KB bo‘yicha adabiyotlar manbasi sharxi. Investitsion jarayonlar
bozor iqtisodiyotida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Jahon rivojlanishi tajri-
basi shuni ko‘rsatadiki, aynan o‘zini o‘zi moliyalash, chiqimini qoplash
va rentabellik tamoyillarida amalga oshirilayotgan investitsion faoliyat
samarasi eng muhim iqtisodiy o‘sish omillaridan biridir. Rossiyadagi
shakllangan, mulkni ko‘p turdagi shaklga va iqtisodiy jarayonlarning
o‘zini-o‘zi nazorat qiluvchi bozor mexanizmlarini o‘zlashtirishga asos-
langan xo‘jalik tizimi investitsion faoliyatni sezilarli darajada kuchayti-
rishga sharoit yaratadi, bu esa ko‘chmas mulkning bozor aylanmasiga
xo‘jalik bozor tizimlarining barcha qatnashchilari huquqiy va iqtisodiy
munosabatlari fundamental asoslarida jalb etish bilan bog‘liqdir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida ko‘chmas mulk, bozor munosabatlari qatnashchi-
larini ulkan moliyaviy resurslarlar bilan bog‘lovchi, yuqori sifatli tovar
bo‘lib qoladi. Bu bilan ko‘chmas mulkka investitsiyalash tizimini rivoj-
lantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xuddi shuning uchun
ko‘chmas mulk obyektlari qurilishi (rekonstruksiyasi)ni moliyalash va
butun ko‘chmas mulk bozorini faollashtirish to‘laligicha erkin pul
vositalarini jalb etilishi hisobiga sodir bo‘lar va buning bilan investorlar
manfaatini ham ta’minlardi. Undan tashqari, ko‘chmas mulkka inves-
titsiyalash nazariya va amaliyoti, ko‘chmas mulk bozori va kapital bozo-
rini yaratilishi va rivojlanishi bilan paydo bo‘lgan yangi sohadir. Shu-
16
ning uchun, ko‘chmas mulkka investitsiyalash, bir tomondan, xo‘jalik
faoliyati qatnashchilari uchun ulkan qiziqish uyg‘otadi, boshqa tomon-
dan esa – sezilarli muammolar manbasi hisoblanadi. Bu muammolar
ko‘chmas mulkka investitsiyalashda, investitsion va moliyaviy qarorlar
qabul qilish va asoslashda zarur nazariy va amaliy bilimlarni yo‘qligidan
kelib chiqadi. Ko‘chmas mulkka investitsiyalashda investitsion va
moliyaviy qarorlarni asoslash usullarini qo‘llash va shakllantirishda
rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish zaruriyati ochiq ko‘rinib
turibdi. O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatdiki, so‘nggi yillarda rivojlangan
mamlakatlarda ko‘chmas mulk sohasiga investitsiyalarga juda katta
e’tibor qaratilgan. Xorij mualliflari (J.Boykin va R.Xaney, B.
Bruggeman va J.Fisher, D.Jaffe, A.Douns, T.Klareti, N.Videmera,
F.Fabossi, D.Epli va J.Millar va boshqalar) ishlarida ko‘chmas mulkka
investitsiyalash prosedurasiga ta’rif berilgan, investitsion jarayon qismi
sifatida ipoteka banki tashkiloti tuzilmasi ko‘rib chiqildi, turar-joyni
davlat kreditlashi tizimi va ko‘chmas mulk bozorini moliyalashda davlat
qatnashuvi yoritildi. Ko‘chmas mulkka investitsiyalashning alohida
jihatlari allaqachon bir qancha rossiyalik iqtisodchilar ishlarida ko‘rib
chiqilgan. Bu iqtisodchilarga Valdaysev SV., Grigor’yev B.JzT., Esipov
V.V., Maksimov S.N., Ozerov E.S., Prorvich V.A., Rutgayzer V.M.,
Tarasevich E.I., Fedotova M.A. va boshqalarni kiritish mumkin. Shu-
ning bilan birga keltirilgan va boshqa mualliflar ishlarida asosiy e’tibor
investitsiyalash jarayonining va ko‘chmas mulk obyektini investitsiya
obyekti sifatida baholashning umumusuliy muammolariga yoki ko‘ch-
mas mulkni moliyalashning alohida tomonlari va xorij mamlakatlarida
turar-joyni kreditlash tashkilotini shakllariga qaratilgan. Rossiyada
ko‘chmas mulk sohasiga investitsiyalash jarayoni bilan bog‘liq ba’zi
masalalar Beliy.L.P., Maksimov S.N., Tarasevich E.I. va boshqalarning
asar va tadqiqotlarida o‘z aksini topdi. Shu bilan birga, Rossiya sharoitida
ko‘chmas mulkka investitsiyalashning zamonaviy muammolari bog‘liq
masalalar kam o‘rganilgan bo‘lib, bu albatta, keyinchalik ishlab chiqilish
va aniqlashtirishlarni talab etadi. Tadqiqot ortida Rossiyada ko‘chmas
mulk sohasida investitsion jarayonlarni rivojlanishi muddatlari, turli
belgilar bo‘yicha ko‘chmas mulkka investitsiyalarning sinflashishi,
umumiy holda ma’lum mezonlarning investitsion va moliyaviy
qarorlarni ko‘chmas mulkka investitsiyalashda asoslash uchun qo‘llana
olishlik kabi masalalar qolmoqda.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |