1.3.2. Seminar mashg`ulotlarni o`qitish jarayonini tashkil etish va uni o`tkazishga tayyorgarlik bo`yicha tavsiyalar.
Magistrning nazariy ma`lumotlarni va umumiy fanni o`zlashtirish darajasi uning amaliy masalalarni, seminar mashg`uloti materiallarini bajarishi, masalalarni mustaqil yecha olishi, uy vazifalarini bajara olishi darajasi va samaradorligi bilan aniqlanadi. Shuning uchun magistr fanning har xil bo`limlaridagi tipik masalalarni mustaqil yechish ko`nikmalarini egallashi lozim. Bu jarayonda talaba o`rganilayotgan fanning ma`nosiga chuqurroq yetib borgan holda aniq amaliy masalalarni yechishda umumiy nazariy qonuniyatlarni qo`llay oladi. Buning uchun magistr amaliyot darslarida qiyinlik darajasi oshib boruvchi kamida 5-6 ta masala yechishi zarur. Darsdan tashqari mustaqil ish va uy vazifasi sifatida talabaga o`rtacha qiyinlikdagi va uslubiy manbalardan foydalangan holda yechish mumkin bo`lgan masalalarni berish maqsadga muvofiq. Bunda o`tilgan nazariy ma`lumotlar va masalalar yechishning maxsus uslublaridan foydalanilishiga e`tibor berish kerak. Shunday qilib, magistrni shu fanga kiruvchi har xil bo`limlarga oid masalalarni nazariy ma`lumotlarga tayanib yechishga o`rgatiladi. Bu jarayonda quyidagi uslubiy xarakterga ega qoidalarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq:
masalaning qo`yilishini qisqacha yozish, bunda berilgan ma`lumotlarning hammasini yagona birliklar sitemasiga o`tkazish, lozim bo`lganda ba`zi spravochnik o`zgarmaslarini kiritish;
masalani yechish jarayonida qo`llaniladigan barcha zaruriy qonuniyatlarni o`zida aks ettiruvchi noma`lum miqdorlarni izlashning mantiqiy yo`llarini topgan holda masalani tahlil qilish;
masala shartining grafik tasvirini (eskizini) chiza bilish;
masalani yechishning ketma-ketligini izohlashlar bilan bajara olish;
o`lchamlarni tekshira olish, berilgan ma`lumotlardan to`la foydalana olish, yechimning ishonchliligini baholay olish;
masalaning yechimini yetarlicha aniqlik bilan hisoblay bilish;
olingan sonli natijalarning mantiqiy maqsadini baholay bilish va ulardan zaruriy mexanik xulosalar chiqara bilish.
Magistrning amaliyot darslaridagi topshiriqlarni, uy vazifalarini va mustaqil ish topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va baholashning quyidagi uslubiga e`tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
uy vazifalarini tekshirish;
nazorat topshiriqlarini bajarishini tekshirish;
dars davomida o`zlashtirishini nazorat qilish;
mustaqil ish topshiriqlari himoyasi.
Seminar mashg`uloti topshirig`ini bajarishdan kutiladigan natijalar:
mavzu yuzasidan bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash;
amaliy masalalarni yechishda nazariy tushunchalardan foydalana bilish;
masalani yechishning to`g`ri usulini tanlay bilish;
masalani mustaqil yechish ko`nikmasini hosil qilish;
masalaning yechimini mustaqil tahlil qila bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |