4. Biologik resurslarni muhofaza qilish. Insoniyat ilmiy-texnika
taraqqiyoti jadal rivojlanayotgan hozirgi vaqtda o‘simlik resurslarini
muhofaza qilish zarur. Birgina o‘rmonlarning birinchi- suvni
me’yorlashtirish va suv saqlash; ikkinchi-tuproqni muhofazalovchi va
iqlim hosil qiluvchi rolining o‘zigina yashash faoliyatimizning mezonini
tashkil qiladi.
Keyingi 100 ming yil ichida 2/3 o‘rmonzorlar yo‘q qilingan.
Oxirgi 200 yil ichida 0,5 mlrd.ga o‘rnida cho‘llar hosil bo‘lgan. Keyingi
o‘rinda cho‘llar hosil bo‘lgan, keyingi 100 yil ichida Amerakada -540
ming ga o‘rmonzor kesilgan, jahon bo‘yicha 67 mln.ga o‘rmon yo‘q
qilingan. AQSHning V’etnamdagi agressiyasi natijasida 1,5 mln. ga
tropik o‘rmonlar hayvonot dunyosi bilan yo‘q qilingan. Hozirgacha
V’etnamliklar 180 ming gektarini asl holiga keltirdilar. O‘rmonlardan
oqilona foydalanilsa, har yili 1 mlrd. m
3
qo‘shimcha yog‘och olish
mumkin. Agar o‘rmonlardan hozirgidek foydalanilsa 70-80 yildan keyin
tropik o‘rmonlari batamom tugatiladi. Olimlarning hisobiga ko‘ra oliy
tur o‘simliklardan 3 ming turi, yo‘qolib ketishi arafasida. Dunyo
bo‘yicha 40 ming tur o‘simlikning butunlay yo‘qolib ketishi xavfi
yuzaga keldi. O‘zbekistonda 301 tur o‘simlikning yo‘qolib ketishi xavfi
bor.
O‘zbekistonning quyidagi o‘simliklari harqaro «Qizil Kitob»ga
kiritilgan va qattiq muhofaza qilinadi. Ular quyidagilar; toq piyoz,
omonqora, balquray, kovrik, sumbul, tovsag‘iz, taxmoq kovar, yetmak,
xurmo, qizil lola, targ‘il lola, chinor, anor.
Tog‘ o‘rmonlarining ahamiyati biqyos katta. Ayniqsa Markaziy
Osiy davlatlari aholisi tog‘ o‘rmonlarini ko‘z qorachig‘idek asrash
kerak. Chunki bu hududdagi barcha aholi tog‘ o‘rmonlari to‘plagan
suvlardan, muzlik suvlari hisobiga yashaydi. Lekin O‘zbekistonda ham
qo‘shni davlatlarda ham o‘rmonlarni o‘tin uchun kesish ayovsiz holatda
davom etmoqda. To‘qayzorlarimiz keyingi 25 yilda 143 ming gektarga
kamaydi. Shu bilan birga ana shu maydonda biologik resurslar deyarli,
69
harob qilindi. Cho‘llarimizning 1/3 qismi sahrolanishga uchraganligi
ham bu mintaqada jiddiy fitomeliorativ tadbirlarni boshlashni talab
qilmoqda.Insoniyatning hayvoniy dunyosiga ta’siri haqida shuni qayd
qilish lozimki, hayvonat dunyosining turlari va soni mezazoy erasining
boshidan to shu vaqtgacha iqlim sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgarib
kelgan.Lekin insonning hayvonat dunyosiga ta’siri juda tez bordi. Inson
bundan 250 ming yil oldingi paleogen davridayoq, olov va har xil
asboblar bilan qurollangan vaqtdanoq hayvonotga sezilarli ta’sir ko‘rsata
boshlagan. Dastlab yirik hayvonlar, faqat yirik bo‘lganidan ovqat va
kiyim uchun doimiy ravishda ovlangan.
Tabiatni va tabiiy resurslarni qo‘riqlash xalqaro ittifoqining
ma’lumotlari bo‘yicha 1800 yildan hozirgacha qushlarning 94 turi (1%)
va sut emizuvchilarning 63 turi (1,48%) qirilib yo‘q bo‘lib ketgan.
Yovvoyi ho‘kiz-tur, kuprey, yovvoyi ot tarkan, qushlardan – sayyoh
kaptar, qanotsiz gagarna, labrador gagasi, dasht qarquri, qirol tutiqushi,
droney, dengiz sigiri, turon yo‘lbarsi ishlar jumlasidandir.Fisher D.
ma’lumotlari bo‘yicha yo‘q qilingan qushlarning 75% i va sut
emizuvchilarning 86 % i bevosita insoniyat aybi bilan qirib yuborilgan.
