Microsoft Word dunyoning ishlari ziyouz com doc



Download 435,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/123
Sana29.01.2022
Hajmi435,61 Kb.
#415674
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123
Bog'liq
O\'tkir H - Dunyoning ishlari (1)

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
25
sigiri bilan echkisiniyam qiz qilib qo‘yibdi. Uchala qiz bir xil emish. Uch sovchi uch qizini 
to‘y-tomoshalar bilan olib ketibdi. Shunda saxoba Xudoga yana nola qipti. Qaysi biri 
o‘zimning qizim ekanini endi qayoqdan bilaman, debdi. Xudodan nido kepti: eshikdan 
kirib borganingda salom berib kutib oladigan, erini, qaynota-qaynonasini, qayn-
bo‘yinlarini hurmat qiladigan qiz— o‘zingning qizing. Hech kimni hurmat qilmaydigan, 
shaltoq qiz sigiring. Hech kimni hurmat qilmaydigan og‘zi shaloq qiz — echking bo‘ladi 
debdi. Har xil xotinlar o‘shandan tarqalgan emish. Biri esli-hushli, chaqqon, biri — 
shaltoq, biri adabsiz... 
— Kennoyiga o‘xshaganmi? — deb yuborganimni o‘zim ham bilmay qoldim. Bu shunday 
kutilmaganda bo‘ldiki, oyimning cho‘pchagi shartta kesilib qoldi. Keyin opam ikkovlari 
sharaqlab kulib yuborishdi. 
— Voy shayton, uxlamaganmiding?! — dedi opam qaddini rostlab. O‘rnidan turdi-da, 
piligi pasaytirilgan lampali tokcha oldidan o‘tib kelib, meni quchoqladi. U yuzimdan, bu 
yuzimdan o‘pdi. Opam urishib beradi, deb qo‘rqib turgandim. O‘pgani uchun judayam 
yaxshi ko‘rib ketdim... 
Ertasiga choydan keyin oyimning mahsi kiyayotganini ko‘rib, mehmonga otlanayotganini 
sezdimu darrov ergashdim. 
— Menam, menam boraman! 
— Mehmonga ketayotganim yo‘q, — dedi oyim bosh chayqab. — Ishim bor. 
— Boraman, oborasiz! 
Onam bir zum ikkilanib turdi-da, rozi bo‘ldi. 
— Mayli, ammo charchadim demaysan. 
Ona-bola yo‘lga tushdik. Yomg‘ir kechasi tinib qolgan, ammo yer hamon ko‘pchib 
yotibdi. Oyoq bossangiz bir botmon loy yopishadi. Avval jiydazordan, keyin Qonqus 
ustiga tashlangan yakkacho‘pdan o‘tdik. Lopillab turgan yakkacho‘pdan o‘tayotganda 
qo‘rqdimu o‘tib olgandan keyin shundoq suv bo‘yida o‘sib yotgan sambittollarga 
angrayib qoldim. Sambittol zo‘r! Hushtak yasasa ham bo‘ladi, «ot» qilib o‘ynasa ham... 
— Yur, tezroq, — dedi oyim qo‘limdan tutib... 
Nihoyat guzarga yetib keldik. Choyxonada odam yo‘q hisob, eski namat tashlangan 
so‘rida bir chol oftobda mudrab o‘tiribdi, yonida tumshug‘i chegalangan choynak, sopol 
piyola... Keyin devorlari nurab ketgan otxona oldidan o‘tdik. Qovurg‘asi sanalib qolgan 
uchta ot dumi bilan pashsha qo‘rib charchoq qiyofada boshini solintirgancha mudraydi. 
Otxona hovlisining burchagiga uyib qo‘yilgan go‘ngdan hovur ko‘tariladi. 
— Qayoqqa ketyapmiz, oyi? 
— Keldik shekilli, — dedi onam atrofga alanglab.— Qurib ketsin, so‘raydigan odam ham 
yo‘q. 
Ikki betida tollar, teraklar o‘sib yotgan loy ko‘chadan yana ozgina yurgan edik, obkashda 
suv ko‘tarib kelayotgan semiz xotin ko‘rindi. 
— Hoy egachi, shu yerlikmisiz? — dedi oyim, yaqinroq borib. 
Semiz xotin obkashni yelkasidan oldi. Ustiga chambarak tashlangan ikki paqir suvni 
yerga qo‘ydi. Harsillab oyim bilan ko‘rishdi. 
— Mahmud bukurning uylari qaysi, o‘rgilay? — dedi onam semiz xotinga iltijoli termilib. 
Semiz xotinning rangi o‘chib ketdi. 
— Bukur bo‘lsa Xudo qilgan! — dedi harsillab. — Tavba deng! 
Shunday dediyu, sharaq-shuruq qilib ilgakni ilgancha obkashni ko‘tardi. Shartta burilib 
ketdi. Sirg‘alib-sirg‘alib borarkan, obkashi bilan qo‘shilishib orqaga burildi. 
— Ta’na tagi tayg‘oq, — dedi harsillab. — Betamiz! 
Oyim hang-mang bo‘lib qolgan, og‘ir-og‘ir kiprik qoqar, hozir yig‘lab yuboradigan 
alpozda edi. 


Dunyoning ishlari. O’tkir Hoshimov 

Download 435,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish