Microsoft Word 127b2635c69e0ccce220d54f0a4d206a612d9bae85273c7ad237f9e445cb2da1


 Mahalliy byudjetlar ijrosini ta’minlashda hududiy g’aznachilik



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/362
Sana31.12.2021
Hajmi9,24 Mb.
#274737
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   362
Bog'liq
G'aznachilik

 

6. Mahalliy byudjetlar ijrosini ta’minlashda hududiy g’aznachilik 

bo’linmalari faoliyati 

Hududiy  g’aznachilik  bo’linmalari  –  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  G’aznachiligi,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  viloyatlar  va  Toshkent 




198 

 

shahri  bo’yicha  g’aznachilik  boshqarmalari,  tumanlar  va  shaharlar  bo’yicha 



g’aznachilik bo’linmalari.

63

 



      Davlat  moliyasini  isloh  qilish,  davlat  byudjetining  g’azna  ijrosini  joriy  etish, 

byudjet  mablag’larini  boshqarish  va  ularning  shakllanishi va  ishlatilishini  nazorat 

qilish  jarayonlari  mukammallashib,  takomillashib  bormoqda.  Bu  jarayonlarni 

amalga  oshirishda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Davlat  byudjetining 

g’azna  ijrosi  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi  PQ-594-

son  (28.02.2007)  Qarorining  qabul  qilinishi  muhim  qadam  bo’lib  xizmat  qildi. 

Prezident  Qarorining  ijro  etilishi  doirasida  Moliya  vazirligi  huzuridagi  “Davlat 

byudjetining  g’azna  ijrosini  tatbiq  etish  va  uslubiyoti  boshqarmasi”  hamda 

mahalliy  moliya  organlarining  g’aznachilik  bo’linmalari  negizida  O’zbekiston 

Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tashkil 

etildi.  

PQ-594-son Qaror bilan Moliya vazirligi G’aznachiligi zimmasiga quyidagi 

asosiy vazifalar yuklatildi (2-rasmga qarang): 

  davlat byudjetining kassa ijrosi, jumladan, tushadigan daromadlarni turli 

darajadagi  byudjetlar  o’rtasida  taqsimlash,  byudjetdan  mablag’  oluvchilarning 

xarajatlar smetalari ijrosi va davlat byudjeti ijrosi to’g’risida hisobot tuzish; 

  davlat  byudjeti  mablag’larini  yagona  g’aznachilik  hisobraqami, 

shuningdek  tegishli  byudjetlar  daromadlari  va  xarajatlari  o’rtasidagi  kassa 

uzilishlarining oldini olishni ta’minlaydigan hududiy g’aznachilik hisobraqamlarini 

joriy etish orqali boshqarish; 

  byudjet  tashkilotlarini,  shu  jumladan,  mudofaa  va  xavfsizlik 

tuzilmalarini  moliyalashga  yo’naltiriladigan  byudjet  mablag’laridan  foydalanishni 

maqbullashtirish  ustidan  monitoringni  amalga  oshirish,  bunda  ular  tomonidan 

tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini,  ularning  maqsadga 

muvofiqligi va narx-navo echimini nazarda tutish hamda vositachilik xizmatlaridan 

voz kechish; 

                               

63

 O’zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi 3-moddasi



 


199 

 

  xarajatlar smetasi va ro’yxatga olingan shartnomalarda nazarda tutilgan 



qat’iy  summalar  doirasida  tovar(ish,  xizmat)lar  etkazib  beruvchilarning  bevosita 

hisobraqamlariga  byudjet  mablag’lari  oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i 

bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish orqali to’lov intizomiga so’zsiz rioya etilishi 

ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlash; 

  davlat  byudjeti  g’azna  ijrosining  buxgalteriya  hisobi  va  hisobotini 

yuritish, davlat byudjeti ijrosi haqida axborot yig’ish, qayta ishlash va tahlil qilish, 

shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlat ichki va tashqi qarzlariga xizmat 

ko’rsatish, O’zbekiston Respublikasi kafolatlarini ijro etish. 