Sayyoramizda bugungi kunga kelib qushlarning 600 xili, sut
emizuvchilarning 120 xili abadiy yo‘qotilish xavfi ostida turibdi.
Umuman keyingi 100 yil ichida har yili hayvonlarning 1 tadan turi
yo‘qolib bormoqda.
Insoniyatning hayvonat dunyosiga ta’sirini bilvosita va bevosita
ta’sirini ikkiga bo‘lish mumkin. Bilvosita ta’siriga ov qilish,
iqlimlashtirish, chatishtirish bilan yangi zotlarni yaratish, ko‘paytirish,
qirib tashlash kabi ta’sirlar kiradi. Bevosita ta’sirga dashtlarning
haydalishi, cho‘llarga suv chiqarilib o‘zlashtirilishi, botqoqliklarning
quritilishi, qishloq xo‘jaligida, o‘rmon xo‘jaligida zaharli kimyoviy
moddalarning qo‘llanilishi, atrof muhitning sanoatdan, uy-ro‘zg‘ordan
chiqgan zararli chiqindilar natijasida hayvonlar yashash sharoitining
o‘zgarishi kiradi.Masalan, zaharlanmagan 1 ga yerda 400 kg gacha
chuvalchang yashaydi. Chuvalchang tuproq hosil bo‘lishida katta
omildir. Ko‘p vaqtdan beri paxta ekilib kelinayotgan joyda chuvalchang
yashay olmaydi. Chunki hayvonlarning ekologik sharoitining o‘zgarishi
ularning turlari va soniga ta’sir ko‘rsatadi.
Hayvonot dunyosining muhofaza qilishda eng zarur bo‘lgan tadbir
pestitsidlarga qarshi kurashishdir. Hozirga kelib nafaqat hayvonot
dunyosi balkim, butun sayyoramizni abgor qilayotgan bu zaharlarni ham
insoniyat yerdan o‘ziga ko‘p hosil olish uchun kashf qilgan.
70
Insoniyatning sog‘liqini yemirib borayotgan bu zaharlar sonini sanash
ham qiyin.
Pestitsidlar qo‘llanilishi jihatdan 3 guruhga bo‘linadi:
1.
Insektitsidlar – hashoratlarga qarshi.
2.
Gerbitsidlar – zararli o‘simliklarga qarshi:
3.
Fungitsidlar – qo‘ziqorinsimonlarga
BMT ma’lumotlari bo‘yicha zararli hashoratlar jahonning qishloq
xo‘jaligidagi butun hosilning 1/5 ni harob qiladi. Birgina gurunch
yetishtirishda hashoratlar 10 mlrd. so‘mlik hosilni yeyishadi.
Chigirtkalar har yili 50 mln. aholining yillik oziq-ovqatini gumdon
qilishadi. Pestiqidlar organizmlarga to‘planib qoladi va biosferada
qo‘llanilmagan joylarga ham tarqaladi. Masalan, DDT Antraktidadagi
pingvinlar jigarida ham tarqalgan. Shuning uchun ham insoniyat hozirgi
vaqtda bu zaharlarni qo‘llashda juda ehtiyoj bo‘lishi lozim.
Biologik resurslarni muhofaza qilish tadbirlariga quyidagi
yo‘nalishlarni kiritish lozim:
1.
Biologik resurslarni muhofaza qilish tadbirlaridan foydalanishda
davlat qarorlari ustivor kuchga ekanligini keng omma orasida
tushuntirish;
2.
O‘zbekiston Respublikasining tabiatni muhofaza qilish qonuni
o‘quv yurtlarining hamma tizimlarida o‘qitishni bosqichma-bosqich
tashkil qilib borish;
3.
Biologik resurslarni o‘rganish va muhofaza qilish uchun
qo‘riqxonalar
va
buyurtmalar
maydonini
keskin
ravishda
kengaytirish.
4.
O‘zbekiston Respublikasi «Qizil Kitobini» xalq orasida keng
ravishda targ‘ib qilish;
5.
Biologik resurslardan to‘g‘ri foydalanishda iqlimlashtirishni ilmiy-
amaliy jihatdan kuchaytirish;
6.
Ovchilik va dorivor o‘simliklarni yig‘uvchilar ishlari ustidan davlat
nazoratini o‘rnatish;
7.
Biologik resurslarni huquqiy, me’yoriy qonunlar asosida muhofaza
qilishni kuchaytirish.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |