Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz»



Download 459,21 Kb.
Pdf ko'rish
bet81/128
Sana01.02.2023
Hajmi459,21 Kb.
#906286
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128
Bog'liq
Qalb kitobi. Abu Homid Gazzoliy

«Albatta siz ulug‘ xulq ustidadirsiz»
(Qalam surasi, 4-oyat). 
Oisha roziyallohu anho aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari 
Qur’on edi» (Imom Muslim rivoyati). Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 
husni xulq haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mana bu oyatni o‘qidilar: 
«(Ey Muhammad alayhissalom), avf-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring 
va johillardan yuz o‘giring»
(A’rof surasi, 199-oyat). So‘ngra Payg‘ambarimiz 
sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «U (ya’ni, husni xulq) sizdan (bordi-keldini) uzib 
qo‘ygan kishiga silai-rahm qilishingiz, sizni mahrum qilgan kishiga berishingiz va zulm 
qilgan kishini avf qilishingizdir» (Ibn Mardavayh hasan sanad bilan rivoyat qilgan). Yana 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Albatta men chiroyli xulqlarni mukammal 
qilish uchun yuborildim», dedilar (Imom Ahmad rivoyati). Va yana Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam aytdilar: «Qiyomat kunida taroziga qo‘yiladigan narsalarning og‘irrog‘i 
Allohdan qo‘rqish va husni xulqdir» (Imom Termiziy rivoyat qilgan va sahih, degan). 
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilaridan kelib: «Din nima, ey 
Rasululloh?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Husni xulq», dedilar. U kishi 
o‘ng tomonlaridan kelib yana: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U kishi yana: «Husni 
xulq», dedilar. So‘ngra chap tomonlaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» dedi. U zot 
yana: «Husni xulqdir», dedilar. So‘ngra orqalaridan kelib: «Din nima, ey Rasululloh?» 
dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga o‘girilib: «Tushunmayapsanmi, din-
g‘azab qilmasliging», dedilar (Muhammad ibn Nasr Marvaziy rivoyati). Rasululloh 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
76
sollallohu alayhi vasallamga «Baxtsizlik nima, ey Rasululloh?» deyildi. «Yomon xulq», 
dedilar (Imom Ahmad rivoyati, sahih emas). 
Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Menga nasihat qiling», dedi. «Qaerda 
bo‘lsang ham, Allohdan qo‘rq», dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Yomonlik orqasidan yaxshilik qil, u yomonlikni o‘chiradi», 
dedilar. U kishi: «Yana ziyoda qiling», dedi. «Insonlarga chiroyli xulq bilan muomalada 
bo‘l», dedilar (Imom Termiziy rivoyat qilgan va hasan, sahih, degan). 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan «Amallarning qaysi biri afzalroq?» deb 
so‘raldi. U zot: «Chiroyli xulq», dedilar. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam 
aytdilar: «Alloh taolo bir bandaning yaratilishi va xulqini chiroyli qilib, uni do‘zaxga 
yemish qilib bermaydi» («Suhbat odobi kitobi»da kelgan). 
Fuzayl aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «Falon ayol kunduzi ro‘za tutib, 
kechalari qoyim bo‘ladi-yu, lekin uning xulqi yomon, qo‘shnilariga tili bilan ozor beradi», 
deyildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Unda yaxshilik yo‘q, u do‘zax ahlidandir», 
dedilar». 
Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning 
«Taroziga eng avval qo‘yiladigan narsa chiroyli xulq va saxiylikdir», deganlarini 
eshitdim» (Abu Dovud va Termiziy boshqa lafz bilan rivoyat qilishgan. Imom Termiziy 
buni g‘arib, degan). Alloh taolo iymonni yaratgan vaqtida iymon Unga «Meni 
quvvatlagin», dedi, Alloh uni chiroyli xulq va saxiylik bilan quvvatlab qo‘ydi. Alloh taolo 
kufrni yaratgan vaqtida kufr Unga «Meni quvvatlab qo‘ygin», dedi, Alloh uni baxillik va 
yomon xulq bilan quvvatlab qo‘ydi. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta Alloh taolo bu dinni O’ziga 
tanlab oldi. Diningiz uchun saxiylik va chiroyli xulqqina munosib bo‘ladi, ogoh bo‘ling, bu 
ikki narsa bilan diningizni ziynatlang» (Doraqutniy rivoyati). Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam deydilar: «Husni xulq Alloh taoloning eng buyuk maxluqidir» (Tabaroniy zaif 
sanad bilan rivoyat qilgan). «Qaysi mo‘minning iymoni afzalroq, ey Rasululloh?» deyildi. 
U zot: «Ularning xulqi chiroylirog‘i», dedilar (Imom Termiziy va Nasaiy rivoyatlari). 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Albatta sizlar insonlarni 
mollaringiz bilan zabt eta olmaysizlar. Bas, ularni ochiq yuz va chiroyli xulq bilan 
egallanglar» (Bazzor va Abu Ya’lo rivoyatlari). Yana Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam: «Sirka asalni buzganidek, yomon xulq amalni buzadi», dedilar (Ibn Hibbon 
rivoyati, Ibn Jarir zaif, degan). 
Jarir ibn Abdullohdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: 
«Albatta Alloh taolo yaratilishingizni chiroyli qilib qo‘ygan kishilarsiz, endi xulqingizni 
ham chiroyli qiling» (Xaroitiy rivoyati). Baro ibn Ozibdan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insonlarning eng yuzi chiroylisi va eng xulqi go‘zali 
edilar» (Xaroitiy hasan sanad bilan rivoyat qilgan). 
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam: «Ey Allohim, Sendan salomatlik, ofiyat va husni xulqni 
so‘rayman», deb ko‘p duo qilar edilar» (Xaroitiy rivoyati). Abu Mas’ud Badriydan rivoyat 
qilinadi. U kishi aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarida «Ey Allohim, 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Download 459,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish