta’minoti tizimiga
xususiy operatorlarni joriy qilish bo‘yicha amaliy tajriba natijalarini
misol qilib ko‘rsatish mumkin. Mazkur amaliy tajribani o‘tkazishdan
maqsad, foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitob tizimini tako-
millashtirish, iste’molchilar hisob-kitobini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda
Tannarxni pasaytirishning
asosiy yo‘nalishlari
Import qilinadigan rеsurslar
narxlarini qayta ko‘rib
chiqish va pasaytirish
Matеriallar sarfi
mе’yorlarini
pasaytirish
Mahalliy xomashyo va
matеriallardan foydalanish
darajasini oshirish
Mahsulotlar ishlab chiqarish
tеxnologiyasini
takomillashtirish
Foydalanilmayotgan ishlab
chiqarish quvvatlarini
konsеrvatsiya qilish
Ma’muriy-
boshqaruv xodimlari sonini
qisqartirish
8
iste’mol davrida elektr energiyasini yo‘qotishlarni kamaytirishdan
iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun Toshkent shahar Bektemir tumani
misolida elektr energiyasini taqsimlash va sotish bo‘yicha mustaqil
(xususiy) operatorni jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi. Bunda xususiy
operatorni tanlash bo‘yicha maxsus komissiya tuzilib, tarif siyosati va
shartnoma loyihalari qat’iy kelishib olindi. Jumladan, xususiy operatorni
tanlash shartlari sifatida quyidagilar belgilandi:
– tegishli biznes rejaning mavjud bo‘lishi;
– xo‘jalik yuritish faoliyati bo‘yicha kamida 2 yil ish tajribasiga ega bo‘lish;
– elektr energiyasini sotish faoliyati uchun kamida muayyan
tumandagi elektr energiyani iste’mol qilishning 3 oylik miqdoriga teng
moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishi;
– mavjud debitorlik qarzdorlarni undirishni o‘z zimmasiga olishi;
– maksimal ballga ega bo‘lishi va shartnoma tuzish;
– 30% miqdoridagi oldindan to‘lov hamda har oyning yakunidan
so‘ng 30 kun davomida yakuniy hisob-kitob hisobotlarini amalga oshirish.
Shunday tanlovlarda g‘olib chiqqan xususiy operatorlardan biri
DXO «Shosh Energo» korxonasi hisoblanadi. Ushbu korxonaning elektr
energiyasini sotish xizmatiga jalb qilish orqali erishilgan iqtisodiy
samarani quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (2.2.2-jadval).
Jadvaldan ko‘rinadiki, elektr energiyasi sotish xizmatini xususiy
operatorga o‘tkazilishi natijasida mavjud debitorlik qarzlari 86% ga qis-
qargan, abonentlar soni jismoniy shaxslar bo‘yicha 2%, yuridik shaxslar
bo‘yicha 31% ga ortgan, elektr energiyasidagi yo‘qotish miqdori mutlaq
holda 20,8% ga, nisbiy holda esa 57% ga pasaygan.
Bunday ilg‘or tajribani ommalashtirish maqsadida hozirgi kunda
xususiy operatorlar Toshkent shahrining Bektemir, Sirg‘ali, S.Rahimov
tumanlarida ham tashkil etilib, faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek,
xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha Andijon, Surxondaryo va
Namangan viloyatlarida ishlar boshlangan. Bundan tashqari, xususiy
operatorlarni tabiiy gaz va suv ta’minoti tizimiga jalb qilish bo‘yicha
keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.
Beshinchidan – jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir
sharoitda, ichki bozorda talabni rag‘batlantirish orqali mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atla-
rini saqlab qolishda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
9
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashda tayyor
mahsulot, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliy-
lashtirish loyihalari ahamiyatli o‘rin tutadi.
10
Do'stlaringiz bilan baham: |