Davlat  byudjetining  kassa  ijrosi,  daromadlar  va  xarajatlar  ustidan  nazorat 

hamda byudjet mablag’larini boshqarish soxasidagi vazifalari: 

Davlat  byudjetining  kassa  ijrosi,    jumladan,  tushgan  daromadlarni  turli 

darajadagi  byudjetlar  o’rtasida  taqsimlash,    byudjetdan  mablag’    oluvchilarning 

xarajatlar smetalari ijrosi va Davlat byudjeti ijrosi  to’g’risida hisobot tuzish; 

Davlat byudjeti mablag’larini yagona g’aznachilik hisob raqami, shuningdek, 

tegishli  byudjetlar    daromadlari  va  xarajatlari  o’rtasidagi  kassa    uzilishlari  oldini 

olishni ta’minlaydigan hududiy  g’aznachilik  hisob raqamlarini joriy  etish orqali  

boshqarish; 



Shartnomalarni ro’yxatga olish va to’lovlarni amalga oshirishdagi vazifalari: 

Byudjet  tashkilotlarining  tovarlar  etkazib  beruvchilar  bilan  shartnomalarni, 

shuningdek,  Davlat  byudjeti    mablag’lari  hisobidan  kapital    qurilish  bo’yicha 

buyurtmalarning  shartnomalari  xarajatlar  smetasida    ko’rsatilgan  summalar  va 

maqsadlarga  yo’naltirilishi  ustidan  qat’iy    nazorat  o’rnatish  asosida  mazkur 

shartnomalarni  majburiy  ro’yxatdan  o’tkazish  tartibini  joriy  etish  orqali  byudjet 

tashkilotlarining  xarajatlar  smetasida  ko’zda  tutilmagan  hamda  ajratilgan  limitdan 

ortiqcha  xarajatlarni oldini olish; 

Byudjet  tashkilotlarini,  jumladan  mudofaa  va  xavfsizlik            tuzilmalarini  

moliyalashtirishga    yo’naltirilgan  byudjet  mablag’laridan    foydalanishni 

maqbullashtirish  yuzasidan  monitoring  olib  borish,  bunda    ular  tomonidan  

tuzilayotgan  shartnomalarning  sifati  ta’minlanishini,  ularning  maqsadga 




200 

 

muvofiqligi  va  narx-navo  echimini  nazarda  tutish  hamda    qoidaga  ko’ra 



vositachilik xizmatlaridan voz kechish. 

Davlat  byudjeti  G’aznachilik  tizimiga  o’tilganda  byudjet  muassasalari 

tomonidan  amalga  oshirilgan  xarajatlar  uchun  tulovlar  moliyaviy  majburiyatlarni 

tasdiqlovchi  va  xarajatlar  smetasi    va  ro’yxatga  olingan  shartnomalarda  nazarda 

tutilgan kat’iy summalar doirasida tovarlar  etkazib beruvchilarning bevosita hisob 

raqamlariga  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  nomidan  va  ularning  topshirig’i 

bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish  orqali to’lov  intizomiga  so’zsiz  rioya etilishi 

ustidan joriy nazoratni ta’minlashga erishildi. 

G’aznachilik  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi  tarkibidagi  davlat 

ijroiya  organi  hisoblanadi.  G’aznachilikning  Qoraqalpog’iston  Respublikasi 

G’aznachilik Boshqarmasi, Toshkent shahar va viloyatlar Boshqarmasi, shahar va 

tumanlarda  G’aznachilik  bo’linmalari  kabi  hududiy  organlari  faoliyat  qiladi  (4-

rasm). 



201 

 

4-



rasm.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  G’aznachiligining  tashkiliy 

tuzilishi

 64


 

G’aznachilikka  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vaziri  o’rinbosari, 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tayinlangan  Davlat 

G’aznachisi  rahbarlik  qiladi.  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligining 

buyrug’iga  muvofiq  G’aznachilikning  hududiy  organlari  tuziladi  va  tugatiladi. 

G’aznachilik  organlarining  xarajatlarini  moliyalashtirish  respublika  byudjetidan 

amalga oshiriladi.  

Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  markaziy  apparatining  tashkiliy  tuzilishi  4-

rasmda  ko’rsatilgan  bo’lib,  O’zbekiston  Respublikasi  moliya  vaziriga  zarur 

hollarda  G’aznachilikning  markaziy  apparati  va  uning  bo’linmalari  tuzilmasiga 

moliya organlari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida o’zgartishlar 

kiritish huquqi berilgan. 

Bugungi  kunga  kelib  G’aznachilik  va  uning  hududiy  bo’linmalari  shtatlari 

shakllantirilgan  bo’lib,  markaziy  G’aznachilikka  92  ta,  G’aznachilik  hududiy 

                               

64

  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2007  yil  20  martdagi  53-son  qarori  bilan 

tasdiqlangan  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  G’aznachiligi  to’g’risidagi  Nizom  asosida 

tuzildi. 




Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish