1.3.21. Abu Ali Ibn Sinoning o`qituvchiga qo`ygan talablari:
talaba (o`quvchi)lar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo`ling;
berilayotgan bilimni talaba (o`quvchi)lar qanday o`zlashtirib olayotganligiga alohida e`tibor bering;
ta`limda turli uslub va shakllardan foydalaning;
talaba (o`quvchi)larning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini biling;
talaba (o`quvchi)larni fanga qiziqtira biling;
talaba (o`quvchi)larga uzatilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bering;
bilimlarni talaba (o`quvchi)larga tushunarli hamda ularning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda bering;
har bir so`zning talaba (o`quvchi)lar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishing.
Do'stlaringiz bilan baham: |