I-BOB. ASINXRON MOTORLARDA YUZAGA KELADIGAN
NUQSONLAR TAVSIFI.
1.1. Asinxron motorda bo‘ladigan shikastlanishlar tasnifi.
Elektr uskunalarni belgilangan meyyoriy ko‘rsatkichlar doirasida ishlatish,
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, texnologik elektr uskunalarini optimal ish
rejimida ushlab turish va shunga o‘xshash tadbirlar kiradi. Ishlab chiqarishda
asosiy ekspluatatsiya qilinuvchi elektr uskunalar elektr yuritma va yoritish
uskunalari tashkil qiladi.
Korxona elektr energiyasi istemolining asosiy qismi texnologik mashinalarning
elektr yuritmalariga to‘g‘ri keladi. Elektr yuritmalarni ish rejimlarini optimallash
va rostlanadigan elektr yuritmalardan foydalanish katta iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlaydi. Elektr yuritmalarni samarasiz ishlashiga turli omillar ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Elektr motorlarni samarasiz ishlashi sabablari:
-kam yoki ortiqcha yuklantirilishi;
-nominal kuchlanishdan past yoki yuqori kuchlanishda ishlashi;
-sifatsiz elektr energiyasidan ta’minlanishi;
-sifatsiz ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish;
-istemolchilarni past energetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
Elektr yuritmalardagi energiya tejash tadbirlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin:
-motor quvvatini oqilona tanlash;
-energetik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan motorga almashtirish;
-salt ishlash rejimini cheklash va ish jarayonini intensifikatsiyalash;
-elektr energiyasi sifati ko‘rsatkichlarini rostlash;
-optimal ish rejimlarini ushlab turish.
-yuklamaga bog‘liq ravishda motor ulash sxemasini o‘zgartirish
-texnologik talab bo‘yicha motor tezligini rostlash
-yuklamaga muvofiq motor energiya sarfini rostlash
- reaktiv quvvatni qoplash.
13
Asinxron motorlar asosan yurgizish, o‘ta yuklanish, reverslash va tormozlash
jarayonida shikastlanadi. SHikastlangan motorlar belgilangan tartibda ta’mirlanadi.
Hozirgi kunda, ishlab chiqarishda tamirlangan asinxron motorlarning salmog‘i
ortib bormoqda. Ta’mirlash texnologiyasiga to‘la amal qilinmaganligi tufayli
motor ish rejimi parametrlari pasport parametrlariga muvofiq kelmaganligini
kuzatish mumkin. Motorning energetik ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi tufayli
korxonadagi isroflar miqdoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
Asinxron motordagi shikastlanishlar turli me’zonlar asosida tasniflanadi. Asosan
motorlar mexanik va elektr shikastlanishlarda uchraydi. Asinxron motorni
mexanikaviy shikastlanishlariga rotor valini deformatsiyalanishi, mahkamlangan
statorni bo‘shashi, podshipniklarni ishdan chiqishi, aylanuvchi qismlarni
ifloslanishi va shunga o‘xshashalar kiradi.
Asinxron motorni mexanikaviy shikastlanishlarini sabablari quyidagilar
bo‘lishi mumkin:
Motorni titrashiga olib keluvchi fazalarni nosimmetrikligini kelib chiqishi
Motor valini mexanik yuklama bilan o‘ta yuklanishi tufayli
Motor butlovchi qismlarini yig‘ishda yo‘l qo‘yilgan xatoliklar tufayli.
Mexanik shikastlanishlar asinxron motorlarni umumiy shikastlanishlarni
o‘rtacha 10 % tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |